4-Mavzu. AN’ANAVIY MADANIYAT
Ma’ruza rejasi:
1.
Qadimgi SHarq madaniyatining vujudga kelishi shart-sharoitlari.
2.
SHarq xalqlari dunyoqarashi va tafakkurining o‘ziga xosligi.
3.
Qadimgi SHarqda yirik madaniyat markazlarining (Misr, Mesopotamiya,
Hindiston, Xitoyda) shakllanishi.
4.
Antik madaniyat (qadimgi YUnon va Rim madaniyati).
Qadimgi SHarqda mil. avv. X-VII ming yilliklarda insoniyat sivilizatsiyasi va
madaniyati rivojlanishining ibtidosi bilan bog‘liq bo‘lgan muhim jarayonlar ro‘y
berdi. Bu davrda SHarqda madaniy faoliyatning turli sohalari: yozuv, adabiyot,
san’at, fan, zardo‘shtiylik, buddizm kabi yirik dinlar paydo bo‘ldi. Bularsiz
insoniyat madaniyatining keyingi taraqqiyotini tasavvur qilish qiyin.
Er sharining Misrdan to Xitoygacha bo‘lgan keng mintaqasini o‘z ichiga olgan
Qadimgi SHarqda mil. avv. VII ming yillikdan boshlab insoniyat tarixida
dastlabki sivilizatsiya vujudga kela boshladi. Madaniyatning shakllanishi eng yirik
daryolar – Nil, Dajla va Frot, Hind va Gang, Xuanxe va YAnszi vodiysida, ya’ni
dehqonchilik rivojlanishi uchun qulay imkoniyatlar mavjud bo‘lgan joylarda ro‘y
berdi. Xuddi shu joylarda dastlabki davlatchilik tuzilmasi, siyosiy, diniy va savdo
markazi sifatida shaharlar, yozuv vujudga keldi. Bu erda jamiyat hayotida dastlab
ma’naviy madaniyat ishlab chiqaruvchi mehnat faoliyatidan ajralib chiqdi.
Natijada, alohida kishilar boshqaruv, ta’lim, ma’lumotlarni to‘plovchi va
uzatuvchi sohalar bilan bevosita shug‘ullana boshladi.
Insoniyat sivilizatsiyasining ko‘hna va yirik markazlari - Misr, Mesopotamiya,
Hindiston va Xitoy madaniyatlari ta’sirida Urartu, Finikiya, Xett, Elam
sivilizatsiyalari shakllanib, madaniy taraqqiyotga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi.
I.P.Veynbergning ta’kidlashicha, qadimgi SHarq madaniyati «ilk kashfiyotchi va
asoschi sifatida ulkan missiyani» bajardi; ilk yozuvni yaratdi va davlatchilik
poydevorini qurib, etnik, kasbiy, mulkiy va ijtimoiy ahvoli bilan farqlanuvchi
kishilarning birga yashashlari uchun sharoit yaratdi. Agar boshqa madaniyatlar
ibtidoiy va qadimgi SHarq madaniyatining tajriba va yutuqlaridan foydalangan
bo‘lsa, qadimgi SHarq madaniyati esa ibtidoiy madaniyat negizida shakllandi.
Qadimgi SHarq madaniyati o‘z dunyosining «boshlovchi», «yangiliklarini»
o‘ziga xos jiddiy his qildi. Misr, Mesopotamiya, Hind va Xitoy miflarida nafaqat
«dunyoning yaratilishi» (osmon, er, jonivorlar, inson) mavzui, balki, ibtidoiy
dunyodan keskin farq qiluvchi «madaniyatlarning yaratilishi» mavzui ham katta
o‘rin egallaydi. «Enklar va koinot» (Mesopotamiya), tangri Ptax haqida (Misr),
32
Xitoyning afsonaviy hukmdorlari haqidagi miflarda xudolar va ilk ajdodlar
dehqonchilik va hunarmandchilik kashfiyotchilari, ilk shaharlar bunyodkorlari,
davlatchilik va dinni o‘rnatuvchilar, qonun va yozuv ijodkorlari sifatida
tasvirlanadi. SHuningdek, miflarda bir-biriga mos kelmaydigan, qarama-qarshi
ikki dunyoning dushmanligi mavzuiga ham e’tibor qaratiladi.
Mifologik tafakkur - bu predmetli – hissiy, jonli tafakkur etarli rivojlanmagan
mavhum tushunchalarga xosdir. Bunday tushunchalarda vaziyatni ifodalash ancha
qiyin kechgan ( masalan, shumerliklar «o‘ldirish» so‘zini «boshiga tayyoq bilan
urish» ma’nosida ifodalashgan).
Qadimgi SHarqda kishilar «aniq maqsadda harakat qilishgan». Masalan,
sabablarni izlashda «qanday» deb emas, balki «kim» degan savol berishgan
(«hodisada kim aybdor»). Sabablarni bunday idrok qilish oqibatida mifologik
tafakkur bir-biriga o‘xshash har qanday tashqi moslikni qabul qiladi. Xususan,
«asl namuna» tamoyili keng tarqalgan bo‘lib, unga ko‘ra hayotdagi barcha muhim
narsalar (ehrom, podsho hokimiyati, inson) ilohiy qudratning «asl namunasiga»
muvofiq yaratilgan degan tasavvur paydo bo‘lgan.
Mifologik tafakkurning muvofiq va o‘xshash jihatlari uning an’anaviyligi bilan
bevosita bog‘liqdir. An’ana bir-biriga yaqin, biroq mohiyatan boshqa bo‘lgan
hodisalar urf-odat, marosim, ibodat, udum, odob timsoli namoyon bo‘ladi.
Bularning bari u yoki bu situatsiyadagi aniq axloq dasturiga ega bo‘lib,
harakatning to‘g‘riligini kafolatlab, noto‘g‘ri harakatlardan ogohlantiradi.
Qadimgi SHarq madaniyatida an’analarga e’tiqod kuchli bo‘lib, ajdodlar
an’anasi, tajribasi mutloq haqiqat deb baholangan. Mutloq haqiqatda,
D.S.Lixachev ta’kidlashicha «odob» ustun bo‘lgan. Qadimgi SHarq kishisining
axloqi harakat va faoliyatda muqaddas an’analarni qayta tiklashga qaratilgan
me’yor va qoidalarga borib taqaladi. A.YA.Gurevich shunday deydi: «Kishilar
harakatining ko‘kdagi ilohiy timsolga talpinishi ularni ilohi bilan bog‘lab, alohida
voqelikka aylandi». Kishilarning faoliyati (ishlab chiqarish, jamoatchilik, oilaviy)
muqaddas marosimlarda ishtiroki bilan mazmun kasb etgan. An’anaviy jamiyatda
«qadimgi» va «yaxshi» so‘zlari sinonim bo‘lib, qadimgi-ezgulikning kafolatidir.
SHuning uchun uy va anjom, kiyim va oziqa ming yillar davomida kam o‘zgardi,
adabiy va san’at janrlari ham barqaror bo‘lib kelmoqda, yangi ehromlar nafaqat
eskisining o‘rnida qad rostladi, balki ularning «asl namunasini» qaytadan tikladi.
I.V.Kolchkovning yozishicha, yangi zamon kishilari dunyoni harakatda,
rivojlanishda ko‘radi, «evolyusiya», «taraqqiyot» tushunchalari dunyo qiyofasini
yaratish uchun yo‘l ochuvchi tasniflar hisoblanadi. Dunyoning boshqacha
qiyofasi an’anaviy jamiyat kishilaridan tashkil topadi: qadimgi dunyo yashaydi,
biroq o‘zgarmay qoladi. Dunyo juda qadimdan xudolar belgilagan o‘zgarmas
tartib bo‘yicha yashaydi.
Mifologik tafakkurning o‘ziga xos xususiyati shundaki, qadimgi sharq kishisi
o‘zini har doim sotsiumning bir qismi deb his qilgan, sotsium esa koinot kuchiga
bog‘liqlikda, tabiatga aralashgan holda ko‘rinadi.
Qadimgi SHarqda makonning paydo bo‘lishi chegaralinishi alohida o‘rin tutadi.
Qadimgi SHarq mifologiyasida kosmogenez jarayoni Xaosning ajralishi sifatida
namoyon bo‘ladi (Misol uchun, hindlarda Indra haqidagi, Mesopotamiyada
33
Marduq haqidagi miflar). Tartibli uyushgan makon, betartib makonga qarama-
qarshi qo‘yiladi. Tabiiyki, tartibli, tashkiliy jihatdan uyushgan makon-«yaxshi»,
ya’ni «o‘z» makoni, undan tashqaridagi «begona» makonda betartib, tashkiliy
uyushmagan «ko‘chmanchilik», ibtidoiylik dunyosi joylashgan. SHuning uchun
san’at asarlarida boshqa xalqlarning kiyimlari, qiyofasi, turmushi diqqat bilan
aniq tasvirlanadi – qarama-qarshi olamning farqi ta’kidlanadi.
«O‘zining» makonida ijobiy xususiyatga ega bo‘lishda davlat asosiy rol
o‘ynaydi. SHuni ta’kidlash joizki, qadimgi sharqda davlat oddiy siyosiy hokimiyat
sifatida o‘zini namoyish qilmasdan, balki din bilan uyg‘unlikda, siyosiy-diniy
birlik majmuida muqaddaslik xususiyatiga ega holda namoyon bo‘ladi. Mohiyatan
ma’naviy faoliyat davlat monopoliyasi hisoblanib, u bilan go‘yoki ilohiy yoki
fidoiylik martabasiga ega bo‘lgan zodagonlar, qohinlar va hukmdorning o‘zi
mamlakatni boshqarishda xudolarning o‘zidan «mandat» olgan. Bobil shohi yangi
yil bayramida bosh xudo Marduk ibodatxonasiga borgan. Ibodatxonaga kirishda
qohin shohning barcha narsalarini olib qo‘yib (toji, hassasi, shohlik libosini), uni
kamsitgan va urgan, shundan so‘ng oyoq kiyimsiz, oddiy juldur kiyimda
ibodatxonadan chiqishiga ruxsat bergan. Bundan maqsad shoh dastlab oddiy
odamga aylanishi, ibodatxonada esa uni xudo Marduk yana keyingi yil uchun
hukmdor qilib tayinlashi ko‘zda tutilgan. Faqat, Misr fir’avnining otasi – Xudo
Amon-Raga, Xitoy imperatori «Nebning o‘g‘li» - Nebga sajda qilishi bilan bog‘liq
asosiy udumlarni o‘tkazish huquqiga ega bo‘lgan.
SHohlarning asosiy majburiyatlari mamlakatda tartib va osoyishtalik o‘rnatish,
moddiy farovonlik va ijtimoiy adolatni ta’minlashdan iborat bo‘lgan. Qadimgi
Misrdagi «Gerakliopol shohining o‘z o‘g‘li Merikarga nasihatlari»da «Haqiqat
o‘rnat va erda uzoq yashaysan. SHunday qilki, yig‘layotganni ovut, bevaga jabr
qilma, insonni otasining mol-mulkidan benasib qilma» deyilgan. Hukmdorlar
xudolar uchun katta hajmdagi qurilish ishlarini ham amalga oshirgan. Ulug‘ va
bahaybat Misr piramidalari, Buyuk Xitoy devori, Baolbek ehromi, Persepol saroyi
qurilishlari shulardan dalolat beradi.
Diniy aqidalarda belgilanishicha, insonlar osmonni xudolar dunyosi, erni –
odamlar makoni deb bildi. Ular doimo o‘zaro munosabatda, bir butunlikda
yashashgan. Xudolar insonlar hayotining barcha sohalariga faol aralashgan, uning
tug‘ilishi, o‘limini va o‘limidan keyingi taqdirini belgilagan. O‘sha davrlarda diniy
ta’limotdan boshqa dunyoqarash bo‘lmagan. Inson xudolardan hatto arzimas
narsalar haqida maslahat so‘ragan va unga xatlar yozib ibodatxonaga olib
borishgan. Misol uchun, qadimgi Bobil aholisining maktublaridan birida shunday
so‘zlar bitilgan: «Mening otam, Xudo ayt! Sening quling Apil-Adat shunday
deydi: Nimaga sen menga e’tibor qilmaysan? Sendan boshqa kim ham bor? Seni
sevuvchi xudo Mardukka yoz, mening guvohimdan o‘tsin».
Barcha Qadimgi SHarq sivilizatsiyalari tabiiy-ilmiy bilimlarni to‘plab ulkan
natijalarga erishdi va jahon fani rivojlanishiga ulkan ta’sir ko‘rsatdi. Bizgacha etib
kelgan Papirus yozuvlari misrliklarning matematika va geometriya (turli shaklning
hajmi va yuzasini o‘lchas), astronomiya (aniq quyosh taqvimining tuzilishi
keyinchalik Evropada taqvimga asos bo‘lgan), tibbiyot (anatomiya tuzilishi, miya
va qon tomirlari haqidagi ta’limot, jarrohlik), kimyo (turli moddalarning
34
xususiyatini o‘rganish va bu bilimlardan mayitni mumiyolashda foydalanish)
sohalaridagi keng tushunchalari shundan dalolat beradi. Atrofdagi mamlakatlarga
Mesopotamiya matematikasi va astronomiyasi katta ta’sir ko‘rsatdi. Hozirga qadar
biz Mesopotamiyada tuzilgan vaqt va burchak o‘lchovi uchun 60-bo‘lakli tizimdan
foydalanamiz. Mesopotamiyaliklar matematika va astronomiyaga oid kashfiyotlar
qilib, oy fazalarini bo‘lish tizimini yaratdi, quyosh tizimiga oid jarayonlar, yulduz
va sayyoralar ro‘yxati, ularning harakat holatlarini aniqlash bo‘yicha yangiliklar
kiritdi. Ikki daryo oralig‘i – astrologiyaning ham vatanidir.
Qadimgi Hind va Xitoy fani ham ko‘plab yutuqlarni qo‘lga kiritdi. Hindistonda
noldan foydalanib o‘nlik sanoq tizimi yaratilishi bilan algebra rivojlana boshladi
(«son», «tub son», «sinus» kabi atamalar Hindistonda paydo bo‘ldi). O‘lim
sababini aniqlash maqsadida murda tanasini anatomik tadqiq qilish tajribalari
anatomiya va fizologiyani rivojlantirib, meditsinada katta yutuqlarga erishildi.
Hindistonda tibbiyot taraqqiyoti haqida tibbiyotga oid asarlardan birida
jarrohlikning 300 turi bo‘lganligi va 120 ta jarrohlik asbobi mavjudligi eslatiladi.
Ma’lumki, ipak, chinni va qog‘oz mil. avv. II asrda Xitoyda kashf qilingan,
shuningdek Xitoyda porox, kompas (mil.avv. II asr) er qimirlashini aniqlovchi
asbob (seysmograf) ham ixtiro qilingan. Mil.avv. 613 yilga tegishli Xitoy
qo‘lyozmalarida Galley kometasi haqidagi eng qadimgi ma’lumotlar uchraydi. Mil.
avv. II asrda Xitoyda osmon yoritqichlarining harakati tasvirlangan birinchi osmon
globusi, 2500 yoritqichning o‘rni ko‘rsatilgan yulduzlar katologi yaratilgan. YAngi
taqvim joriy qilinib (mil.avv.104 y.), unga ko‘ra bir yil 3665 24
1
kunga teng
bo‘lgan. Mil. avv. 28 yilda Xan imperiyasining astronomlari quyoshda dog‘lar
mavjudligini kuzatganlar. Xitoy matematiklari tarixda birinchi bo‘lib hisobda
manfiy sonni qo‘llaganlar. Tibbiyotda igna ukoli, nuqtali davolash kabi ajoyib
usulni ishlab chiqqanlar.
Qadimgi SHarqda ahamiyatli fanlar mavjud bo‘lib, birinchidan-fan o‘ta amaliy
xususiyat kasb etgan, ikkinchidan fanlar nazariyasi, falsafa taraqqiysi g‘arbdan
keskin farq qilgan. Bu farqni K.YAspers tomonidan yaratilgan o‘q davri nazariyasi
bilan izohlash mumkin. Bunga ko‘ra mil. avv. 800 va 200 yillar oralig‘ida muhim
tarixiy burilish sodir bo‘lib, mifologik davr nihoyasiga etdi, ratsional idrok
shakllandi, hozirgacha mavjud bo‘lgan asosiy tushuncha va tasniflar ishlab
chiqildi. Bu davrda Hindistonda Budda yashadi. Xitoyda mashhur falsafa
maktablari rivojlandi. Eron va O‘rta Osiyo Zardushtiylikni qabul qildi, Falastindan
payg‘ambarlar chiqdi, YUnonistonda bu vaqtda Gomer, Geraklit, Platon va
boshqalar faoliyat ko‘rsatdi. K.YAspers Misr va Mesopotamiya madaniyatlari o‘q
davrigacha mavjud bo‘lganligini, ya’ni ularda esda qolarli burilishlar sodir
bo‘lmaganini, Hindiston va Xitoy madaniyatlarini o‘q davridan keyinga ta’luqli
deb biladi.
Hindiston va Xitoyda tabiiy va texnika fanlari ertaroq shakllandi va o‘z
navbatida sermahsul taraqqiy etdi. Biroq, bu fanlar g‘arbdagi kabi madaniyatga
sezilarli ta’sir ko‘rsatmadi. Bu Oliy haqiqatni anglash yo‘lidagi mustaqil ta’limot
bo‘lib qolish bilan bog‘liq. Masalan, Hindistonda bilim uch darajaga ajraladi:
1.
Bilmaslik (avidya).
2.
Tushuncha. «ilmiy» bilim (vijnyana).
35
3.
Hamma narsani bilish (prajnya), ya’ni birinchi daraja mantiqsiz fikrlash,
ikkinchi – mantiqiy, uchinchisi mantiqdan ustun idrok qilishga muvofiq keladi.
Er yuzidagi eng ko‘hna madaniyatlardan biri - qadimgi Misr madaniyatidir.
Qadimgi Misr yozuvi hozirgi yozuvlar tizimi uchun asos bo‘ldi. Qadimgi
misrliklar qo‘llagan so‘zlar «papirus», «oazis», «ximiya», «bazalt» va boshqalar
hozirda ham muomalada saqlanib kelmoqda. Misrda turli, o‘ta chalkash
topinishlar: xudolarga sig‘inish, jonivor, o‘simlik, tuproq, suv, Nilni
muqaddaslashtirish tizimi mavjud bo‘lgan. Quyoshga, tirik xudo Fir’avnga
sig‘inish qonun tusiga kirgan. Misrliklar madaniyatida dafn marosimi alohida o‘rin
tutgan. Ular o‘limni insonning ikkinchi hayotini boshlanishi deb bilgan. Mangu
hayot tushunchasi Osiris va Izida haqidagi mifdan paydo bo‘lgan. Qadimgi yunon
muallifi «Misrliklar hayoti o‘limga tayyorgarlik ko‘rishdan iborat»-deb bekorga
yozmagan.
Misrliklardan farqli qadimgi Mesopotamiya aholisi erdagi hayotga ko‘proq
e’tibor qilishgan. O‘lim bilan hammasi tugaydi deb o‘ylashsada, narigi dunyoga
ishonishgan. Ular narigi dunyoni inson ruhi mangu suv va ovqatga zoriqib
yashaydigan qo‘rqinchli dunyo deb tasavvur qilishgan. SHaruppakning
mesopotamiyaliklarga nasihatida «SHirin hayotdan tashqari biron narsa aziz emas»
deyilgan.
Mesopotamiyaliklarning
quvonchli
hayot
haqidagi
qarashlari
«Gilgamish» dostonida ham tasvirlanadi. Ular shaxsiy hayot muammolari bilan
ko‘proq qiziqqanlar.
Hindiston – birinchi jahon dini buddizmning vatani bo‘lsada, Hindistonning
o‘zida induizm ham etakchi o‘rinda turadi. Bu ikki din ham «Veda» da aks
ettirilgan qadimgi tasavvurlardan kelib chiqqan. Hindlarning dunyoqarashi va
barcha tushunchalarini belgilovchi markaziy g‘oya, hind madaniyatining o‘ziga
xos xususiyati-dunyoda sodir bo‘luvchi benihoya uzliksiz harakat g‘oyasi
hisoblanadi, ya’ni dunyoning aylanishi na ibtido, na nihoya, na aniq maqsadga ega.
Dunyoning doimiy aylanishida qayta yangilanish va dunyoviy ilohiy ruh
nishonasi-individual ruh bo‘ladi. Ular doimo yangi moddiy ko‘rinishda vujudga
keladi, buning uchun inson tanasi bo‘lishi shart emas, ya’ni ruh jonivorlar,
o‘simliklar tanasiga joylashishi mumkin. Hindlar shu tariqa o‘z dunyoqarashlarida
narigi dunyo haqidagi g‘oyani istisno qilganlar. Mutloq «dunyoviy qonun» borliq
hukmdori Braxma-olamning ob’ektiv ibtidosidir. Ularni taqqoslaganda aniq
xudolarning roli uncha katta emas, faqat «dunyoviy qonun» tamoyillarini
individuallashgan timsolidan iboratdir. Hech kim, shuningdek xudo ham inson
karmasini o‘zgartirishga qodir emas. Karmaning sanskrit tilidan tarjimasi
«faoliyat» (taqdir) ni bildiradi. Bu tushunchaning mazmunini aniqlash murakkab.
Karma insonning oldingi hayotidan meros bo‘lib o‘tadi va hozirgi hayotining
mazmuni va faoliyatida namoyon bo‘ladi, u bo‘lg‘usi moddiy timsolning sifatini
belgilaydi. Gunohlarni kechirish haqida tazarru yoki ibodat bilan Karmani
o‘zgartirish mumkin emas. U faqat insonning axloqiy fe’l-atvorini belgilaydi.SHu
bilan birga, har bir indus va buddist uchun o‘z-o‘zini bilish va o‘zining kamolotiga
etish, o‘z ruhiy holatini aniqlash, o‘z karmasini toza saqlanishi haqida o‘ylash
asosiy hisoblanadi.
36
Bu Hindistondagi dinlar hayotdan, faoliyatdan voz kechishga undaydi degani
emas, balki ular dunyoviy tashvishlarga befarq bo‘lishga undaydi desa bo‘ladi.
Hind madaniyatiining butun mazmunida zohir va botin, muvaqqat va mangulik
o‘rtasidagi muvozanatni saqlash zarurati haqidagi fikr yotadi.
Xitoy madaniyatining o‘ziga xos farqli jihati shundaki, qadimdan dinlardagi
mistik ibtidoga axloqqa nisbatan ikkinchi darajada qaralgan, madaniyatdagi
belgilovchi g‘oya- Osmon tasdiqlangan buyuk «ahloqiy-ijtimoiy-siyosiy tartib»
bo‘lgan.
Xitoy madaniyati va sivilizatsiyasining ming yillar davomida asosiy ruhiy,
axloqiy va g‘oyaviy manbai mil.avv. 551-479 y. yashagan buyuk mutafakkir
Konfutsiy ta’limoti hisoblanadi. Barcha hayot tamoyillari, davlat va ijtimoiy
tashkilot shakllari, umum qabul qilgan ahloqiy me’yorlar va qadriyatlar Xitoyda
konfutsiylik ta’sirida shakllangan. Bejizga L.S.Vasilev konfutsiylikni «xitoy
sivilizatsiyasining kvint essensiyasi (mohiyati)» deb atamaydi.
«Osmon vakolati» yo‘nalishi Konfutsiy tomonidan yangicha fikrda
rivojlantirilib, unda ijtimoiy ahloq asosiy o‘rin tutadi va siyosiy madaniyatni
belgilaydi. An’analarni hurmat qilish, burchni jiddiy his qilish, axloqiy sifatning
yuqoriligi, o‘zini jamiyat uchun baxsh qilish, haqiqatni anglash uchun doimo
urinish, ishonch va oliyjanoblik kabi ideallar boshqalarni boshqarishni istaganlar
uchun mo‘ljallangan. Bu ideallar davlatning bosh tayanchi bo‘lib, Xitoy imperiyasi
to‘ralari uchun namuna bo‘ldi.
Konfutsiylikni Xitoy paydo bo‘lgan ikkinchi buyuk falsafiy ta’limot – daosizm
to‘ldirdi. Daosizmda turmush, tabiat, umumlik muammolari aks etadi. Agar
konfutsiylik insonning ijtimoiy faoliyatini nazarda tutsa, daosizmda uning ruhiy
hayoti, dunyoqarashi aks etadi. Daosizm g‘oyalari: in-yan tamoyillarga asoslangan
dunyoning dualistik hususiyati; usin-beshta asosiy unsurdan iborat bo‘lgan
material (er, suv, olov, havo, ma’dan); dunyoning o‘zgaruvchan harakatdaligi,
asosiy unsurlar doimo sifat o‘zgarishida bo‘lishini bildiradi. Daosizmga ko‘ra
dunyoning paydo bo‘lishi quyidagi kuchlarning faoliyatidan kelib chiqqan, ya’ni
Dao-Oliy Mutloq, Ilk ibtido, De-dao nuridan dunyoning paydo bo‘lishi, Si-Oliy
material, u moddiy dunyoni yaratadi.
Qadimgi SHarq sivilizatsiyasi g‘arbga nisbatan ertaroq boshlandi. YUnonlar
madaniyati Qadimgi SHarq madaniyati ta’sirida tez yuksaldi, buni ellinlarning
o‘zlari ham e’tirof etishgan. Bu ta’sirlar natijasida shunday davr boshlandiki SHarq
va g‘arb madaniyatlari sintezi ellinistik madaniyatni vujudga keltirdi: YUnon-
Baqtriya va gandxar san’ati, iskandariya fani, fayum portretlari bunga misol bo‘la
oladi. Qadimgi SHarq insoniyatga «Gilgamesh» va «Mohabhorat» dostonlari,
Kalidasi dramalari va CHjuanszining ramziy masalalari, Misr ehromlari va Buyuk
Xitoy devori va boshqalarni qoldirdi.
Qadimgi YUnoniston va rim madaniyatlari Evropa sivilizatsiyasining
poydevoriga asos soldi. Qadimgi sharq madaniyati ta’sirida shakllangan bu
madaniyatlar an’anaviy madaniyat taraqqiyoti davrining davomchisi va
yakunlovchisi bo‘ldi. Qadimgi YUnonistonda shakllanib, keyinchalik yuksak
bosqichga ko‘tarilgan bu madaniyat mil. avv. III asrda Rim madaniyati vujudga
37
kelishiga katta ta’sir ko‘rsatdi va «Antik madaniyat» nomi bilan dunyo madaniyati
tarixida o‘chmas iz qoldirdi.
Lotin tilida «antik» (antiguus) so‘zining ma’nosi «qadimgi» demakdir. Bu
davr asosan YUnoniston va Rim uchun xarakterli bo‘lib, YUnonistonda mil. avv.
XI-IX asrlarda antik jamiyatning tashkil topishidan boshlanib, mil. avv. V-IV
asrlarda antik (klassik) madaniyat takomili bilan to‘la mohiyat-mazmunga ega
bo‘ldi. Milodiy V asrda varvarlar tomonidan Rim imperiyasining kulatilishi Antik
madaniyatni inqirozga olib keldi. SHuningdek, YUnon-Rim jamiyati va
madaniyatiga nisbatan qo‘llanilib kelayotgan «antik» so‘zini ko‘proq shu
madaniyat bilan aloqador bo‘lgan Evropaga tatbiqan anglamoq darkor. O‘z
o‘rnida Antik madaniyat YUnon-makedonlar va Rim ta’sirida Egey dengizidan
Hindistongacha va Misrda ellinistik madaniyatning vujudga kelishiga va
kosmopolitizm (dunyo fuqoroligi) tushunchasiga asos soldi.
Ibtidoiy jamoadan sinfiy jamiyatga o‘tish davrida ma’budalar haqidagi
tasavvurlar o‘zgaradi. Er.avv. VIII-VII asrlarda ko‘plab mahalliy va ayrim
umumyunon ma’budalarini tartibga solish ehtiyoji tug‘iladi. Arxaik davrda
(mil.avv.VIII-VII asrlarda) dinning rivoji – antropomorfizmdan, ya’ni insonning
ilohiylashtirishdan, xudolarni o‘lmaydigan va abadiy yosh turadigan kuchli, go‘zal
kishilar deb tasavvur qilishdan iborat edi. YUnonlar uchinchi avlodga oid bosh
ma’budalarning makoni Olimi tog‘i deb bilishgan.
YUnonlarning tasavvuricha, olam avvalida Xaosdan iborat bo‘lgan, Er-Geya va
er osti olami Tartar ham bo‘lgan. Geyadan o‘g‘li Uran-osmon xudosi kelib
chiqqan. Uran bilan Geyadan titan Kronos tug‘ilgan va o‘z otasi Uranni ag‘darib
tashlagan. Titanlar-katta xudolar deb atalgan. Kronosdan Aid, Poseydon, Gestiya,
Demitra, Gera va Zevs kabi kichik xudolar kelib chiqqan. Zevs boshchiligida
kichik xudolar Titanlarni ag‘darib tashlab olamni idora qila boshlaganlar. Zevs
bosh xudo, xudolar ajdodi, chaqmoqsochar hisoblangan. Uning xotini Gera-osmon
ma’budasi va nikoh homiysi bo‘lgan. Poseydon – dengiz xudosi, Demitra –
hosildorlik ma’budasi, Gestiya – uy-ro‘zg‘or ma’budasi, Aid – er osti olami xudosi
hisoblangan.
Zevsning boshidan donishmandlik va urush ma’budasi Afina paydo bo‘lgan;
Appolon – ro‘shnolik va san’at xudosi, Artemida – oy va ov ma’budasi, Gefest –
temirchilik xudosi, Afrodita – go‘zallik va sevgi ma’budasi, Dionis – uzum va
musallas xudosi sifatida e’zozlangan. Zevsning ko‘p farzandlari xudolar bo‘lgan.
YUnonlar dinida totemizm qoldiqlari bo‘lgan, ya’ni ma’budalar biron hayvon
yoki qushlar nomi bilan atalgan. SHuningdek, yunonlar ikkinchi darajali
ma’budalarga – Nimfa va Kentavrlarga ham topinganlar. Go‘yoki chakalakzorlarda
driadalar, nimfalar, echkioyoq satirlar, dengizda nayadalar va sirena – ayol boshli
qushlar yashagan.
Xudolarning oddiy ayollar bilan aloqasidan tug‘ilgan yarim xudo-qahramonlar
ham e’zozlangan. Ayniqsa 12 marta jasorat ko‘rsatgan Gerakl – yovuzlikni
enguvchi obraz bo‘lgan.
YUnonistonda xudolar sharafiga o‘tkazilgan maxsus bayramlar faqat diniy
mazmunga ega bo‘lmasdan, balki jismoniy tarbiya musobaqalari hamda musiqa,
qo‘shiq kabilar mazkur bayramlarning eng muhim ishlari hisoblangan. YUnon
38
shaharlari o‘z bayramlari, sport musobaqalari, orakullari (kohin valiylari) bilan
elni birlashtiruvchi markazlar bo‘lgan. Argosda Gera, Afinada Afina sharafiga
bayramlar o‘tkazilgan. Olimpiada shahrida Zevs sharafiga Olimp musobaqalari
bo‘lgan.
YUnon olimlari Qadimgi Misr, Mesopotamiya va Kichik Osiyo xalqlarining
bilimlaridan bahramand bo‘lganlar. Qadimgi SHarq fani ilm-fanning
rivojlanishiga ta’sir etgan. Mil. avv. VII-VII asrlarda YUnonistonda madaniyat va
fan rivojlanib Gerodot, Demokrit, Pratagor, Gippokrat, Suqrot, Aflotun, Arastu
kabi olimlar ijod qilganlar.
«Tarixning otasi» deb nom olgan Gerodot (mil.avv.V-asr) Misr, Suriya,
Kichik Osiyo va Qora dengiz sohilidagi mamlakatlarga sayohat qilib, o‘zining
«Tarix» kitobida turli xalqlar haqida ma’lumotlarni yozib qoldirgan.
YUnon olimlaridan biri Demokrit (mil.avv. 466g‘660-370 yy.) «Hamma
narsalar eng mayda zarracha, atomlardan tashkil topgan», - degan fikrni ilgari
surgan. U fanning ko‘p sohalari bilan shug‘ullangan.
Kos orolida tug‘ilgan yunon tabibi Gippokrat (mil.avv.460-375 yil) tibbiyot
bilimlarini otasi Geraklitdan o‘rgangan. U tibbiyotning barcha masalalari bilan
shug‘ullangan va ulug‘ faylasuf ham bo‘lgan. U shogirdlari bilan birga 72 kitobdan
iborat «Gippokrat to‘plami» nomli tibbiy asar yozib qoldirgan.
Afinalik faylasuf Suqrot (mil.avv.441-399 yy.) birorta kitob yozmagan. U
gavjum joylarda shogirtlarini haqiqatni bilishga undab, - haqiqat bahs orqali
bilinadi, - degan. Suqrot o‘z qarashlarida odamlarni tenglashtirishga qarshi
chiqqani uchun Afina quldorlik demokratiyasi namoyandalariga yoqmagan va uni
o‘limga hukm qilishgan.
Makedoniya saroy tabibining o‘g‘li Arastu (mil.avv.384-322 yy.) SHarqda
«birinchi muallim» deb atalgan. U juda ko‘p asarlar yozib, ilmiy bilimlarni alohida
sohalarga bo‘lib chiqqan va mustaqil fanlarga birlashtirgan. Arastu Er koinotning
markazi deb hisoblagan. Uning mashhur asari «Siyosat»dir.
YUnoniston afsona va rivoyatlar yurti bo‘lib, adabiy qarashlar rivojlangan.
«Prometey», «Gerakl», «Didal va Ikar», «Argonavtlar», «Odisseya» va «Iliada»
kabi afsona va dostonlarda yunonlarning turmush tarzi va tarixi bayon qilingan.
«Iliada» va «Odisseya» dostonlarini mil. avv.VII asrda yashagan ko‘r baxshi
Gomer yaratgan edi. Dostonlarda Troya urushlari hikoya qilinadi. Arxeologlar
Gomer dostonlariga asoslanib qadimgi Troya madaniyatini topganlar.
Doston va afsonalar teatr uchun boy ma’lumot bergan. Qadimgi YUnon teatri
mil. avv.VI asrlarda qishloq xo‘jaligi homiysi, xudo Dionis sharafiga
o‘tkaziladigan bayramlar vaqtida ijro etiladigan qo‘shiqlar va o‘yinlar asosida
vujudga kelgan. YUnonlar teatrni «katta yoshdagilar maktabi» deyishgan. Teatr
yunonchada «tomoshalar joyi» degan ma’noni anglatadi. Keyinchalik qurilgan
YUnon teatrlariga 17-25 ming tomoshabin joylashgan. Teatr san’atining rivoji
mashhur yunon adiblari ijodi bilan uyg‘un bo‘lgan. Adiblar afsona va rivoyatlar
asosida tragediyalar yaratganlar. Tragediya yunonchada «echkilar qo‘shig‘i» degan
ma’noni anglatadi.
Mil.avv. VI-IV asrlarda Esxil, Sofokol, Evripid tragediyalari Aristofan
komediyalarini teatrda tomoshabinlar maroq bilan ko‘rishgan. Esxil «tragediya
39
otasi» deb atalgan. Uning «Zanjirband Prometey», «Forslar» tragediyalari,
Sofokolning «SHoh Edip», «Antigona» tragediyalari mashhur bo‘lgan. Sofokl 120
dan ko‘proq tragediya yozgan.
Aristofan «Tinchlik», «Suvoriylar» degan komediyalarida urush voqealarini va
o‘sha davrdagi illatlarni tasvirlagan. Afinaliklar ulug‘ ijodkorlarni xalq hurmat
qilib, teatrlarga haykallarini o‘rnatganlar va «donishmandlik yo‘lboshchilari» deb
ataganlar.
Qadimgi yunonlarda me’morchilik, haykaltaroshlik va rassomchilik Krit-Miken
davrlarida vujudga kelib, keyingi davrlarda rivojlangan va mil.avv. V asrda yuqori
pog‘onaga ko‘tarilgan.
Qadimgi yunonlar me’morchilikda ustunli binolar qurishni misrliklardan
o‘rgangan bo‘lsada, bu usulini qayta ishlab, doriy, ioniy, korinf uslubidagi binolar
qurishgan. Ular ibodatxona, teatr saroy va majlis binolariga alohida e’tibor
berganlar. Keyinchalik marmar toshlardan kuchli erkak kishining gavdasiga
o‘xshash ustundan, ba’zi ustunlar nozik, yuqori qismi gajak qayrilma, naqshli
uslubdagi binolar qurilib, ayol gavdasiga qiyoslangan. Ibodatxonalarnig baland
poydevorlari bo‘lib, ichi va tashqarisi haykallar bilan bezatilgan.
Afina akropolidagi Parfenon, Erexteyon ibdatxonalari yunon me’morchiligining
nodir asarlaridan bo‘lib, hozirgacha saqlanib qolgan. Parfenon ustunlari doriy
uslubda bo‘lsada, tarz-tarovati ioniycha uslubdadir. Uning qarshisidagi Erexteyon
ibodatxonasi sof ioniycha uslubda, qiz xaykallar ustun vazifasini bajarib, nafis
ishlangan.
Mil.avv.IV asrda rasm bo‘lgan korinfcha uslubdagi ustunlar uzunroq, tagkursisi
va qoshi ancha muraqqab bo‘lib, akanf o‘simligi yaproqlari bilan bezatilgan. Afina
markazida Lisikrat yodgorlik haykali shu uslubda qurilgan.
YUnon haykaltaroshligi ham mil.avv.V-IV asrlarda yuksak darajada rivojlandi.
Haykaltaroshlar bu davrdayoq odam gavdasining harakat qilib turgan holatini
tasvirlashgan. Miron, Poliklet, Fidiy, Traksitel, Skopas, Lisini kabi haykaltaroshlar
yaratgan haykallar jonli harakatli holatda ishlangan.
Ellinizm davrida (mil.avv.III-II asrlar) madaniyat xilma-xil bo‘lib, asosan ilm-
fan taraqqiy etdi. Aleksand Makedonskiy istilo qilgan xududlarga yunon
madaniyati kirib borishi bilan birga YAqin va O‘rta SHarq mamlakatlari
madaniyatiga uyg‘unlashib, madaniyat sintezi yuz berdi. Mamlakatlarni o‘zaro
aloqalari kengaydi.
YUnon-Makedoniya va ellinlashgan mahalliy zodagonlar orasida umumyunon
tili «Koyen» (umumiy) keng yoyildi. YAngi dunyoqarash falsafiy tus olib
kosmopolitizm (dunyo fuqorosi0 nomi bilan mashhur bo‘ldi.
Iskandariya va SHarqiy O‘rta dengiz bo‘yidagi boshqa shahar kutubxonalarida
YUnoniston va SHarq mamlakatlaridan olib kelingan ilmiy asarlar to‘plangan.
Iskandariyada teatr, saroy, gimnaziyalar va mashhur Muzey bo‘lgan. Muzeyda
rasadxona va ulkan kutubxonada 700 mingga yaqin qo‘l yozma saqlangan. SHahar
oldidagi orolga 140 metr balandlikdagi mayoq qurilgan. Bu mayoq kemalarning
gavanga kirish yo‘lini ko‘rsatib turardi.
40
Ellinizm davrida fanlar tizimiga asos solingan. Straton xizmati bilan fizika fani
paydo bo‘ldi. Evklid va Arximed matematikani rivojlantirdi. Aristarx astronomiya
sohasiga ulkan hissa qo‘shdi.
Dostları ilə paylaş: |