Mahsulotlari tovarshunosligi


Eritilgan cho‘chqa yog‘ining



Yüklə 4,89 Mb.
səhifə233/250
tarix26.10.2023
ölçüsü4,89 Mb.
#131703
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   250
Oziq ovqat mahsulotlari tovarshunosligi

Eritilgan cho‘chqa yog‘ining oliy navlisi oq rangga ega, I navli yog‘da sarg‘ish yoki kulrang tus bo‘lishiga ruxsat etiladi. Hidi va ta’mi shu turdagi yog‘ga xos begona hid va ta’msiz, I navli yog‘da yoqimli qovurilgan hid bo‘lishiga ruxsat etiladi. Xona haroratida surkaluvchan yoki qattiq konsistensiyali bo‘ladi. Erish harorati — 36—46°C.
Eritilgan suyak yog‘ining oliy navlisi oq rangdan sariq ranggacha, ba’zida yashil tusli, I navli yog‘da kulrang tus bo‘lishiga ruxsat etiladi. Hidi va ta’mi shu turdagi yog‘ga xos begona hid va ta’msiz, I navli yog‘da yoqimli qovurilgan hid bo‘lishiga ruxsat etiladi. Suyak yog‘i xona haroratida suyuq, surkaluvchan yoki qattiq konsistensiyali bo‘ladi.
Eritilgan hayvon yog‘larini saqlash. Eritilgan mol va qo‘y yog‘lari tarkibida to‘yingan yog‘ kislotalari ko‘p bo‘lganligi uchun (60% gacha) saqlashga chidamli bo‘ladi. Cho‘chqa va boshqa eritilgan hayvon yog‘larining bu xususiyati kuchsizroq bo‘ladi.
Eritilgan hayvon yog‘lari shtamplangan yog‘och yoki faner bochkalarga, hajmi
24 kg gacha bo‘lgan, ichiga pergament to‘shalgan taxtadan yoki kartondan tayyorlangan yashiklarga joylanadi. Kichik qadoqlar uchun hajmi 200 va 500 g bo‘lgan
yog‘ o‘tkazmaydigan karton, qog‘oz yoki shisha idishlardan va hajmi 250 g bo‘lgan qalin folgadan tayyorlangan idishlardan foydalaniladi.
Bochkalar va yashiklarga joylangan eritilgan hayvon yog‘lari — 12°C haroratda 12 oy davomida, 5—6°C gacha bo‘lgan haroratda 1 oy saqlanadi.


Oshxona yog‘lari.


Yog‘lar tabiatda ko‘proq suyuq holatda uchraydi. Sanoat va xo‘jalik uchun qattiq yog‘lar ko‘proq talab etiladi. Qattiq yog‘larni saqlash, tashish va joylash ancha oson. Shu maqsadda yog‘ sanoati oldiga suyuq yog‘ni quyultirish vazifasi qo‘yiladi. Yog‘ sanoati yuqori texnika asosida suyuq yog‘larni gidrogenizatsiyalab qattiq yog‘ olish jarayonini yo‘lga qo‘ygan. Iste’mol uchun quyidagi oshxona yog‘lari ishlab chiqariladi.
Gidrojir rafinadlangan o‘simlik moylaridan to‘la gidro- genizatsiyalanib olinadi.
Erish harorati — 28—37°C. O‘simlik oshxona yog‘i gidrojiriga 20—25% rafinadlangan o‘simlik moylari qo‘shib qorishtirib olinadi.

Yüklə 4,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   250




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə