Navoiyning “Layli va Majnun” dostonida so’zning ulug’lanishi Reja

Alisher Navoiyning hayoti davomidagi ijodlari

Yüklə 48,1 Kb.
səhifə2/2
tarix22.03.2024
ölçüsü48,1 Kb.
#182880
1   2
“Navoiyning “Layli va Majnun” dostonida so’zning ulug’lanishi

Alisher Navoiyning hayoti davomidagi ijodlari

Navoiy ma’tni Payg’ambar va uning oilasiga yuz ming salavotu vasflar aytish bilan yakunlaydi.
4-bob Me’roj tuni ta’rifiga bag’ishlangan. Navoiy me’roj tunini ta’riflar ekan, bu tunning rangini toza mushk rangiga o’xshatib, uning har bir yulduziga quyosh rashk etadi deb yozadi: Kim rangi edi chu mushki nobi,
Har yulduzi rashki oftobi.
Navoiy Muhammad payg’ambar (s.a.v.)ning Buroq otiga minib ko’kka ko’tarilishini tashxis san’ati vositasida bayon qilar ekan, sayyoralar, yulduzlar, o’n ikki burjlarning nomlarinigina emas, ularning xususiyatlarini ham ko’zda tutib, Me’roj tunining mo’’jizaviy holatini tasvirlaydi. Shoirning yozishicha, payg’ambar Ollohning huzuriga oy bo’lib borib, quyosh bo’lib qaytdi, gavhar bo’lib borib, Ummon dengiziga aylanib keldi:
Oy bordiyu keldi mehri raxshon,
Dur bordiyu keldi bahri Ummon.
Dostonning 5-bobi so’z ta’rifi, Nizomiy Ganjaviy va Amir Xusrav Dehlaviy madhini o’z ichiga oladi. Navoiy dastlab so’zga ta’rif berar ekan, uni eng ajoyib gavhar, mavj urgan dengizga o’xshatadi:
Dostonning 5-bobi so’z ta’rifi, Nizomiy Ganjaviy va Amir Xusrav Dehlaviy madhini o’z ichiga oladi. Navoiy dastlab so’zga ta’rif berar ekan, uni eng ajoyib gavhar, mavj urgan dengizga o’xshatadi:
Ey so’z, ne balo ajab guharsen,
Gavhar neki, bahru mavjvarsen...
Aytib sovumas tarona sen sen,
Olib qurumas xizona sen sen.
Nizomiy Ganjaviy madhida talmeh san’atining yetakchilik qilishini kuzatish mumkin. U fazilatda Turdagi Muso, qanoatda Qofdagi Anqoga o’xshatiladi:
Ham Turi fazilat uzra Muso,
Ham Qofi qanoat uzra Anqo.
U Ganjada ganj (xazina)dek yashirinib, besh ganj “Xamsa”ni nishon qilib ketdi:
Ul Ganjada ganjdek nihoni,
Besh ganj qo’yub vale nishoni.
Bobda Dehlaviy sohiri Hind (hind sehrgari) ta’rifi ostida keltirilib, u yaratgan asarlar fitnagarlikda Kashmir o’lkasidek bo’ldi deyiladi:
Ko’rgach bu tilsim sohiri Hind,
Jodulig’ ishida mohiri Hind...
Har safhai nazmi gohi tahrir,
Fitna aro bir savodi Kashmir.
6-bob Mavlono Nuriddin Abdurahmon Jomiy madhidadir. Navoiy Jomiy ismidagi “nur” so’ziga alohida urg’u berib, uning oti ham, zoti ham “nurun-alo nur”dir deydi:
Sochib laqabi jahon aro nur,
Zoti bila nurun alo-nur.
Dostonning 7-bobi zamona hukmdori Sulton Husayn Boyqaroga bag’ishlangan. Navoiy Husayn Boyqaroni shariatning himoyachisi, adolatparvar, saxovatpesha, bunyodkor shoh, fiqh ilmida Abu Hanifa singari yuksak darajaga ega shaxs sifatida madh qiladi. Shoirning yozishicha, u qilichi bilan sherni mahv

etishdek qudratga ega bo’lsa-da, chumoliga shikast yetsa ko’z yoshini tiyolmaydigan, shohlar orasidagi o’rni falak yuksakligida bo’lgani holda darveshlar oldida tuproqdek xokisor podshohdir:
Sher uzra qilichi barq choqib,
Mo’r o’lsa shikasta yoshi oqib.
Darvesh desam ulus uza shoh,
Shohi darvesh borakalloh.
8-bob shahzoda Badiuzzamon ta’rifidadir. Navoiy shahzodaning ismi “zamonasining go’zali, nodiri” ekanligiga ishora qilib, shunday yozadi:
Gar oti o’lub zamon badii,
Zoti kelib insu jon badii.
Alloh, Alloh, ne ot erur bu,
Ne poku xujasta zot erur bu.
Bobda Badiuzzamonning adolati, saxovati bilan birga qahriga ham alohida ta’rif beriladi:
Adli yorutub jahonni jovid,
Ul adl boshida ayni xurshed.
CHun qahri sharori ko’kka roji’
Ul shin uza nuqta Nasri Voqi’.
Dostonning 9-bobi tun ta’rifiga bag’ishlangan. Bob muayyan ma’noda muqaddima bilan asosiy qismni bog’lovchi ko’prik vositasini o’taydi. Bobda shoirning qorong’i tunda xayol otiga minib, sayrga chiqish tasviri berilgan. Ishq vodiysiga yetganda ot oqsoqlanib, yo’lda davom etolmay qoladi. Yomg’ir, bo’ron aralash momaqaldiroq guldurab, chaqin chaqadi. Chaqin yorug’ida shoir saksovulday taxlanib yotgan inson suyaklari, vahshiy hayvonlarni ko’radi. N.Komilovning “Tasavvuf” kitobida yozilishicha, bu tasvirlarning hammasida muayyan ramz bor. Bu tun hajr tuni, bu vodiy esa ishq vodiysi, vahshiy hayvonlar oshiqqa xuruj etgan balo-ofatlar, suyaklar ishq qurbonlaridan nishona. O’z asli, Ilohdan ajralgan musofir, g’arib ruh Majnun shu vodiyda yakka o’zi boshini egib o’tiribdi. Shu o’rinda ikkita tashbeh qo’llanilganligini ko’ramiz.

Qorong’i tunda birin-ketin chaqmoq chaqib, uning yorug’ida qabilalar ko’zga tashlanadi, shunda shoir tunni Laylining sochiga, chaqmoqni esa Layli yuzining ochilishiga o’xshatadi:
Andoqki qilib karashma mayli,
Zulf ichra jamolin ochsa Layli.

Layli yuzi bu o’rinda ilohiy nur manbai, uzun sochlari moddiy dunyo, firoq tuzoqlari, (“Layli” so’zining o’zi ham tun ma’nosini bildiradi), ana shu nur manbaining chaqmoqlari Majnun qalbi va vujudidan joy olgan. Ikkinchi tashbeh: Navoiy ishq vodiysida “nori ayman” (shoxlari shu’lalanib turgan daraxt)ni ko’radi. Qissa boshlanib, Layli va Majnunning birinchi uchrashuvi tasvirlanganda shoir shu tashbehni takrorlab, Majnunni xuddi shu shu’lali daraxt qiyofasida chizadi, ya’ni Layli yuzining shu’lasidan Majnun qalbi alangalanib ketadi. “Nori ayman” aslida Qur’ondagi Muso hikoyasiga ishoradir. Muso alayhissalom Allohga yuzingni ko’rsat deb iltijo qilganlarida, Alloh bir uchqunni Tur tog’i tomon yo’naltiradi. Tur tog’i parchalanib, qum holiga keladi, Ayman vodiysi esa yorishib ketib, undagi daraxtlar mash’aladay porlaydi. Alloh ishqi mana shunday qudratga ega.

10- bobdan dostonning asosiy qismi boshlanadi. Bani Omir qabilasida uzoq kutilgan farzand Qays dunyoga keladi. Qaysning tug’ilishi, o’sishi tasvirida ham ilohiy taqdir sezilib turadi. Tug’ilgandan ishq olovi bilan yo’g’rilgan Qays o’tga talpinadi:

O’t ko’rsaki mayl etib nihoniy,
Ishq o’ti tasavvur aylab oni.
Uni 4-5 yoshlarida Layli qabilasiga o’qishga beradilar. Bahor kunlarining birida Layli bilan bog’ sayrida uchrashib qolgan Qays uni ko’rib hushini yo’qotadi. Navoiy bu o’rinda Laylining husni gulzorni charog’on qilib yubordi va gulzordagi bir nihol (Qays)ni xazon etdi deb yozadi:
Shod o’ldi jamolidin dabiston,
Andoqki bahordin guliston.
Lekin bu bahori zindagoniy,
Bir naxlni ayladi xazoniy.
Tasavvuf ta’limotiga ko’ra, guliston darveshning ruhiyati, uni Haq ishqi egallab oladi va u betoqatlanib, hushini yo’qotadi. Shu tarzda majzubi solik (Haqdan jazba yetgan, ustozi ham, piri ham Ishq bo’lgan, maqomlarni egallamasdan turib, hol martabasiga erishgan oshiq)ning sarguzashtlari boshlanadi. Qays shu tariqa Laylini har ko’rganida hushidan ketadi. Xalq orasida “Majnun” laqabi bilan ovoza bo’ladi:

“Layli, Layli!” debon chekib un,
El deb, "Majnundur, ushbu majnun!"
Ibn Salomning esa quyanchiq (tutqanoq) kasali qo’zg’ab, behush yiqiladi. Layli va Majnun ishq dashtida uchrashadilar. Layli bu dunyodan ketish fursati yaqinlashganini sezib, onasiga Majnun kelsa, uni huzuriga kiritishlarini vasiyat qiladi. Majnun Laylining bu dunyodan ketayotganini ilohiy bir kuch bilan sezib, uning qabilasi tomon keladi:
Yuz urdi qabila sori xoli,
Og’zida tarannumi visoli.
Shu tariqa umr bo’yi bir-birining ishqida kuygan, visoliga intilganlar Ruhi mutlaq tomon ravona bo’ladilar.
Doston Xotimasi uch bob (36-38)ni o’z ichiga oladi. 36-bob "Ishq ta’rifi”ga bag’ishlangan bo’lib, bunda Navoiy ishqni kimyoga va olamni ko’rsatuvchi ko’zguga o’xshatadi:
Doston Xotimasi uch bob (36-38)ni o’z ichiga oladi. 36-bob "Ishq ta’rifi”ga bag’ishlangan bo’lib, bunda Navoiy ishqni kimyoga va olamni ko’rsatuvchi ko’zguga o’xshatadi:
Ey, ishq, g’arib kimiyosen,
Bal oyinayi jahonnamosen.
Rivoyatlarga ko’ra, qadimda kimyogarlar mis va boshqa ma’danlarni yuqori harorat ta’sirida oltinga aylantirish mumkin deb hisoblaganlar. Navoiy bu o’rinda shu afsonaga ishora qilib, odam aslida tuproqdan yaralgan, ammo ishq olovining “kimyo”ligi uni oltinga aylantiradi, ya’ni ishq inson vujudini turli xil chiqindilar: jismoniy talablar va nafsoniy istaklardan poklaydigan otashdir degan fikrni keltiradi:
CHun xolisu poku beg’ash o’ldi,
Oltin neki kimiyovash o’ldi.
Poklanish, ya’ni “kimyo”lanish ishqi majoziy bo’lib, undan “oltin”ga aylanib chiqqan oshiq endi o’zligidan qutuladi va qayoqqa qarasa, haqiqiy Yor(Haq)ni ko’radi:
Poklanish, ya’ni “kimyo”lanish ishqi majoziy bo’lib, undan “oltin”ga aylanib chiqqan oshiq endi o’zligidan qutuladi va qayoqqa qarasa, haqiqiy Yor(Haq)ni ko’radi:
Chun boqqali ixtiyor topti,
Har soriki boqti yor topti.
Ham naqshi vujudin etti foni
Ham topti baqoyi jovidoni.

Bu esa qalbning ko’zguga, ya’ni “oyinai jahonnamo”ga aylanishi, boshqacha aytganda ishqi haqiqiyga molik bo’lishdir.

Dostonning 37-bobi Sulton Husayn Boyqaro akasining o’g’li shahzoda Sulton Uvays bahodir madhiga bag’ishlangan. Navoiy shahzodani ta’rifu tavsif qilish asnosida g’oyat ustalik bilan unga shariat, adlu himmat bobida nasihatlar ham qiladi va zamona sultoni Husayn Boyqaroni unga ibrat qilib ko’rsatadi.

Dostonning so’nggi bobi “dard navhasi” (yig’isi)ning yakuni haqida bo’lib, shoir bunda dostonni tugallagani uchun Allohga shukrona keltiradi. Navoiyning doston mohiyati haqida aytgan eng muhim fikrlari aynan shu bobda tajassum topgan:

So’gin nechakim uzottim oxir,

Yig’lay-yig’lay tugattim oxir...
Yozmoqta bu ishqi jovidona,
Maqsudum emas edi fasona.
Mazmunig’a bo’ldi ruh mayli,
Afsona edi aning tufayli...
Men turkcha boshlabon rivoyat,
Qildim bu fasonani hikoyat.
Kim, shuhrati chun jahong’a to’lg’ay,
Turk eliga dog’i bahra bo’lg’ay...
“Layli va Majnun” dostonidan kelib chiqadigan xulosa shuki, bu dunyoda yashovchi har bir inson oshiqlik yo’lini tutib, o’zini o’limga emas, balki vasl mayini ichishga tayyorlashi kerak, zero bu dunyoning birdan-bir mazmuni ham shu. Ruhi mutlaqni tasavvur qilishda inson aqli va ongi ojizlik qiladi, shu sababli Navoiy uni mazhar Layli timsolida yaratadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:

1. Alisher Navoiy. “Xamsa”. “Yangi asr avlodi”, 2021-yil. .
2. Shuhrat Sirojiddinov, Dilnavoz Yusupova, Olimjon Davlatov, 2019, “Tamaddun” nashriyoti, 2019.
3. Shuhrat Sirojiddinov. “Alisher Navoiy:manbalarining qiyosiy – tipologik, tekstologik tahlili”. “Akademnashr” nashriyoti, 2011-yil.
4. Jamolxonov H. Navoiyning fonostilistikaga oid fikrlari .O‗zbek tilshunosligining dolzarb masalalari 3. – Toshkent. 2008 12. Hamidov Z. Navoiy badiiy san‘atlari. — T. Universitet. 2001 5. Bozorova N. Alisher Navoiy g‗azallarida ko„ngil obrazi. -T.2002 14. Fitrat. «Farhod-u Shirin» dostoni to‗g‗risida. Tanlangan asarlar. 2-jild. –T
6. Boltayeva. Alisher Navoiyning «Fusuli arbaa» asarining tahlili. – Samarqand. 2000
7. Qudratullaev H. Navoiyning adabiy- estetik olami. — T.1991
8. Hakimov M. Navoiy asarlarini ko‗chirgan xattotlar. -T. 1991
https://fayllar.org/.

Yüklə 48,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2

Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə