Maishiy chiqindi asosida dibutil tereftalat olish va plastifikator sifatida qo’llash



Yüklə 13,51 Kb.
tarix21.10.2023
ölçüsü13,51 Kb.
#130486
Maishiy chiqindi asosida dibutil tereftalat olish tezis docx tttt


Maishiy chiqindi asosida dibutil tereftalat olish va plastifikator sifatida qo’llash
Shomirzayeva Zulfiya Xayrulloyevna, Kimyo fakulteti kimyo yo’nalishi II-kurs
Ilmiy rahbar: Eshmurodov X. E E-mail: khurshideshmurodov@gmail.com
Annotasiya Ushbu ishni olib borish jaroyanida dibutil teraftalat, teraftal kislota va butil spirt asosida plastifikatorlar olish, ularning mavjud xossalarini o’rganish va qo’llash bo’yicha tadqiqot o’tkazilgan.
Kalit so’zlar: Butil spirit, natriy tereftalat, plastifikator, maishiy chiqindi, KFS yelimlari, polietilen quvur, shina va va rezenalar.
Kirish Jahonda plastik ishlab chiqarish yiliga 5-6 foizga oʻsib bormoqda va mazkur prognozlarga koʻra, 2025-yilga kelib 300 million tonnaga yetadi. Ma’lumki, polietilentereftalat (PET) kuchsiz ishqorli eritmalarga juda chidamli, xona haroratida konsentrlangan ishqorli eritmalarga chidamli va faqat qaynash nuqtasida parchalana boshlaydi. Faqat gidrolitik takroriy parchalanish natijasida polimer bitta monomer birlikka mos keladigan bo‘laklarga ajralishi mumkin. Polimer sirtining relefi ma’lum vaqt davomida shakllanadi va bundan keyin o‘zgarmaydi. PET ning natriy gidroksid bilan reaksiyasining o‘ziga xos xususiyati va ba’zi tadqiqotchilarning fikricha amorf fazaning yaxshi reaktivligi hamda kislota guruhlari sonining ko‘payishi bilan izohlanadigan avtomatik tezlashtirilgan rejimning mavjudligidir.
Tadqiqotning maqsadi Maishiy chiqindilardan tereftal kislota olish va u asosida turli plastifikatorlar sintez qilish. O’sha plastifikator orqali KSP yelim, polietilen quvur, shina va rezena sifatini yaxshilash.
Tajribaviy qism Ushbu tajribani amalga oshirish uchun kerakli jihoz va reaktivlarni yig’ib olamiz. So’ngra 95-100°C haroratda, 40% li natriy gidroksid eritmasi yordamida 2 soat davomida olib borildi. Reaksiya mahsuloti sifatida natriy tereftalatning suvli eritmasi hosil bo‘ldi. Hosil bo‘lgan eritmani suv qo‘shib suyultirlik va reaksiyada qatnashmay qolgan PET ni ajratib olish uchun eritmani filtrladik va olingan eritmani sulfat kislota yordamida neytralladik. Bunda hosil bo‘lgan tereftal kislota suvda yaxshi erimaganligi sababli oq pag‘asimon cho‘kma ko‘rinishida ajralib chiqdi. Cho‘kmani filtrlab, so‘ngra 3-4 marta qaynoq suv bilan yuvdik. Tayyor bo‘lgan mahsulot doimiy massaga kelguncha 55-60°C haroratda quritish pechida quritdik. Tereftal kislotadan tadqiqotimizning asosiy yo‘nalishini tashkil etadigan dibutil tereftalat sintez qilish uchun xomashyo sifatida foydalanildi.
Xulosa Tadqiqotda dibutil tereftalat yelim va polietelin quvurlar uchun plastifikator qilib olindi va ularning xossalari o’rganildi. Xulosada plastifikator miqdori ortishi bilan olingan moddalarning, tarkibidagi erkin formaldegid miqdorini keskin kamaytirishga, mustahkamliligi, issiqlik va suvga chidamliligini oshirishga imkon yaratildi
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1. Tiso T. et al. Towards bio-upcycling of polyethylene terephthalate // Metab. Eng. Academic Press Inc., 2021. Vol. 66. P. 167–178.
2. Panfilov D.A. Chemical recycling of polyethyleneterephthalate as a method for obtaining effective modifiers of polymer materials // Plast. massy. 2021. № 7–8. P. 25–30.
3. Moog D. et al. Using a marine microalga as a chassis for polyethylene terephthalate (PET) degradation // Microb. Cell Fact. BioMed Central Ltd., 2019. Vol. 18, № 1.
4. Набиев Д.А., Тураев Х.Х., Джалилов А.Т., Нуркулов Ф.Н. ИК-спектроскопия и СЭМ-анализ добавок на основе оксидов металлов и терефталевой кислоты для полимерных материалов // Universum Химия и биология. 2020. № 11(77). P. 67–69.
Yüklə 13,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə