Mahsulotlarni yorliqlash


-rasm. Aseptik konservalab qadoqlash liniyasining sxemasi



Yüklə 409,58 Kb.
səhifə3/3
tarix05.05.2023
ölçüsü409,58 Kb.
#108518
1   2   3
portal.guldu.uz-OZIQ-OVQAT SANOATIDA TARA REKLAMA VA DIZAYN fanidan taqdimot

6-rasm. Aseptik konservalab qadoqlash liniyasining sxemasi
Uskuna ishlab chiqarish zavodlari yoki loyihalash tashkilotlari o’z mahsulotini markalaydi va qisqartirilgan ko’rinishda uning pasporti va yorlig’iga yozadi. Sobiq ittifoq mashinalarida go’shtni qayta ishlash mashinalari markasining birinchi harfi “F” bo’lgan. Qolgan harf va sonlar mashina nomi va eng asosiy ko’rsatkichini ifoda etgan.
Masalan, quyidagi mashinalar markasi ushbu ma’noni bildiradi:
FUAM – qora mol terisini mexanik shilish universal agregati, M-modernizatsiyalashtirilgan; FSN – uzluksiz ishlovchi, shoxli kichik mol terisini shilish qurilmasi; FSB – davriy ishlovchi, qo’y terisini mexanik shilish qurilmasi; FEOS – elektr yordamida cho’chqani hushsizlantirish apparati, FShG – gidravlik shpig (qalin yog’ni) kesish mashinasi, FOK – ichakka ishlov berish uchun universal shlyamlash mashinasi.
Qator mashinalar markasida harf belgilar yonida sonlar qatnashadi:
AB-50-M - unumdorligi soatiga 50 bosh qora molni hushsizlantirish boksi; modernaziyalashtirilgan PP-150 - 150 kg quvvatli yassi cho’michli yuk ko’targich; LRN- 500 – 500 kg yuk ko’tarish aylanadigan devorga o’rnatishga moslangan lebyodka; PPG-1 gidroyuritmali ko’tarish va tushirish maydonchasi; KSSh-1000 – uzluksiz ishlovchi, qora mol terisini shilish konveyer agregati; MP-2-220 – reshyotka diametri 220 mm-li (volchok); NOGSh-325 – diametri 325 mm barabanli uzluksiz ishlovchi, cho’kmaga tushiruvchi toifadagi gorizontal shnekli tsentrifuga; PK-2M – suyak kesuvchi arra; GSh- 65 – tsilindr hajmi 65 litrga teng gidravlik shprits.
Ayrim indekslar ixtirochi familiyasining bosh harfini o’z ichiga oladi:
SUB-3M – Skro’pnik, Usik va Lavrushinlarning chuchvara o’rash avtomati; ELRO - Elenich va Rodinlarning markazlashgan tutun beruvchi generatori; SSL- 2 – Sinitsin, Sidorov va Lavrushinlarning submahsulot kuydirish pechi; MVVSh-Sheffer sistemasidagi nam havoli havo sovutgichi; FV-2-L200 – Lagoshi konstruktsiyasi bo’yicha diametri 200 mm reshetkali, go’sht maydalash uchun volchok.
Chet el uskunalari ko’proq firma nomi bilan ataladi, masalan, volchok “Matador-Gigant” go’sht maydalagichi; “Anko” yoki “Puk-Vikozator” go’sht maydalagichi; “Kontiflou” firmasi shpritsi; ”De Laval” firmasi separatori; “French” firmasi jizzadan yog’ presslash mashinasi.
Xozirgi paytda konserva zavodlarida KTS - -6, KTS - 30, KTS - 80 kabi pomidordan sharbat oluvchi kombaynlardan foydalaniladi. Bu kobaynlarda sharbat olishning xamma jarayonlari amalga oshiriladi.
Hosil kilingan pomidor sharbati chukma xozil bulmasligi uchun 8-10 MPA bosim ostida gomogenizatsiyalanadi. Gamogenizatsiyalangan sharbatga ishlov berishda xujayralarda tuplangan xavo sikib chikarish kadoklashda ko’piklab ketmasligi uchun deaeratsiya kilinadi. Qayta ishlash korxonalarida tayyorlanadigan mahsulotlar turli xildagi idishlarda qadoqlanib tayyor mahsulotlar saqlanadigan omborlarda uzatishdan oldin ularni albatta markirovkalash jihozlari bilan yorliq, ishlab chiqarilgan sanalar quyilib, iste’molga va saqlash omborlariga jo’natiladi.
Tayyor mahsulotni tashish uchun yashik va korobkalarga joylashtiriladi. Tayyor mahsulotni yashiklarga joylash jihozlarning tuzilishi bankalarning turi ko’ra farqlanadi. Shisha idishlarni joylash uchun BUMS markali, tunuka bankalar uchun A9-BUM markali jihozlar ishlatiladi.
Konserva idishlari mahsulotni sifatini buzuvchi qor-yomg’irdan, xidining yo’qolishi, urilib shikastlanishidan, qurish, uvalanish, oqish - to’kishdan, yoqimsiz hid, ombor zararkunandalaridan va boshqalardan saqlaydi. Idish tayyorlanadigan materiallarning ahamiyati katta. U arzon, yengil, chidamli, nam tortmaydigan, hidsiz bo’lishi, mahsulotga kimyoviy ta’sir etmasligi, mahsulot namligini o’ziga tortmasligi lozim.
Tayyor mahsulotni uzoq saqlash uchun idishlarni germetizatsiya qilish lozim. Bu jarayon yopish mashinalarida bajariladi.
Yopish mashinalari yarimavtomatik va avtomatlashtirilgan, vakuumli va vukuumsiz, to’ldirgich bilan agregatlangan va agregatlanmagan, tunuka va shisha idishlar uchun mo’ljallangan bo’ladi.
Ba’zi yopish apparatlarda bankalarni germetizatsiyalash uchun qopqoqlarni quyishdan oldin bush xajmiga quruq bug’ yuboriladi va idishlardagi havo chiqariladi.
Ko’p pozitsionli yopish apparati tarkibiga quyidagilar kiradi ( 7-rasm): val 1, tishli g’ildirak 3, markaziy vallar 2, yunaltiruvchi 14, ichi bo`sh vallar 12, mushtlar 11, ikki yelkali richag 8, sharnirlar 9, siqish roliklari 10, yopish roliklari 5, yuqori patronlar 6, o’qlar 7, bankalarni suruvchi 13.
Banka germetizatsiyalash jarayonida yopish roliklari maksimal uzoqlashganda pastki patronlar bilan yuqori patronlarga kutarilib unga qisiladi. Richag 8 yordamida yopish roliklari bankaga yaqinlashib uning atrofida aylanadi va qopqoqni banka og’ziga kistirib quyadi.
Apparatning konstruksiyasiga ko’ra germetizatsiya jarayonida banka o’z o`qi bo’yicha aylanishi yoki xarakatlanmaydigan bo’lishi mumkin. Germetizatsiya tamom bo’lgandan keyin yopish roliklari bankadan siljiydi, pastki patron tushadi, itaruvchi mexanizm yuqoridan bankaga bosadi. Yopilgan banka pastki patron bilan tushib transportyorga o’tkaziladi.
Yüklə 409,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə