Mahalliy hisoblash tarmog`i


Tarmoqning dasturiy ta'minoti



Yüklə 62,98 Kb.
səhifə8/15
tarix21.10.2023
ölçüsü62,98 Kb.
#130638
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
MAN

Tarmoqning dasturiy ta'minoti Tarmoqning imkoniyati uning foydalanuvchiga ko`rsatadigan xizmati bilan ulchanadi. Tarmoqning har bir xizmat turi hamda unga kirish uchun dasturiy ta'minot ishlab chiqiladi. Tarmoqda ishlash uchun belgilangan dastur bir vaqtda ko’plab foydalanuvchilar uchun mo’ljallangan bo`lishi kerak. Hozirda shunday dasturiy ta'minot tuzishning ikki xil asosiy tamoyili joriy etilgan.
Birinchi tamoyilda tarmoqning dasturlashtirilgan ta'minoti ko`pgina foydalanuvchilarga hamma kirishi mumkin bo`lgan bosh kompyuter resurslarini taqdim etishga mo’ljallangan. U fayl-server deb yuritiladi. Bosh kompyuterning asosiy resursi fayllar bo`lgani uchun u shu nomni olgan. Bu dasturli modullar yoki ma'lumotlarga ega fayllar bo`lishi mumkin. Fayl-server - bu serverning eng umumiy turi. Shunisi qiziqki, fayl-serverini disk hajmi odatdagi kompyuterdagidan ko’p bo`lishi kerak, chunki undan ko`pgina kompyuterlarda foydalaniladi.
Tarmoqda bir qancha fayl-serverlar bo`lishi mumkin. Tarmoqdan foydalanuvchilarning birgalikda foydalanishiga taqdim etiladigan fayl-serverning boshqa tur serverlarini sanab utish mumkin. Masalan: printer, modem, faksimil aloqa uchun qurilma. Fayl-server resurslarini boshqaruvchi va ko`pgina tarmoq foydalanuvchilari uchun ruxsat beruvchi dasturiy tarmoq ta'minoti tarmoqning operatsion tizimi deb ataladi. Uning asosiy qismi fayl-serverda joylashadi; ishchi stantsiyada faqat resurs va fayl-server orasidan murojaat qilinadigan dasturlar oraligidagi interfeys rolini bajaruvchi uncha katta bo`lmagan qobiq joylashtiriladi. Ushbu tamoyil doirasida ishlashga mo’ljallangan dastur tizimlari foydalanuvchiga fayl-serverdan foydalanish imkonini beradi. Qoida bo’yicha ushbu dasturli tizimlar fayl-serverda saqlanishi va barcha foydalanuvchilar tomonidan bir vaqtda foydalanilishi mumkin. Lekin bu dasturlarning modullarini bajarish uchun zarur bo`lganda foydalanuvchi kompyuteriga ya'ni ishchi stantsiyasiga o’tkaziladi va kerakli ishni bajaradi. Bunda barcha ma'lumotlarni qayta ishlash (agar ular umumiy resurs bo`lsa va faylli serverda saqlanayotgan bo`lsa ham) foydalanuvchining kompyuterida amalga oshiriladi. Shubxasiz buning uchun ma'lumotlar saqlangan fayllar foydalanuvchining kompyuteriga ko’chirilishi kerak.

Yüklə 62,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə