Majidov taxir shadmanovich


Birinchidan , achigan go‘ng odatdagi go‘ngga qaraganda qishloq xo‘jalik ekinlarining hosildorligini 10÷20 % oshiradi.  Ikkinchidan



Yüklə 17,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə88/105
tarix28.11.2023
ölçüsü17,86 Mb.
#137932
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   105
portal.guldu.uz-NOANA’NAVIY VA QAYTA TIKLANUVCHI ENERGIYA MANBALARI

Birinchidan
, achigan go‘ng odatdagi
go‘ngga qaraganda qishloq xo‘jalik ekinlarining hosildorligini 10÷20 % oshiradi. 
Ikkinchidan,
chiqindilar achigan vaqtda go‘ng tarkibida ko‘p miqdorda
bo‘lgan begona o‘tlarning urug‘lari, har xil mikroblarning birikmalari, gelmintin
urug‘lari va yoqimsiz hidlar yo‘qotiladi. 
11.3 Biogaz olish qurilmalari va ulardan foydalanish jarayoni
Biogaz olish qurilmalarining sxemasi va konstruktiv-texnologik parametrlari, 
qayta ishlanadigan xom ashyoning hajmiga, achitiladigan xom ashyo materialining
xossalariga, issiqlik-namlik rejimiga, xom ashyoni yuklash va achitish usuligi va
boshqa bir qancha faktorlarga bog‘liqdir [42].


145
Biogaz qurilmasining asosiy jihozi-issiqlik almashtiruvchi germetik yopilgan
idish (issiqlik uzatuvchi 50-60 °S gacha qizlirilgan suv), go‘ngni kiritish va chiqarish
hamda hosil bo‘lgan gazni chiqarib ketish moslama-laridir

86-rasmda bioenergiya
olishning to‘liq jarayoni ko‘rsatilgan.
86-rasm. Bioenergiya olish jarayoni. 
Biogaz qurilmalari xilma-xil bo‘lib, ularning konstruksiyasi, mahalliy sharoitga
hamda biogaz olish uchun xom ashyo miqdoriga bog‘liqdir. Quyida ba’zibir biogaz
qurilmalaring konstruksiyalarini ko‘rib chiqamiz.
87-rasm. Biogaz reaktorining soddalashtirilgan sxemasi


146
87-rasmda biogaz reaktorining soddalashtirilgan sxemasi keltirilgan [12]. 
Sxemaga asosan, xom ashyo - suv va go‘ng aralashmasi bioreaktorga joylashtiriladi. 
Xom ashyo – substrat miqdori bioreaktor hajmining 90 % ni to‘ldirishga etishi
lozim. Substrat bioreaktorda 7 ÷ 12 kun ushlab turiladi. Olingan gazni yoqib har xil
maqsadlarda foydalaniladi, yoxud uni issiqlik yoki elektroenergniyaga aylantirish
mumkin. Foydalanib bo‘lingan xom ashyo bioreaktordan chiqarib tashlanadi va
bioreaktor yangi xom ashyo bilan to‘ldiriladi.

Yüklə 17,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə