Mahsulotlari tovarshunosligi


Go‘shtning kimyoviy tarkibi va oziqaviy qimmati



Yüklə 4,89 Mb.
səhifə84/250
tarix26.10.2023
ölçüsü4,89 Mb.
#131703
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   250
Oziq ovqat mahsulotlari tovarshunosligi

Go‘shtning kimyoviy tarkibi va oziqaviy qimmati.


Go‘sht tarkibida 16—21% oqsil, 0,5—37% yog‘, 0,4—0,8% uglevod, 2,5—3% azotli va azotsiz ekstraktiv moddalar, 52— 78% suv, 0,7—1,3% mineral moddalar, lipoidlar, fermentlar bo‘ladi. Bundan tashqari, go‘sht tarkibida Bp B2, B6, B12, PP, A, C, D darmondorilari va pantoten kislota mavjud.
Go‘shtning kimyoviy tarkibi uning turi, mol zoti, jinsi, yoshi, semizligi, go‘shtning morfologik tarkibi va boshqa omillarga bog‘liq. Masalan, katta yoshdagi va semiz mollarning go‘shti tarkibida yog‘ miqdori ko‘proq, oqsillar va suv miqdori esa nisbatan kamroq bo‘ladi. Mol go‘shtida cho‘chqa go‘shtiga nisbatan oqsilning umumiy miqdori ko‘p, yog‘ miqdori esa kam bo‘ladi va h.k.
  1. ilova




  1. ilova



  1. ilova


Kichik guruhlarga bo‘linib ishlash uchun topshiriq (SAVOL)



Kichik guruhlarga bo‘linib ishlash uchun savolga (JAVOB)




1.Respublikamiz aholisini go‘sht va go‘sht mahsulotlari bilan ta’minlashni yaxshilash maqsadida chorvachilikni rivojlantirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Go‘sht inson hayotida muhim ahamiyatga ega, chunki u organizmni to‘liq qiymatga ega bo‘lgan oqsil va yog‘ moddalari bilan ta’minlashda asosiy manbalardan bin hisoblanadi. Shuningdek, go‘sht tarkibida uglevodlar, ekstraktiv moddalar, darmondorilar, fermentlar va mineral moddalar mavjud.


2. Go‘sht tarkibida 16—21% oqsil, 0,5—37% yog‘, 0,4—0,8% uglevod, 2,5—3% azotli va azotsiz ekstraktiv moddalar, 52— 78% suv, 0,7—1,3% mineral moddalar, lipoidlar, fermentlar bo‘ladi. Bundan tashqari, go‘sht tarkibida Bp B2, B6, B12, PP, A,
C, D darmondorilari va pantoten kislota mavjud.



  1. Oqsil. Go‘sht tarkibidagi oqsil miqdori mol turi, uning zoti, yoshi va semizligiga bog‘liq. Go‘sht oqsilining qimmati uning tarkibidagi to‘laqimmatli va to‘laqimmatli bo‘lmagan oqsillar miqdori va nisbatiga bog‘liq.




  1. Yog‘. Turli hayvonlar go‘shtining yog‘i bir-biridan ta’mi, hidi, konsistensiyasi, hazm bo‘lishi bilan farqlanadi. Yog‘lar go‘sht to‘qimalarida uchraydi. Ular mushak to‘qimasida 3% gacha, yog‘ to‘qimasida 60—94%, biriktiruvchi to‘qimada 1— 3,3%, qonda 0,3%, suyak to‘qimasida 3,8—27% bo‘ladi.

Cho‘chqa go‘shtida yog‘ miqdori juda yuqori (28—49%) va oqsil kam miqdorda (11,4—16,4%) bo‘ladi.
Go‘shtda yog‘ miqdori molning semizligi, jinsi, yoshiga bog‘liq. Yosh hayvonlar go‘shtida qari hayvonlar go‘shtiga nisbatan yog‘ miqdori ancha kam. Uy hayvonlarining yog‘i yovvoyi hayvonlar yog‘iga nisbatan ko‘proq.



  1. Uglevodlar go‘shtlar tarkibida, asosan, hayvon kraxmali — glikogen holida to‘plangan bo‘lib, ular go‘shtning yetilishida katta rol o‘ynaydi. Go‘shtda glikogen miqdori o‘rtacha 0,8% ni, mollarning jigarida esa 2—5% ni tashkil etadi. Uglevod qonning glukoza bilan to‘yinishi uchun zap as moddasi hisoblanadi.





  1. Yüklə 4,89 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   250




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə