Majidov taxir shadmanovich


Dunyoda eng katta quvvatli offshor shamol elektrostansiyasi



Yüklə 17,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/105
tarix28.11.2023
ölçüsü17,86 Mb.
#137932
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   105
portal.guldu.uz-NOANA’NAVIY VA QAYTA TIKLANUVCHI ENERGIYA MANBALARI

2.5.3 Dunyoda eng katta quvvatli offshor shamol elektrostansiyasi.
2009 yilning sentyabr oyida, SHimoliy dengizning Daniyadagi YUtlandiya
yarim oroli qirg‘oqlarida, 91 dona shamol energoqurilmalaridan tashkil
topgandunyoda eng quvvatli «Horns Rev – 2» offshor shamol elektrostansiyasi
ishga tushirildi [14]. «Siemens» kompaniyasi ishlab chiqarganhar bir shamol
energoqurilmalarining quvvati 2,3 MVt ga, «Horns Rev – 2» offshor shamol
elektrostansiyasining umumiy quvvati esa 209,3 MVt ga teng. SHamol
energoqurilmalari dengiz suvi sathiga nisbatan 114,5 m balandlik ka o‘rnatilgan
(13-rasm). 
13-rasm. Eng katta quvvatli offshor shamol elektroqurilmalarini
o‘rnatish.
«Horns Rev – 2» offshor shamol elektrostansiyasigacha dunyoda eng katta
offshor shamol elektrostansiyasi, qirg‘oqdan 5,2 km uzoqda hamda Angliyaning
Linkolnshir grafligidagi Skegness shahri yaqinida joylashgan «Lynn and Inner 
Dowsing»shamol energoqurilmalari parki hisoblanardi.SHamol energoqurilmalari
parki, «Siemens» kompaniyasi ishlab chiqargan,har biri 3,6MVt quvvatga ega
bo‘lgan 54 dona shamol turbinalaridan tashkil topgan. SHamol energoqurilmalari


38
parkining umumiy quvvati 194,4 MVt ga teng bo‘lib, ular dengiz suvi sathidan 107 
m balandlikka o‘rnatilgan.
Energoqurilmalarning
minorasi, 
dengiz
tubiga
qoqilgan
qoziq-
fundamentlarga o‘rnatiladi. Qoziq-fundamentlarni o‘rnatish uchun maxsus kema
qurilgan. Kema chayqalmasdan ishlashi uchun, dengiz tubiga tayanadigan 6 dona
gidravlik tayanch bilan jihozlangan. Offshor shamol energoqurilma-lari
o‘rnatiladigan suvning chuqurligi 30 m dan oshmaydi.
2.5.4 Dunyodagi eng katta, suv sathning ko‘tarilib-tushish
prinsipi asosida ishlaydigan gidroelektrostansiya.
Dunyoda eng birinchi va eng katta suv sathning ko‘tarilib-tushish prinsipi asosida
ishlaydigan gidroelektrostansiya, 1967 yilda Fransiyadagi Rans daryosining
okeanga quyilish joyiga qurilgan. Bu erda suv sathi ko‘tarilib-tushishining o‘rtacha
miqdori 8 m ni, maksimal miqdori 12 m ni tashkil qiladi
[
14
]
.

Yüklə 17,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə