Mahsulotlari tovarshunosligi



Yüklə 4,89 Mb.
səhifə39/250
tarix26.10.2023
ölçüsü4,89 Mb.
#131703
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   250
Oziq ovqat mahsulotlari tovarshunosligi

Tropik mevalarga tropik mamlakatlarda yetishtiriladigan banan, ananas, kivi, mango kabi mevalar kiradi. Tropik mevalar O‘zbekistonga, asosan, tropik iqlimli mamlakatlardan import
qilinadi (Hindiston, Kuba, Meksika, Vyetnam, Kavkazning Qora dengiz sohillaridan, Ozarboyjon va boshqalardan).


Tuganak mevali sabzavotlar


Tuganak mevali sabzavotlar o‘simlik poyasi yerosti qismining qalinlashgan tugunlaridir. Tuganaklilarga kartoshka, batat (kartoshkaning shirin turi),
topinambur (yernok) kiradi.

Qayta ishlangan sabzavot va mevalar


Sabzavot va ho‘l mevalarni saqlash muddatini uzaytirish, ularning assortimentini ko‘paytirish maqsadida turli qayta ishlash usullaridan foydalaniladi. Achitish va tuzlash, ziravor qo‘shib sirkalash, qoqi qilish, muzlatib qo‘yish, sterilizatsiya yoki pasterizatsiya usulida germetik idishlarga konservatsiyalash keng qayta ishlash usullaridan hisoblanadi.

Sabzavot va meva konservalari


Tayyorlash usuli va qaysi sohada iste’mol qilinishiga qarab sabzavot konservalari tabiiy, gazakbop, ovqatbop, bolalarga va parhez maqsadlariga mo‘ljallangan turlarga bo‘linadi.
Tabiiy konservalar — kimyoviy tarkibi, oziqalik qiymati va organoleptik ko‘rsatkichlari bo‘yicha qaysi xomashyodan tayyorlangan bo‘lsa, o‘sha xomashyoga yaqin bo‘ladi. Tabiiy konservalar uchun namakob 2—3% li osh tuzi eritmasi hisob- lanib, ziravorlar qo‘shilmaydi.
Gazakbop konservalar deb, butunlay iste’molga mo‘ljallanib, maxsus ishlov berilgan konservalarga aytiladi. Bu konservalarni tayyorlashda sabzavotlar oldin o‘simlik moyida qovurib olinadi, keyin ustidan pomidor sousi quyiladi. Baqlajon, qalampir, kabachkilardan shunday konservalar tayyorlanadi.
Ovqatbop konservalar yangi, tuzlangan, achitilgan sabzavotlar, kartoshkalardan va yog‘, pomidor mahsulotlari, qand, tuz, ziravorlar, qo‘ziqorinlar, go‘shtlardan tayyorlanadi. Ovqatbop konservalar ikki xil: sabzavotlardan va sabzavot-go‘sht mahsulotlaridan tayyorlangan bo‘ladi.

Yüklə 4,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   250




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə