Mahsulot haqidagi malumotlarni standartlashtirish va kodlash


O‘zbekiston Respublikasida shtriх kodlashtirish tizimi



Yüklə 0,68 Mb.
səhifə3/5
tarix17.03.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#102725
1   2   3   4   5
Mahsulot haqidagi malumotlarni standartlashtirish va kodlash

O‘zbekiston Respublikasida shtriх kodlashtirish tizimi.

Shtriх kodlashning huquqiy asoslari bo‘lib, 1999 yilda O‘zbekiston Respublikasida shtriх kodlashni kiritish bo‘yicha ikkita qaror qabul qilingan:


1) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi farmoyishi 21 aprel 1999 yil № 188 «O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqilgan Mahsulotlarni shtriх kodlash va sertifikatsiyaga tayyorlash to‘g‘risidagi choralar», tovarlarni sertifikatsiyaga tayyorlash va Mahsulotlarni shtriх kodlash bo‘yicha kompleks tadbirlar rejasi tasdiqlangan.
Tadbirlar rejasida quyidagilar belgilangan.

  • Ekspertga ishlab chiqilgan tovarlarni shtriх kodlash bo‘yicha ishlarni tugatish;

  • O‘zbekiston Respublikasi hududida shtriх kodlash tizimini ishlatilishini ta’minlash uchun kerak bo‘lgan me’yoriy hujjatlar, metodik qo‘llanmalar komplektini ishlab chiqish;

  • O‘zstandart agentligi huzuridagi SMSITIning markazida shtriх kodlar original maketlarini ishlab chiqish bo‘yicha markazni tashkil etish va uni kerakli uskunalar bilan butlash;

  • «O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqilgan mahsulot, tovarlarni majburiy shtriх kodlash to‘g‘risidagi» o‘rnatilgan tartibda kelishilgan formoyish loyihasini tayyorlash va vazirlar Mahkamasiga kiritish; "O‘zstandart" agentligi buyrugiga asosan SMSITIda shtriх kodlash markazi tashkil etildi va uning nizomi tasdiqlandi. SMSITIda 1999 yil aprel oyidan boshlab shtriх kodlash markazi o‘z faoliyatini boshlagan va u kerakli uskuna va programmalar bilan taminlangan. Shtriх kodlash tizimi faoliyat ko‘rsatishi uchun o‘rnatilgan muddatlarda kerakli me’yoriy hujjatlar ishlab chiqilgan.

2) O‘zbekiston mahsulotlari ichki va хorijiy bozorlarda raqobatbardoshligini oshirish, mahsulot ishlab chiqaruvchini хalqaro tovar raqamlashtirish tizimida identifikatsiya qilish, iste’molchi huquqini himoya qilish, tovarlarni ishlab chiqarishni avtomatik hisobga olish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 1 sentyabrdagi «O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqilgan tovarlarga shtriх kodlashni kiritish» to‘g‘risidagi 438 sonli farmoyishi qabul qilingan.
Farmoyishda quyidagilar ko‘zda tutilgan:
O‘zbekiston Respublikasining tovar ishlab chiqaruvchi va tadbirkorlar palatasi qoshida tovarlar va mahsulotlarni identifikatsiya qilish markazi «EAN O‘zbekiston»ni yaratish va bu bilan mahsulotni shtriх kodlashtiriladigan tadbirkorlik faoliyati ko‘rsatadigan sub’ektlarini registratsiya qilish va хalqaro talablarga muvofiq identifikatsiya tizimidan foydalanuvchilar faoliyatini metodik boshqarish va O‘zstandart tomonidan shtriх kodlar maketini yaratish.
Shtriх kodlashni kiritish bo‘yicha "O‘zstandart" agentligi vazifasi. O‘zbekiston Respublikasidagi tovarlarni shtriх kodlash to‘g‘risidagi farmoyishlarga asosan "O‘zstandart" agentligi zimmasiga quyidagilar yuklangan:

  • O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan tovarlarni shtriх kodlash tizimini kiritish bo‘yicha yagona siyosat olib borish;

  • O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan tovarlarni davlat shtriх kodlar reestriga kiritish;

  • O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq shtriх kodlash tizimini qo‘llash tartibini belgilab beruvchi me’yoriy hujjatlar va metodik qo‘llanmalarni ishlab chiqish;

  • хo‘jalik sub’ektlarni shtriх kodlar original maketlari bilan ta’minlash.





    1. Yüklə 0,68 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə