Navoiyning “Layli va Majnun” dostonida so’zning ulug’lanishi Reja

Yüklə 48,1 Kb.
səhifə1/2
tarix22.03.2024
ölçüsü48,1 Kb.
#182880
  1   2
“Navoiyning “Layli va Majnun” dostonida so’zning ulug’lanishi

Navoiyning “Layli va Majnun” dostonida so’zning ulug’lanishi

Reja:

  1. Navoiyning “Layli va Majnun” dostonida so’zning ulug’lanishi

  2. Alisher Navoiyning hayoti davomidagi ijodlari

  3. Shoirning davlat va jamoat arbobi sifatidagi faoliyati

1. “Navoiyning “Layli va Majnun” dostonida so’zning ulug’lanishi

“Navoiyning “Layli va Majnun” dostonida so’zning ulug’lanishi

“Layli va Majnun” haqidagi qissa arab xalqlari orasida keng tarqalgani va g’oyat mashhur bo’lgani haqida akademik I. Yu. Krachkovskiy shunday yozgan edi: “Sharqda Layli va Majnun G’arbdagi Romeo va Julyettaga nisbatan mashhurroqdir”.
“Layli va Majnun” haqidagi qissa arab xalqlari orasida keng tarqalgani va g’oyat mashhur bo’lgani haqida akademik I. Yu. Krachkovskiy shunday yozgan edi: “Sharqda Layli va Majnun G’arbdagi Romeo va Julyettaga nisbatan mashhurroqdir”. “Layli va Majnun” Alisher Navoiy “Xamsa”sining uchinchi dostoni bo’lib, 1484 yilda yozilgan. Dostonning kirish boblaridan birida Navoiy an’anani davom ettirib, bu mavzuda asar yozgan salaflarini chuqur hurmat va ehtirom bilan tilga oladi. Ulardan farqli o’laroq asarini turkiyda. yozganini alohida ta’kidlaydi. Navoiy Nizomiyning dostonini “qal’a”ga, Dehlaviynikini yaxshi bezakli “qasr”ga o’xshatib, o’zining dostonini esa “qal’a” va “qasr” atrofidagi shahar va bog’larga qiyos etadi. Shoir o’z asarini “Firoqnoma”, “Nomai dard” deb ham ataydi.
“Layli va Majnun” Alisher Navoiy “Xamsa”sining uchinchi dostoni bo’lib, 1484 yilda yozilgan. Dostonning kirish boblaridan birida Navoiy an’anani davom ettirib, bu mavzuda asar yozgan salaflarini chuqur hurmat va ehtirom bilan tilga oladi. Ulardan farqli o’laroq asarini turkiyda. yozganini alohida ta’kidlaydi. Navoiy Nizomiyning dostonini “qal’a”ga, Dehlaviynikini yaxshi bezakli “qasr”ga o’xshatib, o’zining dostonini esa “qal’a” va “qasr” atrofidagi shahar va bog’larga qiyos etadi. Shoir o’z asarini “Firoqnoma”, “Nomai dard” deb ham ataydi.
Dostonning “Bu dard tarannumi va bu hasrat nomasi takallumi va tartibi avzoining afsonasin tuzmoq va taqsimi atvorining taronasin ko’rguzmoq va savhu xato arqomig’a e’tirof varzish etib Haqdin ul bobda talabi amirzish qilmoq” deb sharh berilgan o’ttiz sakkizinchi bobida muallif yozadi:

Yozmoqta bu ishqi jovidona,
Maqsudim emas edi fasona.
Mazmunig’a bo’ldi ruh mayli,
Afsona edi aning tufayli.
Afsona anga libosi mavzun…
Demak, dostonga munosib libos bo’lgan Layli va Majnun haqidagi afsona syujetini badiiy bayon etish, hattoki hayot mantiqi ufurib turgan obektiv voqelik ham ushbu doston uchun maqsad emas, vosita xolos. Ya’ni afsona hamda real hayot lavhalari ulkan, azaliy va abadiy haqiqatni ifodalovchi majoz. Syujet voqeligini haqiqat deb bilgan va unga ergashgan o’quvchi dostonning faqat zohiriy qatlamini kashf etadi, shuning o’zi bilan kifoyalanganda ham katta ma’naviy boylik sohibiga aylanadi. Ikkinchidan, tasvir va ifoda tarzidagi badiiyyat sof filologik talqin, tarixiy poetika nuqtai nazaridan yuksak ahamiyatga ega. Ammo shunisi borki, hazrat Navoiyning pirovard maqsadi bu ham emas.

Buyuk mutafakkir-adib ko’zda tutgan, to’g’rirog’i maqsad qilgan mazmun bevosita makon-zamon nuqtai nazaridan qaraganimizda o’ta ulkan. Bir so’z bilan aytganda, Layli va Majnun degan majoz ostida butun insoniyat tarixi mujassamlashgan.
Unda Odam atodan tortib ayni damda dunyoga kelgan chaqaloqqacha, hatto qiyomatgacha kelib ketajak insoniyat, ayni paytda, yagona inson tarixi muhrlangan. Dostonning xronotop maydoni ham aynan shu tomondan qaragandagina muallif talqiniga yaqinlashadi deb o’ylaymiz.
Buyuk mutafakkir-adib ko’zda tutgan, to’g’rirog’i maqsad qilgan mazmun bevosita makon-zamon nuqtai nazaridan qaraganimizda o’ta ulkan. Bir so’z bilan aytganda, Layli va Majnun degan majoz ostida butun insoniyat tarixi mujassamlashgan. Unda Odam atodan tortib ayni damda dunyoga kelgan chaqaloqqacha, hatto qiyomatgacha kelib ketajak insoniyat, ayni paytda, yagona inson tarixi muhrlangan. Dostonning xronotop maydoni ham aynan shu tomondan qaragandagina muallif talqiniga yaqinlashadi deb o’ylaymiz.
Doston syujet tizimidagi har bir chiziqni birbutun timsolning ajralmas bo’lagi deb qaraydigan bo’lsak, asarning umumsyujeti, obrazlar tizimi, uslubi va ritmi, asl maqsadi va mazmuni, undagi tragik vaziyatlar universal xronotop maydonida nomoyon bo’ladi. Shunda doston ota-onalarning o’zaro nizosi bois halokatga uchragan oshiq va ma’shuqa fojiasi haqida emas, ilohiy (ya’ni universal) xronotopda harakat qilayotgan inson haqidagi buyuk bir asar ekani ayonlashadi.
Doston syujet tizimidagi har bir chiziqni birbutun timsolning ajralmas bo’lagi deb qaraydigan bo’lsak, asarning umumsyujeti, obrazlar tizimi, uslubi va ritmi, asl maqsadi va mazmuni, undagi tragik vaziyatlar universal xronotop maydonida nomoyon bo’ladi.
Shunda doston ota-onalarning o’zaro nizosi bois halokatga uchragan oshiq va ma’shuqa fojiasi haqida emas, ilohiy (ya’ni universal) xronotopda harakat qilayotgan inson haqidagi buyuk bir asar ekani ayonlashadi.
Yaqin va O’rta Sharq xalqlari adabiyotida “Layli va Majnun” mavzusiday keng tarqalgan boshqa bir ishq qissasini topish qiyin. Ushbu qissaning kelib chiqish manbai qadim arablar hayoti bilan bog’liq voqealarga borib taqaladi. Ayrim arab manbalarining ma’lumot berishicha, Majnun tarixiy shaxs bo’lib, Shimoliy Arabistondagi Bani Omir qabilasiga mansub bo’lgan. Uning ismi manbalarda Qays ibn Mulavvah, Mahdiy ibn Muod, al-Aqra va ba’zan al-Buhturiy ibn al-Ja’d tarzida keltiriladi. Majnun o’z qabilasidan Layli ismli qizni sevib, unga bag’ishlab ajoyib she’rlar to’qigan. Uning she’rlari qabiladoshlari va boshqa qabila kishilari orasida keng tarqalganligi haqida Ibn Qutaybaning “Kitobu-sh-she’r va-sh-shuaro” asarida ma’lumotlar keltiriladi. Lekin shu bilan birga ayrim tarixchilar Majnun tarixiy shaxs emas, uning nomi majoziy, mavjud she’rlar o’z amakisining qizini sevib qolgan umaviy bir yigitning she’rlari, u she’rlarida Majnun taxallusini qo’llagan deb aytadilar.

Alisher Navoiyning “Layli va Majnun” dostoni 38 bob, 3623 baytdan iborat. SHundan muqaddima 9 bobni o’z ichiga oladi. Doston an’anaviy hamd Allohning madhi bilan boshlanadi. Unda shoir olamning yaratilishi, tun, kun, oy, quyosh, yulduzlarning, yil fasllari va ulardagi tabiatning o’ziga xos jilolari, insonning tabiat ichida yaratilishi, yo’qdan bor, bordan yo’q bo’lishi bularning hammasi Allohning beqiyos qudrati va ulug’ligining ifodasi ekanini ta’kidlab, unga hamdu sanolar o’qiydi. Navoiy bobda g’oyat ustalik bilan Allohning yerdagi tajallisi tasvirini ushbu yozilayotgan dostoni g’oyasi bilan bog’liq holda bayon qiladi. Yaratuvchining har yerdagi tajallisi jahonda Layli bo’lib ko’rinadi, jilva qiladi, uning bu xususiyati esa yaratilganlarni Majnun qilishdan iboratdir:

Ey har sorikim, qilib tajalli,
Ul mazhar o’lub jahonda Layli.
Ey oniki Layli aylab otin,
Majnun qilmoq qilib sifotin.
Ikkinchi bob Munojotni o’z ichiga oladi. Mazkur bobda Navoiy Allohga murojaat qilib, uni borliqni yaratgan yagona va oliy zot deb ataydi va o’z gunohlarini, xatolarini kechirishni iltijo qiladi. Shoir dostonni yozishga kirishar ekan, Xudodan o’ziga madad va ko’mak so’raydi:

Yo Rab, eshigingda ul gadomen,
Kim, boshtin ayoqqacha xatomen.
Mushkum bu xatoda bo’ldi kofur,
Kofur ila mushkum o’ldi benur...
Boq dardu malolatimg’a, yo Rab,
Rahm ayla bu holatimg’a, yo Rab...
Shukrungg’a tilimni qoyil ayla,
Sajdangga boshimni moyil ayla...
Bo’l rohnamun mango ul ishga,
Kim, bo’lsa sanga rizo ul ishga...
Dostonning 3-bobi Muhammad payg’ambar (s.a.v) madhiga bag’ishlangan. Bu bobda Navoiy Muhammad payg’ambar (s.a.v)ni risolat sipehri (payg’abarlik osmoni)ning quyoshi deb atab, Odam Atoni uning daraxtidagi mevaga o’xshatadi.Kitobot san’ati vositasida payg’ambarlik muhri hotamning “alif” va

va “te”sida uning oti yashiringanini aytadi:
Ul muhri xututi vasfi zoting,
Xotam “alif”iyu “te”si oting.

  1. Yüklə 48,1 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2

Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə