Magistratura talabasining ilmiy rahbar ishtirokida ish rejada belgilangan vazifalar bo‘yicha 2023-yil sentabr oyida bajarilgan vazifalarning hisoboti



Yüklə 16,28 Kb.
tarix25.12.2023
ölçüsü16,28 Kb.
#161326
Sentabr hisobot Mardiyev Azamat


Magistratura talabasining ilmiy rahbar ishtirokida ish rejada belgilangan vazifalar bo‘yicha 2023-yil sentabr oyida bajarilgan vazifalarning
HISOBOTI
70610101-Kompyuter ilimlari va dasturlash texnalogiyalari(yo’nalishlar bo’yicha) mutaxassisligi 1-kurs magistratura talabasi Mardiyev Azamat Sag’dulla o’g’lining o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, pedagogik faoliyati hamda dissertatsiyani tayyorlash bo‘yicha kalendar ish rejasida mo‘ljallangan ishlar bo‘yicha hisoboti
1.O‘quv va o‘quv-uslubiy ishlar.
Ushbu hisobotda kalendar ish rejadan kelib chiqgan holda, quyidagi bajarilgan vazifalar yuzasidan ma’lumot berilgan:

  1. - O‘quv metodik ishlar

  • Ilmiy tadqiqot ishlari



  1. Magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash bo‘yicha kalendar reja

  • Tadqiqotni o‘tkazishga tayyorgarlik

  • Ilmiy tadqiqot ishlarini rejalashtirish.


1. O‘quv va o‘quv-uslubiy ishlar bo‘yicha quyidagi ishlar amalga oshirildi. “Java texnologiyalari”, “Web ilovalarni yaratish texnologiyasi”, “Bulutli hisoblashlar”, “Ilmiy semenar” modullari bo‘yicha 2-semestr ma’ruza va amaliy mashg‘ulot darslariga muntazam ravishda qatnashdim.

2. Ilmiy-tadqiqot ishlar.


Magistratura talabasining kalendar ish rejasiga muvofiq ilmiy-tadqiqot ishlar yuzasidan qilingan ishlar quyidagilardan iborat:
2023-yil 4-sentabrda Magistratura bo‘limi boshlig’i L.Sindarov va boshqa ma’sul ilmiy rahbarlar ishtirokida o’tkazilgan o’quv yili boshidagi yig’ilishda ishtirok etib, ichki nizomda ko’rsatilgan tartib qoidalar va talablar bilan tanishib chiqdim.

  • Ilmiy rahbarim axborot texnologiyalari fanlari nomzodi
    (PhD) A. Karshiyevdan dissertatsiya mavzusini davom ettirish va metodologik asoslari bilan ishlashni hamda metodika tanlash masalasida maslahatlashib oldik. Ilmiy rahbarim tomonidan dissertatsiya ishi bo’yicha bir nechta topshirig‘lar berildi;

  • Ilmiy rahbarim bilan birga dissertatsiya mavsuzi bo’yicha Filialimizda bo’lib o’tadigan Xalqaro konferensiyada ishtirok etish uchun belgilangan maqola va tesizlar tayyorlab topshirildi.

3. Ilmiy-pedagogik ishlar
Magistratura talabasining kalendar ish rejasiga muvofiq ilmiy-pedagogik ishlar yuzasidan qilingan ishlar quyidagilardan iborat. O‘quv jarayonini tashkil qilishga bog‘liq me’yoriy hujjatlar, malaka talablari, o‘quv dasturlari, o‘quv rejalari, ishchi o‘quv rejalari bilan tanishdim.


Magistratura talabasi: A.Mardiyev


Ilmiy rahbar: O.Turakulov


2023-yil 29-sentabr




Yüklə 16,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə