Antropotsentrizm, ratsionalizm, ssientizm -
Uyg‘onish davri madaniyati
yaratgan asosiy qadriyatlar keyingi asrlar Evropa madaniyati asosini belgiladi.
Uning keng rivojlanishi natijasida XVII asrda «ilmiy inqilob», XVIII asrda
ma’rifatparvarlik g‘oyalarining tarqalishi va sanoat inqilobi boshlanishiga, nihoyat,
XIX-XX asrlar davomida madaniyatning klassik texnikaviy shakldagi yutuqlariga
olib keldi.
XVII asrda fan evropaliklar hayotiga, jamiyat ishlab chiqarishining barcha
tizimlarini rivojlantirishning tabiiy va zaruriy sharti bo‘lgan maxsus ijtimoiy
institut sifatida kirib keldi. Bu davrda matematika va mexanikada ilmiy inqilob
sodir bo‘lib, aniq fanning ikki yo‘nalishi ya’ni, aksiomatik va tajribaviy faoliyatlar
birlashdi. Zamonaviy fanda ekspertiment (tajriba) bilishning usuli va quroli sifatida
nazariy fanning antik va o‘rta asrlar shaklida tubdan farq qilib, keng qo‘llanila
boshlandi. Tajribaga tayanuvchi olim antik davr donishmandi yoki o‘rta asrlardagi
ilohiyotshunosdan farqli olamga mutlaqo boshqacha nuqtai-nazar bilan qarab, sodir
bo‘layotgan hodisalarni kuzatish va mushohada qilishdan tabiatni ehtiyojiga mos
tarzda o‘zgartiruvchiga aylandi.
Fanning shakllanishi va sekin-asta jamiyat hayotiga muhim asos bo‘lib kirishi
yangi davr kishisining turmush tarzi, fikr yo‘sini, tafovuti qiyofasi sifatida
ratsionalizmning paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Ratsionalizmning keng ko‘lamda
namoyon bo‘lishi XVIII asrdagi ma’rifatparvarlik harakati bilan bog‘liq.
Ma’rifatparvarlar insoniyatning baxtsizlik va nohaqlikdan aziyat chekishi
bilimsizlikdan ekanligiga, faqat ma’rifatli xalq va uning odil hukmdorigina
manfaatparastlar va tekinxo‘rlarni cheklab «Ozodlik, Tenglik, Qardoshlik»ni
o‘rnatishga qodir ekanligiga ishonganlar. Ma’rifatparvarlar vakili D.Didro va
D.Alamber «Fan, san’at va hunarmandchilik ensiklopediyasi»ni nashr qilishi o‘sha
davr madaniyatining katta yutug‘i bo‘ldi. «Ensiklopediya» nafaqat insoniyatning
muhimi ilmiy yutuqlarini tartibga soldi, balki yangi madaniy qadriyatlar tizimini
ham shakllantirdi.
Ma’rifatparvarlarning ratsionalistik yo‘nalishi XVIII asrdagi ishlab chiqarishni
tashkil qilish, davlatning ichki va tashqi siyosati, huquq institutlari va siyosiy
partiyalarning shakllanishi, san’at taraqqiyotida ko‘plab tamoyillarni belgilab
berdi. Ma’rifatparvarlar Buyuk Fransuz inqilobining ideologlari hisoblanib,
Uyg‘onish davri gumanistlari boshlab bergan madaniy qadriyatlarni insonlar
ongiga singdira boshladilar. XVIII asrda ilmiy bilim jamiyat ongini butunlay yangi
sifat darajasiga ko‘tardi. Fan insonning madaniy hayotiga chuqur kirib borib, uning
51
ma’naviyatiga mazmun bag‘ishladi. Fan kishilarning-tabaqaviy, milliy-irqiy yoki
boshqa farqlaridan qat’iy nazar barcha uchun bir xil mohiyat kasb etdi.
Evropa va SHimoliy Amerikaning ko‘plab mamlakatlarida XIX asrning
o‘rtalarida industrlashtirish yoki sanoat burilishi nihoyasiga etdi. Ratsionalizm va
utilitarizm (manfaatparastlik) ning madaniyatdagi belgilovchilik o‘rni fan va
texnika taraqqiyotiga yangi turtki berdi. Oddiy to‘quv dastgohi «Jenni» dan
J.Uattning bug‘ mashinasi (1784 yil) va R.Fultonning bug‘ kemasi, Stefensonning
paravozidan (1814 yil) birinchi er osti temir yo‘liga (1863 yil) o‘tilishi injenerlik
tafakkurining o‘sganligini ko‘rsatdi. Bug‘ va elektrlashtirish, telefon va telegraf
davri, astronomiya, geologiya, biologiya, ximiya sohalarida ajoyib kashfiyotlar
insoniyat madaniyatini yangi bosqichiga ko‘tardi. P.Sorokinning xulosasi bilan
aytganda «faqat birgina XIX asrdagi kashfiyot va yangiliklarning o‘zi oldingi
asrlardagi kashfiyotlarning hammasini jamlagandan ham ko‘pdir».
13
Xususan, bu
asrda 24 8527 ta kashfiyot makon, zamon va materiya ustidan texnika
hukmronligining cheksiz o‘sanligidan dalolatdir. Ispan faylasufi X. Ortegi
Gassetning yozishicha: «Biz haqiqatdan ham XIX – asrda ro‘y bergan inson
taqdiridagi radikal o‘zgarishlar oldida turibmiz. Zamonaviy inson uchun ham
jismonan, ham ijtimoiy jihatdan mutlaqo yangi manzara, yangi faoliyat yaratildi.
YAngi dunyoning qiyofasini uchta muhim jihat belgilaydi. Bu demokratiya,
eksperimental fan va industrializatsiya. Ikkinchi va uchinchi jihatlarni «texnika»
nomi bilan umumlashtirish mumkin»
14
.
Sivilizatsiyaning o‘sishi dastlab makon va zamonga xos kechdi: insonning
ma’naviy dunyosi o‘tmishning yangi xududi va yangi «qatlami» ni o‘zlashtira
boshladi. Bilishning maydoni chuqurlashdi va kengaydi, biroq shu bilan birga
zamon va makonni enguvchi yangi usullar ham paydo bo‘ldi: inson yangi texnika
vositasida ulkan fazoviy vaqtni qisqa muddatda bosib o‘tib, er yuzining hohlagan
joyida bo‘lishi mumkin. Dunyo yangi qiyofa kasb etdi.
XIX asrda texnotsentrik dunyoqarash keng tarqalib, kishilar o‘z hayotini ilmiy
asosda ko‘rishga urina boshladilar. Injenerlik faoliyati tamoyillari tabiat va jamiyat
hayotiga keng yoyildi. Insonning turmush jarayonidagi bunyodkorlik, tirikchilik
tashvishlari o‘rnini bundan buyon ixtirochilik, texnika ijodkorligi, ehtiyojlarni
qondiruvchi texnika vositalarini yaratish egalladi. Tabiat, inson, madaniyat kabi
tushunchalar talqini sezilarli o‘zgardi. Tabiat material va energiyaning bitmas
tuganmas manbai, universal omborxonaga aylanib qoldi. XIX asr insonga
«koinot sardori», «barcha narsalardan yuqori» yorlig‘ini berdi. Inson ko‘proq
«mexanik agregat», fizik-kimyoviy unsurlar majmui», «maymunga turdosh
mahluq», «turli mehnat qurollari tayyorlovchi Homo faber» kabi sifatlar bilan atala
boshlandi. Insonning o‘zi mexanizm bo‘lgani kabi, dunyo ham unga o‘xshash
ulkan mashina ishlab chiqaruvchi fabrikaga aylandi. Insonning o‘zi-o‘rtacha
mehnat unumdorligi o‘lchamidagi madaniyat ijodkoriga aylangach maqsadga
muvofiqlik, me’yoriylik, huquqiy tenglik, umumhayotiy andozalar, turmush
tarzining baravarlashishi, ko‘p sonli o‘rta sinfning shakllanishi jarayoni boshlandi,
13
Сорокин П. Человек, Цивилизация, Общество, М. 1992, с 467-б.
14
Ортега-и- Гасит Х. Восстания масс.- Вопросы Философии, №3, 1989, 127-128 б.
52
munosabat, did, odatlar andozalashdi. Ommaviy va ayni paytda hissiz, shaxssiz
madaniyatlar vujudga keldi.
XIX asrda texnika taraqqiyotining g‘ayriqonuniy ravishda madaniyatning butun
rivojini bir xil qolipda o‘lchashi, jamiyat fikrida iqtisodiy omillarning ahamiyati
oshuviga olib keldi. Bu esa olamni texnik o‘zgartirish suratlari sezilarli o‘sishiga
sabab bo‘ldi. Oqibatda taraqqiyotning doimiy o‘sishi jarayonida sivilizatsiyaning
butunlay halok bo‘lishi xavfini tug‘dirdi (Y.Xeyzing). Bu muammolar XX asrda
yanada yaqqol ko‘zga tashlandi.
XX asrda texnika surati haddan tashqari o‘sdi. Keyingi yuz yilda er yuzida
sanoat ishlab chiqarishi 50 martadan oshdi, bu o‘sishning 4g‘5 qismi 1950 yildan
keyingi davrga to‘g‘ri keldi. Xaqli ravishda XX asr insoniyat tarixiga ilmiy-texnika
inqilobi asri bo‘lib kirdi. Insonlarning hozirgi vaqtdagi ta’sir kuchini tabiatning eng
beshafqat kuchlari bilan teng qo‘yish mumkin. SHuning uchun ham xususan XX
asrda texnika muammosi va uning madaniyatdagi o‘rniga olimlar o‘z e’tiborlarini
alohida qaratdilar.
Texnika so‘zining o‘zi mahorat, san’atni anglatib, ishlab chiqarishga bog‘liq
yoki bog‘liq bo‘lmagan faoliyatni amalga oshirish uchun kishilar yaratgan vositalar
yig‘indisi uni belgilaydi yoki anglatadi. Insonlar jamiyati paydo bo‘lishi bilan
amalda texnika paydo bo‘ldi. Dastlab kishining mehnat faoliyatida yordam
beruvchi mehnat quroli sifatida, keyin texnikaning har xil maqsadlarda
ishlatiladigan boshqa turlari vujudga keldi.
Texnikaning xususiyatlari quyidagilardan iborat:
1.
Texnika sun’iy ravishda, kishilar tomonidan tabiatni o‘zgartirish vositasi
sifatida yaratilib, oqibatda, oldindan yaralgan ideal andozalar moddiylikda
mujassamlanadi;
2.
Texnikaning ommaviy xususiyati-u avvalo, kishilarning amaliy ehtiyojlari
bilan bog‘liq bo‘lib, shu ehtiyojlarni qondirishga xizmat qiladi;
3.
Texnikaning muhim parametrlaridan biri ratsionallik hisoblanadi, ma’lum
jamiyat doirasida u yoki bu texnika qurilmasini ma’lum qadar tezroq ishlab
chiqarishga mo‘ljallangan.
Texnika madaniyatning favqulodda hodisasi sifatida jamiyat va tabiat
o‘rtasidagi munosabatni ta’minlaydi, u ijtimoiy madaniyat jarayonining ajralmas
tarkibiy qismidir. Texnika taraqqiyoti insonning tabiat ustidan hukmronlik
qilishida imkoniyatlarini kengaytirdi, madaniy va ijtimoiy o‘zgarishlarni muqarrar
amalga oshirdi.
Texnodeterministik konsepsiya texnikani har doim insonga ijobiy ta’sir
ko‘rsatishini asoslaydi. Ilmiy taraqqiyot va texnika yutuqlari insonga ko‘plab
sirlarni ochib, uni ulkan miqdorda moddiy boylik bilan ta’minlaydi. Ilmiy texnika
taraqqiyoti bilan bog‘liq barcha muammo va qarama-qarshiliklar, ya’ni texnik
vositalarning biosferani halokatga yaqinlashtiruvchi ta’siri axborot aloqa davri deb
ataluvchi insoniyat taraqqiyotining keyingi bosqichida ijobiy bartaraf qilinishini
ta’kidlaydilar. Texnikani optimistik baholashda texnokratik nazariya katta
ahamiyatga ega. Texnokratiya – jamiyatdagi shunday kuchki, u jamiyatning
texnik-texnologiya taraqqiyoti istiqboli xususidagi ilmiy bashoratida nufuzli ilmiy
xulosalarga tayanadi.
53
Evropada XVIII asr oxirlaridanoq texnikaning halokatli ta’siri haqida xabarlar
tarqala boshladi. Turli ijtimoiy-gumanitar maktablarning vakillari texnika
sivilizatsiyasi, uning qattiq, «temir sur’ati», beshafqat va ahloqsizligini ta’kidlab,
hayot, tabiat, insonga hurmatsizligini qattiq tanqid qila boshladilar. Ular jamiyatda
texnikaga sig‘inish, uni ilohiylashtirish holati sodir bo‘layotganiga, texnika
zamonaviy sivilizatsiyaning ofati bo‘lajagiga o‘z e’tiborlarini qaratdilar.
Texnikaning nazoratsiz taraqqiy etishi ekologik muammolarni tug‘dirishi, harbiy
sanoat komplekslarining keng rivojlanishiga sabab bo‘lib, oqibatda insonni
texnikaning ijro qismiga aylantirib qo‘yishidan ogohlantirdilar.
Agar nazariyotchilarning bir qismi texnikaga pessimistik nazar bilan qarab,
an’anaviy jamiyatga qaytishni yagona yo‘l deb qarashayotgan bo‘lsalar, boshqalar
esa texnikaning agressivligi va murosasizligini ta’kidlab, inson bunday sharoitda
faqat bitta iloji bo‘lgan usul bilan qarshi turishi mumkin, ya’ni kuchi etganicha
texnomadaniyatning parchalanishiga yordam berishi kerak, deb hisoblaydilar.
Biroq, barcha muammolar faqat texnikaga emas, balki insonning o‘ziga
bog‘liqdir. Texnika mustaqil olam emas, uning majmui xususiyatida jamiyatning
qadriyat tuzilmasi namoyon bo‘ladi. «Texnika-inson» ziddiyatlarining bartaraf
qilinishi yangi tipdagi insonning shakllanishiga bog‘liq bo‘lib, bu madaniyatdagi
biosferik tamoyillarni hisobga oluvchi, tabiat va inson munosabatlarini
uyg‘unlashtirishga harakat qiluvchi madaniyatning bosh muammolarini oqilona hal
qilishni ta’minlovchi sifatga ega bo‘lgan yangi insondir.
Biosferik
tamoyilning
asoschilari
V.I.Vernadskiy,
K.E.Sialkovskiy,
A.L.CHijevskiy bo‘lib, bu nazariya Dj. Forrestr, D.Medouz, M.V.Mesarovich,
E.Pestele, A.Pechchen kabi Rim klubi olimlarining asarlarida takomillashtirildi.
Biosferik tamoyil Erning evolyusiyasini umumiy geologik, biogenik, ijtimoiy va
madaniy jarayon sifatida qaraydi, planetaning evolyusiya asosida tabiiy va sun’iy
hamkorlikda rivojlanishi zarurligini ko‘rsatadi.
Buning uchun «Hayotga etikaning tan berishi»ni omma ongiga singdirish
lozim (A.SHveyser), bunga O.Leopold tomonidan ishlab chiqilgan «aksiologik
uchlik» tushunchasi ya’ni, insonning atrof-muhit bilan o‘zaro munosabatini
quyidagi qadriyat mezonlari: butunlik, barqarorlik va go‘zal belgilashi lozim.
Insoniyat bu qadriyatlarga amal qilib, sifatli yangi «Hayot iqtisodini»
yaratishga qodir bo‘ladi. «Hayot iqtisodi» ilmiy-texnika taraqqiyoti yutuqlarini
inkor etmagan holda na ishlab chiqarishda eng yuqori miqdoriy sifatni, na biror
kerakli joyda zarur miqdordagi va sifatdagi boylikni ko‘zlab ish tutadi.
L.Mamford yozishicha: «Bunday iqtisodiyot har qanday tirik jon, har qanday
jamoa uchun zarur bo‘lgan xilma-xil boylik va kechinmaga ega bo‘lishni,
tug‘ilgandan to o‘lgungacha ularning individual hayoti shunday o‘tishini taqozo
qiladi». Madaniyatdagi biosferik konsepsiya tarafdorlari o‘zlarining madaniyat
tasniflarini tuzishib, unda ta’kidlashlaricha, insoniyatning ilk taraqqiyot
bosqichlarida madaniyatning turli xil biogelik ko‘rinishlari mavjud bo‘lgan,
keyinchalik sun’iy ravishda «tabiat ustidan hukmronlik qilish» shioriga tayangan
holda texnogenik madaniyat yaratilgan.
Hozirgi davrda insonlar erdagi ekologik qonunlarga asoslanib, turmush
taqozosi bilan noogenik madaniyatga o‘tadi. Ekologik madaniyat hozirgi zamon
54
sivilizatsiyasining ahamiyatga molik zarur jihatlaridan biriga aylanib bormoqda.
1980 yillardan e’tiboran zamonamiz ilm-fani tobora ekologik muhitga
moslashmoqda. Dastlabki paytlarda ekologiya hayvonot va o‘simlik dunyosining
atrof-muhit bilan bog‘liqlik aloqalarini tadqiq etgan bo‘lsa, keyinchalik bir butun
tarzda Erning ekotizimi, biogenezisi, biosferani o‘rgana boshladi. 1970 yillardan
ekologiya jamiyat hayotidagi jarayonlarni o‘rganishga kirishdi. Insoniyat jamiyati
bilan uni o‘rab turgan tabiiy, iqlimiy, sotsial-madaniy muhitning aloqadorligi
muammolarini o‘rganuvchi sotsial ekologiya shakllandi. Ekologiyaning tabiiy va
sotsial muhiti inson uning genofondi, odamning bugungi olamga moslashish
jarayoni xususiyatlarini tadqiq etuvchi mustaqil tarmog‘i, «inson ekologiyasi»
vujudga keldi.
Tabiiy va sotsial, tabiiy va sun’iy jarayonlarning o‘zaro aloqadorligi va
optimallashuvini ekologik madaniyatning boshlanishi» deb hisoblash mumkin. Bu
insoniyat tomonidan tabiiy va sun’iy ikki tizimning teng huquqligini tan olinishi
demakdir. Ayniqsa, bu qishloq xo‘jalik sohasi uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Hozirgi zamon qishloq xo‘jaligi uchun asosiy strategik maqsad mahsuldorlik va
tovar ishlab chiqarish hajmi oshirish emas, balki ekologiya qonuniyatlariga
muvofiq tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, atrof muhitni asrashdan iborat
bo‘lishi lozim. Ekologik qonunlar sanoat ishlab chiqarishi uchun tabiat resurslariga
tejamkorlik asosida yondoshish imkoniyatini beruvchi texnika va texnologiyani
yaratishdangina iborat bo‘lmay, ayni paytda insonning mavjudligi va yashash
muhiti-biosferasini asrash, qayta tiklashdan iboratdir.
XX asr o‘rtalaridan fan va texnika taraqqiyoti kuchli axborotlar yig‘imini
paydo qildi. Ommaviy axborotlar vositalari (OAV)- matbuot, radio, televidenie,
kino, kompyuter aloqasi zamonaviy sotsmadaniyat jarayonida salmoqli o‘rinni
egallay boshladi. OAV yoki buning boshqacha mass media deb nom olgan turi
axborot uzatishdagi kanallarning ko‘pligi, tezligi va uzoq ishlashi bilan ulkan
hajmdagi axborotlarga ega bo‘lmoqda. 1940-50 yillarda G.M.Makmoen asarlarida
ommaviy kommunikatsiya birinchi marta madaniyatning yangi turi va kishilarning
ijtimoiy munosabatidagi mutlaqo yangi tip sifatida ta’riflandi. Uning fikricha bu
vosita insonlarning axborot olishida qudratli kuchga aylanadi.
OAV elektron texnika va yo‘ldosh aloqalardan foydalanib, kishilarni ijtimoiy
hodisalar va madaniy boyliklarni bir vaqtda idrok qilishga undaydi. G.E.Makmoen
ta’kidlaganidek «hammabop va omma yoqtiradigan yangi dunyoviy elektron
madaniyat» shakllanmoqda.
Haqiqatan
ham
zamonaviy
madaniyatning
xolisona
tahlili
shuni
ko‘rsatmoqdaki, ma’naviy madaniyat ko‘proq ommaviylik kasb etib bormoqda.
Ommaviy madaniyatning qiyofasi quyidagicha:
1. U millati, yoshi, joyi, ijtimoiy xususiyatlarga bog‘liq bo‘lmagan ommaviy
iste’molchilarga ega bo‘ladi;
2. Bu madaniyatdagi namunalarni yaratgan jarayonning o‘zi ommaviy
xususiyat kasb etib, industriyaning maxsus ko‘rinishini o‘zida namoyon
qiladi, ya’ni unda yuz minglab kishilar band bo‘lib, ularning «matbuot qiroli»,
«Buyuk shou tomoshachilari», «kino, TV, estrada yulduzlari» bo‘ladi.
55
Ommaviy madaniyat kishilarni hayotni befarq kuzatuvchi tomoshabinga
aylantiradi. O‘zlari ham mavjud hayotni go‘yo sarob kabi tasavvur qiladilar.
Ortega i Gasset ommaviy madaniyatning ta’sir doirasini tahlil etib, omma
o‘ziga, shaxsga o‘xshamay qolishi, kimki boshqalarga o‘xshamasa, shulardek
fikrlamasa tahlikada qolishini aytib, «Omma -bu yo‘riq-yo‘nalishsiz oqim bilan
suzayotgan odamlar. SHuning uchun ular qobiliyat imkoniyatlari katta bo‘lishiga
qaramay, hech narsa yaratmaydi. Ommaviy odam axloqdan mahrum, chunki uning
mohiyati, ongi burchiga itoatdadir», degan edi.
Ommaviy madaniyat umumiy iste’molchilik ehtiyoji bilan bog‘liq, Uning
asosida iste’mol talab tovar sifatida xaridorgir bo‘lish ma’naviy ehtiyoji yotadi.
Oqibatda hozirgi zamon madaniyatidagi ma’naviy qadriyatlar tor doiradagi
ehtiyojlarni qondirish vositasiga aylanadi. Madaniyatning chuqur ma’no mohiyati,
xotira cheksizligi «odatiy», «umumiy» qimmatlar, haqiqiy ijod avvaldan ma’lum,
mavjud namuna asosidagi «asarlar» yaratish va ishlab chiqarish (kinoseriallar,
adabiy-badiiy asarlar, maqolalar va b.) bilan almashinadi. SHaxs o‘zining ijodiy
qobiliyatidan ayrilib, tayyor «madaniy mahsulotlar» iste’molchisiga aylanib qoladi.
Xususan yoshlar uchun ommaviy madaniyatning xatarli oqibatlarini Prezidentimiz
bir necha bor qayd etgan edi. Jumladan, «Fidokor» gazetasi muxbirining
savollariga javoblarida: «Dunyoda bir qarashda beozor, siyosatdan holi bo‘lib
tuyulgan shunday mafkuraviy ta’sir vositalari ham borki, ularga kunda ko‘pda
etarlicha e’tibor beravermaymiz», deb keyingi yillarda ko‘plab namoyish
etilayotgan jangarilik filmlari, yalang‘och asarlar yoshlar ruhiyatiga salbiy ta’sir
ko‘rsatayotganligini, ular insonni o‘zligidan, tarixidan, madaniyatidan judo etishga
qaratilganligi ta’kidlab, «… har qanday kasallikni oldini olish uchun avvalo kishi
organizmida unga qarshi immunitet hosil qilinadi. Biz ham farzandlarimiz
yuragida ona Vatanga, boy tariximizga, ota-bobolarimizning muqaddas diniga
sog‘lom munosabatni qaror toptirishimiz, ta’bir joiz bo‘lsa, ularning
Dostları ilə paylaş: |