Mahalliy boshqaruv Turkiston general-gubernatorligi



Yüklə 62,9 Kb.
səhifə1/3
tarix29.11.2023
ölçüsü62,9 Kb.
#140782
  1   2   3
Mahalliy boshqaruv Turkiston general-gubernatorligi


Mavzu: Turkiston o’lkasini boshqarish 1865-1916 yillarda qabul qilingan loyihalari ( nizomlari ) va ularning mustamlakachilik tizimini mustaxkamlashdagi ahamiyati.

Reja:

  1. Mahalliy boshqaruv Turkiston general-gubernatorligi.

  2. Turkiston o'lkasini boshqarish to'g'risidagi nizomlar.

  3. Turkiston o’lkasida mustamlaka boshqaruv usulining joriy etilishi.




  1. Mahalliy boshqaruv Turkiston general-gubernatorligi.

Mahalliy boshqaruv Turkiston general-gubernatorligi— maʼmuriy-hududiy birlik. Rossiya Imperiyasi bosib olgan Gʻarbiy Turkiston hududida Rossiya imperatori Aleksandr II farmoni bilan tashkil etilgan (1867-yil 11-iyul).
Xuddi shu yili Turkiston harbiy okrugi ham tuzilgan. Turkistonning birinchi general-gubernatori etib rus podshosining yaqin mulozimi general-adʼyutant Konstantin Petrovich fon Kaufman tayinlandi. U 14 yil mobaynida (18671881-yillardaTurkiston oʻlkasini qattiqqoʻllik bilan boshqargan. KavkazBoltiqboʻyi oʻlkalaridagi ozodlik harakatlarini bostirishda tajribali maʼmur va usta siyosatchi ekanligini koʻrsatgan fon Kaufmanni "Turkistonning Bunyodkori" deb ulugʻlashgan. U Toshkent jamoatchiligi vakillari yigʻilishi (1868-yil 22-yanvar)da birinchi bor ruslarni Turkiston xalqlarining "Katta Ogʻasi" deb atagan. Turkiston 19-asrning boshlarida Britaniya Imperiyasi va Rossiya Imperiyasi orasida tortishuvlarga sabab boʻlgan.

19-asr boshidagi Turkiston

Rossiya imperatori fon Kaufmanga oʻlkani boshqarishda cheklanmagan huquq va vakolatlar bergan, natijada uni xalq "Yarim podsho" deb bilgan. Ichki va tashqi siyosatda uning erkin ish yuritishi mumkinligi imperator tomonidan berilgan "Oltin Yorliq"da oʻz aksini topgan.


18681880-yillar davomida harbiy istilolar natijasida dastlab 2 viloyatdan iborat general gubernatorlikka yana 3 viloyat qoʻshildi. 19-asrning oxirlarida Turkiston general-gubernatorligiga SirdaryoYettisuvSamarqandFargʻona va Zakaspiy kabi 5 viloyatdan iborat boʻlib hududi Yevropa Rossiyasining U3 qismiga teng edi. Turkiston general-gubernatorligining barcha hududi 1.779.618 chaqirimga teng boʻlgan. Rossiya hukmdor doiralari Turkistonni imperiyaning tarkibiy qismiga aylantirish va xalqlarini ruslashtirish uchun barcha vositalarni ishga soldi. Oʻlkadagi siyosiy, maʼmuriy, iqtisodiy va madaniy islohotlar ana shu maqsadga qaratilgan edi.
Asriy milliy davlatchilikni yoʻqotib ruscha idora usulini qoʻllash uchun Sankt-Peterburgning oliy siyosiy doiralari qonunlar majmuasini ishlab chiqdi. U tarixga "Turkiston oʻlkasini boshqarish haqidagi Nizom" nomi bilan kirgan. Nizomga koʻra, oʻlka hokimiyati "harbiy xalq boshqaruvi" deb nomlandi. Turkiston general-gubernatorligi viloyatlar (oblast), tuman (uyezd), jabhalar (uchastka), boʻlislar (volost) va oqsoqolliklarga boʻlindi.
Viloyatlar, tumanlar va jabhalarni rus ofitsergenerallari, boʻlis va oqsoqolliklarni esa mahalliy xalq vakillari boshqargan. Viloyatlarga harbiy gubernatorlar, tuman — uyezd boshliqlari, jabhalarga esa uchastka pristavlari tayinlangan.
Mustamlakachilar mahalliy boshqaruv idoralariga maʼsul shaxslar tayinlanishida nihoyat hushyor ish tutib, ilgʻor, taraqqiyparvar va millatparvar kishilar boʻlis boshqaruvchisi, oqsoqol, yuzboshi yoki qozi sifatida saylanib qolsa, ularni lavozimga tasdiqlamaslik uchun turli hiyla-nayranglarni ishga solganlar.
Turkistonda mustamlaka idorasi 1898-yilgacha "harbiy xalq", undan keyin esa "maʼmuriy politsiya boshqaruvi" deb atalgan boʻlsa ham uning mohiyati mazmunan oʻzgarmagan, barcha vakolatlar rus maʼmuriyati qoʻlida jamlangan.
Turkistondagi siyosiy idora tizimi "tub aholi oʻrtasida har qanday norozilikni tagtugi bilan shafqatsiz bostirish, bironbir dushmanlik holati sezilsa, darhol uning kuchayishiga yoʻl qoʻymay boʻgʻib tashlash, tartibbuzarlar va ularning maslakdoshlariga tegishli saboq berish va ularga rus qudratini koʻrsatib qoʻyish uchun har qanday choratadbirlar koʻrish" ruhi bilan sugʻorilgan.
Turkistondagi milliy ozodlik harakatini boʻgʻib tashlash, istiqlol uchun kurashga qodir shaxslarni "zararsizlantirish" rejasi ishlab chiqilib, uni ijro etishga barcha mustamlaka arboblari jalb etilgan.
Rus dvoryan pomeshchiklari oʻlkani ruslashtirishning iqtisodiy tomonini koʻzlab, Davlat dumasida Turkiston oʻlkasidagi "ortiqcha" yerlarni musodara qilishni yoqlab muxoliflarini siquvga olishgan. 1910-yilning 7-aprelida Davlat dumasi "Turkiston oʻlkasini boshqarish haqidagi Nizom"ning 270-moddasini "Turkiston koʻchmanchilarining ortiqcha yerlarini kolonizatsiya ehtiyojlari uchun" musodara etishga ruxsat beruvchi qoʻshimcha bilan toʻldirish masalasini muhokama qildi. Rus mustamlakachi shovinistlari tovushi baland kelib qonun loyihasi qabul qilindi va 1910-yilning 19-dekabrdan qonun kuchga kirdi. Toʻqqiz yil ichida ana shu konunga koʻra, Sirdaryo-Fargʻona koʻchiruvchilik rayoni boʻyicha tub aholining 744,9 ming desyatina yeri ruslarga taqsimlab berildi. Podshoning musodarachilik siyosati oʻta shafqatsizlik bilan davom ettirildi.
Imperiya xukmdor doiralari Turkiston oʻlkasi rus va tub aholisi uchun maxsus siyosat dasturini ishlab chikdi.
Harbiy mirshablik ruhi Turkiston general-gubernatorligi siyosiy tuzumida oʻzining yaqqol ifodasini topgan.
Turkiston generalgubernatori bir vaqtning oʻzida oʻlka bosh hokimi, okrug qoʻmondoni, bosh prokuror va bosh mirshab vazifalarini bajargan.


Yüklə 62,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə