Mahsulotlari tovarshunosligi



Yüklə 4,89 Mb.
səhifə231/250
tarix26.10.2023
ölçüsü4,89 Mb.
#131703
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   250
Oziq ovqat mahsulotlari tovarshunosligi

Kungaboqar moyi o‘simlik moylari ichida eng asosiysi bo‘lib, yoqimli hid va mazaga ega bo‘ladi. Kungaboqar urug‘idan olinishi va ishlov berilish usuliga qarab tilla-sariq rangli va qovurilgan urug‘ hidiga ega bo‘ladi. Savdoga kungaboqar moyi rafinadlangan va rafinadlanmagan holda chiqariladi. Rafinadlangan moylar juda tiniq, cho‘kmasiz, begona hid va ta’msiz bo‘ladi. Rangi och tillasimon sariq.
Yeryong‘oq moyi yeryong‘oq mag‘zidan olinadi. Oziq-ovqat sanoatida presslash yo‘li bilan olingan rafinatsiyalangan dezo- doratsiyalangan, dezodoratsiyalanmagan va ekstraksiyalash yo‘li bilan olingan dezodoratsiyalangan neytrallangan moy qo‘lla- niladi. Yeryong‘oq moyi qandolatchilikda va oshpazlikda qo‘llaniladi.
Zaytun moyi. Zaytun mevasi tarkibida yuzdan ortiq moddalar, asosan, moy, oqsil, glikozidlar, darmondorilar bor. Bu mahsulotda monoto‘yinmagan yog‘lar va polifenollar bor.
Zaytun mevasining moyi kimyoviy tarkibi jihatidan ona sutidagi moyga yaqin turadigan yagona o‘simlikdir. Zaytun moyi inson organizmi uchun nihoyatda foydali bo‘lib, qonda xolesterinning zararlisini kamaytirish, foydali xolesterinni ko‘paytirish xususiyatiga ega. Mevasi oqsil, pektin, qand
moddalari va darmondorilarga boy: unda B, C, E, P faol katexinlar, kaliy, fosfor, temir tuzlari va boshqa moddalar mavjud. Bundan tashqari, uglevodlar, fenolkarbon kislotalar, pektin moddalari, triterpen saponinlari borligi aniqlangan.
Zaytun moyi daraxt mevasi mag‘zini sovuq usulda presslash orqali olinadi. Yer yuzida yetishtiriladigan zaytun mevasining 90% dan yog‘ olinadi, bunda uni konservantlar qo‘shmasdan turib uzoq muddat saqlash mumkin. Zaytun moyi nafis, yumshoq ta’m va yoqimli hidga ega, konserva ishlab chiqarishda va pazandalikda qo‘llaniladi. Konserva sanoatida yashil meva- lari konservalanadi, qora mevalaridan tuzlama tayyorlanadi. Zaytun yog‘i shprot va sardin baliq konservalari tayyorlashda ishlatiladi.
Kunjut moyi kunjut urug‘idan olinadi. Ovqatga rafina- tsiyalangan va rafinatsiyalanmagan I va II navli moy ishlatiladi. U yoqimli, zaytun moyining ta’mi va hidiga o‘xshash o‘ziga xos nafis ta’m va hidga ega. Rafinatsiyalangan moy tiniq, rafinatsiyalanmagani esa biroz cho‘kma ustida tiniq bo‘ladi.
Kunjut moyi qandolat mahsulotlari ishlab chiqarishda, konserva sanoatida va oshpazlikda qo‘llaniladi.
Kokos moyi kopradan — quritilgan va maydalangan kokos palmasi mag‘zidan olinadi. Toza tayyorlangan kopradan olingan kokos moyi yaxshi ta’mga ega va konsistensiyasi bo‘yicha eritilgan mol yog‘iga o‘xshaydi. Kokos moyi margarin sanoatida keng qo‘llaniladi, tayyor mahsulotga yaxshi plastiklik va ta’m beradi.
Kakao yog‘i. Kakao yog‘i fermentlashtirilmagan kakao dukkagidagi quruq moddalarning 50% dan ortiq (52—56%) qismini tashkil qiladi. Kakao yog‘i tilla rangli, nafis ta’m va yoqimli hidga ega.

Kakao yog‘ining farq qiluvchi xususiyatlariga uning kislorod ta’siriga chidamliligi, achchiq ta’m hosil qilmasdan uzoq muddat saqlanishi kiradi.


Uzoq muddat saqlanishining sababi tarkibida antioksidlovchi modda mavjudligi bilan tushuntiriladi.


Shokolad tarkibida ko‘p miqdorda kakao yog‘i bo‘lganligi oqibatida uning xossalari shokolad sifatida namoyon bo‘- ladi. Shokolad yuzasining surkalmasligi va uning og‘izda osonlikcha erishi, shokolad plitkalarining xona haroratida qattiq va mo‘rt bo‘lishi — shokolad sifatining ajralmas ko‘rsat- kichlari kakao yog‘ining xossalari bilan chambarchas bog‘liq.
Bu moy chakana savdoga chiqarilmaydi. U, asosan, shokolad ishlab chiqarishda qo‘llaniladi.

Yüklə 4,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   250




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə