Majburiy fan


Biror-bir kasb-hunar egalari…



Yüklə 428 Kb.
səhifə5/7
tarix28.11.2023
ölçüsü428 Kb.
#135067
1   2   3   4   5   6   7
1-kurs ona tili Ingliz tili 1-variyant

Biror-bir kasb-hunar egalari…
A) o’z hunarlarini boshqalarga o’rgatishga hartakat qilsin
B) zug’um ostida qolganlarida ham o’z kasbiga sodiq qolsinlar
C) boshliqlarining noto’g’ri buyruq-larini ham so’zsiz bajarishlari lozim
D) ba’zan dam olish uchun o’zga yurtlarga safar qilishi kerak


40. Ushbu matnda aks etgan g’oyaga mos bo’lgan maqolni aniqlang.
A) Yangi uy qurmasdan eskisini buzma.
B) Dangasaga ish buyursang, senga aql o’rgatar.
C) Yetti o’lchab, bir kes
D) Shogird ustadan o’tmasa, ish yetar.


41. To‘g‘ri hukmni aniqlang.
A) Barcha jarangli undoshlarning jarangsiz juftlari sonorlar guruhiga mansub emas.
B) Jarangsiz jufti yo‘q jaranglilar hosil bo‘lish o‘rniga ko‘ra bir guruhga mansub.
C) 8 ta jarangli til undoshining jarangsiz jufti mavjud.
D) 2 ta jarangli lab undoshining jarangsiz juftlari hosil bo‘lish usuliga ko‘ra bir guruhga mansub.


42. Qaysi javobdagi so‘zlar juftligida o‘zaro omonim so‘z yasovchi qo‘shimchalar qatnashgan?
A) minglab – yuzlab B) o‘tloq – porloq
C) yutuq – sovuq D) yozgi – supurgi


43. Qaysi javobdagi ajratib ko‘rsatilgan so‘zda sinekdoxa usuli orqali ma’no ko‘chishi yuz bergan?
A) Barglar orasiga tinmasdan sira
Oshno yulduzlardan to‘kiladi nur.
B) Achchiq qayg‘u, poyoni yo‘q o‘y-xayollar ona qalbini poralar edi...
C) Ular mahallani tanimaydi...
D) Oyoq sharpasi eshitildi. So‘ng bir bosh ko‘rindi...


44. Qaysi javobda kelishiklarni qo‘llash bilan bog‘liq xato mavjud?
A) Kometaga ilk bor ko‘zimiz tushganda, garchi diametri bir necha ming kilometrni tashkil etsa ham, uning kichik bir shu’lali jism ekanini kuzatamiz.
B) Quyosh nurlari kometa yadrosidan materiyaning mayda zarralarini yulib oladi va uning Quyoshga teskari bo‘lgan yo‘nalishda dumi paydo bo‘lishiga olib keladi.
C) Kometa Quyoshga yaqinlashayot-ganda, undan dum o‘sib chiqadi va harakati ham tezlashadi.
D) Dum juda siyrak gaz va o‘ta mayda zarralardan iborat bo‘lib, ular kometa yadrosining quyosh ta’siri ostida ajralib chiqadi.


45. Qaysi javobda berilgan so‘zlarning ma’nolarini farqlovchi undosh tovushlar ham jarangli yoki jarangsizligiga ko‘ra, ham til qismlarining harakatiga ko‘ra o‘zaro bir turga mansub emas?
A) qo‘lla – yo‘lla B) tetik – teshik
C) baytal – baykal D) sovun – qovun


46. Qaysi javobdagi barcha so‘zlar bo‘g‘inga to‘g‘ri ajratilgan?
A) lan-gar-cho’p, kel-din-giz, ko-tan-gens
B) ya-nga, va-tan-ga-do, shta-nga
C) bu-gu-ngi, ta-nga, tang-lay
D) tan-gens, yur-di-ngiz, tun-gi


47. Qaysi javobda berilgan so‘zlarning ma’nolarini farqlovchi undosh tovushlar ham jarangli yoki jarangsizligiga ko‘ra, ham til qismlarining harakatiga ko‘ra o‘zaro bir turga mansub?
A) talaba-g‘alaba B) burun-butun
C) do‘ppi-lo‘ppi D) qovun-sovun


48. Qaysi javobda berilgan so‘zlarning ma’nolarini farqlovchi undosh tovushlar ham jarangli yoki jarangsizligiga ko‘ra, ham til qismlarining harakatiga ko‘ra o‘zaro bir turga mansub emas?
A) qayla-qayra B) narvon-karvon
C) quduq-quruq D) dutor-duchor


49. O‘lmas Umarbekov asarlariga xos tog‘ri hukmni toping. 1. “Fotima va Zuhra” 2. “Urush farzandi”
3. “Odam bo‘lish qiyin” 4. “Yoz yomg‘iri” 5. “Sevgim, sevgilim”
a) Voqealar rivojining sirliligi, personajlar xatti-harakatining kutilma-ganligi, chuqur hayotiy asoslarga egaligi, tasvirning samimiyligi bilan e’tibor tortadi; b) sujet to‘qimasining murakkabligi, voqealar ta’sirining favqulodda keskinligi, ifoda maromining shiddatkorligi bilan e’tiborni tortadi; c) Shu asardan boshlab milliy adabiyotimizga fojia tasviri qayta kirib keldi; d) Manfaatni insonlikdan yuqori qo‘yish odamni ma’naviy qabohat sari yetaklashi fojiaviy timsollar misolida yorqin ko‘rsatib beriladi; e) milliy ma’naviyatimizdagi bir kemtiklik sarguzasht yo‘sinida aks ettiriladi.
A) 1-d; 2-a; 3-c; 4-e; 5-b
B) 1-d; 2-d; 3-c; 4-e; 5-b
C) 1-e; 2-a; 3-d; 4-b; 5-c
D) 1-d; 2-a; 3-e; 4-b; 5-c


50. “... – ayriliqqa uchraganlarni maqsadiga yetkazuvchi va mahrumlarni murod uyiga olib kiruvchidir. ... – xom odamlarni pishiruvchi va taomlarni singdiruvchidir. ... kishilarni olam ajoyibotlaridan bahramand qiladi, g‘aroyibotlar dunyosidan xabardor qiladi”. A. Navoiy yuqoridagi jumlalar orqali “Mahbub ul-Qulub” asarida nimaga ta’rif bermoqda?
A) safar B) diydor C) hilm D) yaxshilik


51. Oybek qalamiga mansub bir xil janrdagi asarlarni belgilang.
A) “Oltin vodiydan shabadalar”, “Quyosh qoraymas”, “Nur qidirib”
B) “Bola Alisher”, “Ulug‘ yo‘l”, “Dilbar davr qizi”
C) “Oltin vodiydan shabadalar”, “Quyosh qoraymas”, “Ulug‘ yo‘l”
D) “Bola Alisher”, “Ulug‘ yo‘l”, “Quyosh qoraymas”


52. Abdulla Qahhorning asarlari bo’yicha nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan yozuvchini aniqlang.
A) Odil Yoqubov
B) Abdulla Oripov
B) Pirimqul Qodirov
D) Said Ahmad


53. Alisher Navoiyning “Mahbub ul-qulub” asarining bugungi kun adabiy tilimizdagi matnini kim tayyorlagan?
A) Porso Shamsiyev B) A.Hayitmetov
C) Usmon Qo‘chqor D) Jamol Kamol


54. “Egasi ming poylasin, o‘g‘ri – bir.” Maqoli qaysi asarda qo’llangan?
A) “Dunyoning ishlari”
B) “Urushning so’nggi qurboni”
C) “Qiyomat qarz”
D) “Oq kema”


55. Ikkinchi jahon urushi yillarida Turob To’laning qaysi to’plamlari e’lon qilinadi?
A) “Kamalak”, “She’rlar”
B) “Mubarakbod”, “Shodligim”
C) “Tabassum”, “She’rlar”
D) “Shodligim”, “Tabassum”


56. Musa Jalilning “Moabit daftari” turkumini o’zbek tiliga kim tarjima qilgan?
A) Nizom Komil
B) Mamarasul Boboyev
C) Usmon Qo’chqor
D) Nosir Fozilov


57. “Zarbulmasal” dan o’rin olgan qaysi masalda Nuh payg’ambar, Ibrohim alayhissalom, Xo’ja Ahmad Yassaviy kabi buyuk zotlarga yordam bergani haqida yolg’on ma’lumot beruvchi shaxs mavjud?
A) “Kabutar bilan zog’”
B) “Tuya bilan bo’taloq”
C) “Maymun bilan najjor”
D) “Yodgor po’stindo’z”


58. “Bizning Shakar ovulimiz chekkasidagi Qurqurov daryosi qirg’og’ida eski, yerga botib borayotgan tegirmon toshi bor. Yillar o'tgani sayin u ko'proq yemirilib, yerga chuqurroq singib bomoqda. Ana shu yerda bobomning tegirmoni bo'lgan”. Ushbu parcha kimning hayotidan hikoya qiladi?
A) Shuhrat B) A. Avloniy
C) Mirmuhsin D) Ch.Aytmatov


59. “Ravshan” dostonidagi aka-uka kallarning fazilatlari qaysi javobda to’g’ri ko'rsatilgan?
A) Aynoq - polvon, Jaynoq - masxa- raboz, Ersak - mergan, Tersak - sinchi
B) Aynoq - polvon, Jaynoq - masxa- raboz, Ersak - sinchi, Tersak - mergan
C) Aynoq - polvon, Jaynoq - sinchi, Ersak -masxaraboz, Tersak - mergan
D) Aynoq - masxaraboz, Jaynoq - sinchi, Ersak -polvon, Tersak - mergan



Yüklə 428 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə