Urug‘li mevalar — olma, nok, behi, do‘lana.
Danakli mevalar — o‘rik, shaftoli, olcha, gilos, olxo‘ri.
Rezavor mevalar — uzum, smorodina, qulupnay, malina va yovvoyi mevalar.
Subtropik va tropik mevalar — sitruslar, xurmo, anjir, anor, banan, ananas, kivi va boshqalar.
Yong‘oqsimon mevalar — yong‘oq, funduk, yeryong‘oq, kedr yong‘og‘i, bodom, pista.
Urug‘li mevalar.
Urug‘li mevalar guruhiga olma, nok, behi, na’matak, do‘lana kiradi. Ular po‘choqdan, meva mag‘zidan va urug‘lar joylashgan besh uyali urug‘ uyasidan iborat.
Urug‘li mevalar keng tarqalgan meva guruhi hisoblanadi. Ular qandga boy (9% gacha), Bp B2, C, PP darmondorilar, organik kislotalar (2% gacha), efir moyi va mineral moddalar (0,6%), ajoyib ta’mi va xushbo‘y hidi bilan (1%) yuqori oziqlik qiymatiga ega.
Danakli mevalar
Danakli mevalarga gilos, olcha, olxo‘ri, o‘rik, shaftoli, qizil, zaytun, jiyda kiradi. Ular po‘stloqdan, shirali etdan, qattiq po‘choq va urug‘dan iborat. Danakli mevalar bebaho oziqaviy moddalarga boy mazali meva hisoblanadi. Danakli mevalar tabiiyligicha iste’mol qilinadi yoki uzoq saqlanmasdan konserva mahsulotlari tayyorlanadi.
Rezavor mevalar madaniy va yovvoyi turlarga bo‘linadi. Madaniy rezavorlarga bog‘ va mevazorlarda o‘stiriladigan uzum, krijovnik, smorodina, zemlyanika, qulupnay, malina, yovvoyi rezavorlarga klyukva, brusnika, maymunjon, chernika kiradi.
Rezavor mevalar tarkibida oson hazm bo‘ladigan qand, organik kislotalar, darmondorilar, mineral moddalar mavjud bo‘lib, shifobaxshlik xususiyatiga ega, iste’mol qiymati esa eng yuqori hisoblanadi.
Tuzilishiga qarab barcha rezavor mevalar uch guruhga bo‘linadi:
Haqiqiy rezavorlar — urug‘lari mag‘zi ichida joylashgan: uzum, smorodina, krijovnik, klyukva, brusnika, chernika.
Dostları ilə paylaş: |