Маданият назарияси



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/52
tarix15.05.2022
ölçüsü1,18 Mb.
#87052
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   52
madaniyatshunoslik

2.  Sotsializatsiya
  –  (umumlashtirish)-  jamiyat  hayoti  uchun  uning  haqiqiy  a’zosi 
sifatida  zarur  hisoblangan  ma’lum  miqdordagi  shartlarni  o‘zlashtirishdan  borat 
bo‘lib, bu funksiya idrok, tafakkur, nutq, so‘zlarni qo‘llanilishi, ohangi, imo-ishora 
va  shama,  tipik  hodisalarga  munosabat  tarzi,  shuningdek,  talab  va  qadriyat 
yo‘nalishlari  tizimini  shakllantirish  kabi  andozaviy  usullarning  mustahkamlanishi 
bilan bog‘liqdir.
 
3.  Inkulturatsiya 
–  avvalo  o‘z  xalqi,  keyin    umuminsoniy  madaniy  meroslariga 
(aralashish)  munosabatda  bo‘lishdir  (bu  jarayonni  o‘rganishga  alohida  mavzu 
bag‘ishlanadi).
 
4.  Individualizatsiya 
–  madaniyat  ma’lum  shaxslar  qobiliyati,  iqtidori, 
xususiyatini  o‘ta  rivojlantirishga  mo‘ljallangan.  SHaxs  madaniyati  qolgan  barcha 
madaniyatlar doirasida (jamiyat, insoniyat)  asosiy bo‘g‘in bo‘lib, bu har bir  shaxs 
madaniyatining  barkamollik  darajasi  jamiyat  yoki  butun  insoniyat  madaniyatiga 
bog‘liq bo‘lishini bildiradi.
 
Har  qanday  jamiyat  ma’naviy  madaniyatning  tarkibiy  qismi  bo‘lib,  u 
insonning  qanday  yashashi  va  harakat  qilishini,    jamiyatdagi  o‘rnini  belgilashga 
yordam beradi. Madaniy qadriyatlar inson uchun alohida mohiyat va mazmun kasb 
etib, inson u orqali boshqa kishilar bilan, butun jamiyat bilan munosabat o‘rnatadi. 
SHaxsni  jamiyatdan,  ijtimoiy  munosabatlardan  ajratib  bo‘lmaganidek,  jamiyat 
taraqqiyoti  ham  insonning  amaliy  faoliyati  bilan  uzviy  bog‘liqdir.  Jamiyat  bilan 
shaxs  o‘rtasidagi  munosabat  bir-biriga  bog‘liq,  bir-birini  taqozo  qiladigan 
munosabatlardir. 
    SHaxsning shakllanishida jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlar hal qiluvchi rol 
o‘ynaydi. Har bir shaxsda u mansub bo‘lgan jamoaga, millatga, elatga, jamiyatga 
xos ja’mi xususiyatlar va belgilar bo‘ladi. SHaxs o‘z hayotining butun mazmunini 
jamiyatdan,  kishilar  jamoasidan  oladi.  Har  qanday  shaxs  ob’ektiv  shart-sharoitlar 
va sub’ektiv omillarning uzviy birligi, ta’siri ostida shakllanadi. SHaxs kamolotida 
ob’ektiv shart-sharoitlar hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Oila, o‘quv dargohlari, ijtimoiy-
siyosiy  tashkilotlar,  matbuot,  mahalla,  ko‘cha  singari  omillar  ham  shaxsni 
tarbiyalashda  muhimdir.  Ob’ektiv  shart-sharoitlarning  shaxsga  ta’siri  sub’ektiv 
omillar orqali o‘tadi. 
  Jamiyat kishilik tarixining muayyan bosqichi yoki ijtimoiy tizim shaklini ifoda 
etadi.    SHaxs  va  jamiyatning  o‘zaro  munosabatlari  turli  tarixiy  davrlarda  turlicha 
bo‘lib, shaxs madaniyati jamiyat madaniyatini belgilaydi va shaxs madaniyati ham 
o‘z  navbatida  muayyan  bir  jamiyat  madaniyatida  shakllanadi.  Har  bir  jamiyat 
shaxs madaniyatini kamol topishida o‘zining me’yoriy qadriyatlarini belgilaydi va 
shaxsning ma’naviy ehtiyojlarini ta’minlaydi. 
Inson  tabiatning  oliy  mahsuli  bo‘lib,  uning  mohiyati  barcha  ijtimoiy 
munosabatlar  yig‘indisi  bilan  belgilanadi.  Inson  ayni  paytda  ham  tarixiy 


 
 
 
17 
taraqqiyotning  mahsuli,  ham  uning  sub’ektidir.  Ijtimoiy  munosabatlar  insonni 
ijtimoiy vujudga aylantiradi, dunyoqarashini shakllantiradi. Inson ishlab chiqarish 
jarayonida  faqat  narsalar  yaratibgina  qolmay,  balki  o‘zini,  o‘z  shaxsiyatini  ham 
qayta  yaratadi.  Bu  jarayonda  inson  o‘zini  takror  ijod  qiladi  va  shu  jihatdan  u 
ijtimoiy mavjudotdir. 
 Inson  ijtimoiy  munosabatlar  yig‘indisi  sifatida  muayyan  huquq  va  burchlarga 
egadir.  Bu  uning  shaxs  ekanligini  ifodalaydi.  Individ  shaxsga  aylanishi  uchun  bir 
qancha  huquq  va  erkinliklarga  ega  bo‘lishi  lozim.  SHaxs  deyilganda  demokratik 
haq-huquqlarga ega bo‘lgan insonlar tushuniladi.   
SHaxs  ijtimoiy  mavjudot  sifatida  muayyan  erkinlikka  ham  egadir.  Uning 
erkinlik  darajasi  jamiyatning  ijtimoiy  tuzilishiga,  mulkiy  munosabatlarga  ham 
bog‘liq.  Erkinlik  har  bir  shaxsning  tabiiy  huquqidir.  SHaxslarning  insoniy 
huquqlari  va  erkinliklarni  chegaralab  qo‘yish,  paymol  qilish;  milliy,  diniy 
kamsitishlar;  meroslari,  milliy  qadriyatlarga  bepisand  qarash,  ularning  huquq  va 
manfatlarini kamsitishdir. 
SHaxsning  huquq  va  erkinliklaridan  tashqari  uning  jamiyat  va  umuinsoniyat 
oldidagi  burchi  va  ma’suliyati  ham  bor.  Inson  o‘zi  yashab  turgan  jamiyatning 
qonun-qoidalari,  tartiblari,  ahloqiy,  huquqiy  normalariga  amal  qilmasligi,  uning 
muammolari,  qiyinchiliklariga  befarq  qarashi    mumkin  emas.  Har  bir 
mamlakatning konstitutsiyasida belgilab qo‘yilgan qonunlarga amal qilish, boshqa 
fuqarolarning milliy qadr-qiymatlarini hurmatlash, jamiyat manfaatlariga, turmush 
tarziga, odob-ahloq va madaniyatga zid va nojo‘ya harakatlarga murosasiz bo‘lish, 
Vatanni  himoya  qilish  va  shu  kabi  boshqa  xususiyatlar  shaxsning  burchi  va 
ma’suliyatidan iboratdir. 
Har  bir  shaxsning  umumxalq  manfaatlariga  to‘la  taalluqli  bo‘lgan  burch  va 
ma’suliyatlari  ham  bo‘ladi.  Bular  tabiatni  muhofaza  qilish,  uning  boyliklarini 
qo‘riqlash,  madaniy-tarixiy  yodgorliklarni  saqlash  haqida  g‘amxo‘rlik  qilish, 
boshqa xalqlar va mamlakatlar bilan do‘stlik, tinchlikni saqlash singarilardir. 
Barcha  sivilizatsiyali  jamiyatlarda  shaxsning  erkini  bo‘g‘ib  qo‘yish,  uning 
huquqlarini cheklash  qonun yo‘li bilan ta’qiqlanadi. 
Barcha  madaniyatli  jamiyatning  xususiyatini,  uning  mezon  va  mazmunini 
ziyolilar  belgilaydi.  Ziyolilik  bu  nafaqat  keng  bilimga  ega  bo‘lishni,  balki 
tashabbuskorlikni,  javobgarlikni,  ahloqiy-estetik  jur’at  va  tug‘ma  iste’dodni 
bildiradi.  Ziyolilik  ahliy  kamolat  egasi  bo‘lish,  nazariy  masalalarni  anglashga, 
ilmiy  bilimlarni  o‘zlashtirishga  tayyor  bo‘lgan  keng  bilimli,  yuksak  madaniyatli 
intelligentni  anglatadi.    Ziyolilar-aqliy  mehnatning    turli  sohalari  bilan 
shug‘ullanuvchi  (fan  va  madaniyat  xodimlari,  o‘qituvchilar,  muhandislar, 
shifokorlar va b.) qatlamidir. 
Madaniyatlilik  deganda  kamtarlik,  halollik,  rostgo‘ylik,  sahovatpeshalik, 
insonparvarlik,      sahiylik  kabi    fazilatlarga  ega  bo‘lish,  axloqiy  qoidalarga  to‘la 
amal  qilish,  o‘z  millati  hamda  boshqa  xalqlarni  ham  hurmat  qilish  xislatlari 
anglashiladi.    Madaniyatli  kishi  o‘z  fikrini  obrazli,  ifodali  va  chiroyli  nutq  orqali 
bayon qilish qobiliyatiga ega bo‘ladi. 


 
 
 
18 
Etarli  bilimga  ega  bo‘lmagan  holda  dunyodagi  barcha  narsalar  to‘g‘risida  fikr 
bildiruvchi  kishi  diletantdir.  Diletantlik  madaniyat  kamligining  belgisi  bo‘lib, 
chinakam madaniyat va ziyolilikka aloqasi yo‘qdir. 
Ziyolining  estetik  didi  baland  bo‘ladi,  ya’ni  san’at  asarlarining  go‘zalligi 
to‘g‘risidagina  emas,  balki  kishilarning,  tabiatning  va  jamiyatning  go‘zalligi 
haqida fikr yuritishga, qo‘pollik va adolatsizlikka qarshilik ko‘rsatish, uni bartaraf 
qilishga qodir bo‘ladi. Hamma narsada me’yor va uyg‘unlik tuyg‘usi ziyolilikning 
yuksak xususiyatidir. 
Ziyolilik  bilim,  ilm  va  tarbiya  bilan  kamol  topadi.  Ziyolilik  tushunchasiga 
umumiy  madaniyatdan  tashqari  qalb  nozikligi,  umuman,  hayotga  munosabatda 
yuksak ong, ijtimoiy faollik ham kiradi. Demak, «ziyolilik» tushunchasi faqat aqliy 
mehnat  kishisiga  taalluqli  emas.  Ziyoli  deb  chuqur  intelegentlikka,  intuitiv 
oliyjanoblikka  ega  bo‘lgan,  ma’naviy  ehtiyojlari  keng  har  bir  kishini  atash 
mumkin.  Madaniyatshunoslikni  o‘rganishdan  maqsad    ziyolilikni  tarbiyalashdir. 
Ziyoli  –  intellektual  shaxs  bo‘lib,  uning  madaniyatli  kishidan  farqi,  jamiyat  va 
millat taqdiriga ma’naviy javobgarligidadir. Intellektual shaxs individual holatlarda 
o‘z  fikridan  qanoatlanmaydigan,  o‘ziga  o‘zi  qarshi  boruvchi,  o‘zini-o‘zi  inkor 
qiluvchi ichki xususiyatlarga ega bo‘lgan ziyolidir. Ziyolining shu xususiyatlarida 
komillik belgilari namoyon bo‘ladi. 
 SHaxs  madaniyatining  shakllanishida  jamiyat  madaniyatining  quyidagi 
tizimlari ahamiyatlidir: 

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə