«makroiqtisodiyot» fani bо‘yicha masalalar



Yüklə 208,33 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/22
tarix01.02.2023
ölçüsü208,33 Kb.
#99954
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22
«makroiqtisodiyot» fani bî‘yicha masalalar

 
71-masala
«Imkoniyat» bankining balans hisoboti bank tomonidan о‘tkazilgan har bir bitimdan 
sо‘ng qanday о‘zgarishini bank aktivlari va passivlari doim teng bо‘lishini hisobga olgan 
holda, kо‘rsatib bering: 
a) mahalliy aholining kichik guruhi shaxsiy kapitali 250 mln.sо‘m. bо‘lgan 
«Imkoniyat» bankini tashkil etishni qaror qildi, deb faraz qilaylik. Ushbu mablag‘dan 75 
mln. sо‘m bino va jihozlar xarid qilishga sarflangan, mablag‘ning qolgan qismi bank 


13 
zahiralari kо‘rinishida saqlanadi. Ushbu birinchi bitimni bankning balans hisobotida aks 
ettiring. 
b) bank talabga ega bо‘lgunga qadar 75 mln. sо‘m miqdorida depozit qabul qildi. 
Ushbu bitimni bankning balans hisobotida aks ettiring. 
v) Bank mijozga 15 mln. sum miqdorida naqd ssuda berdi. Ushbu bitim bankning 
balans hisobotini qay tarzda о‘zgartiradi? 
g) bankning boshqa mijozi 10 mln. sо‘m miqdorida ssuda oladi va uni aynan shu 
bankka chekli qо‘yilma sifatida qо‘yadi. Ushbu bitim bankning balans hisobotini qay 
tarzda о‘zgartiradi? 
d) 15 mln.sо‘m miqdorida ssuda olgan mijoz, 5 mln. sо‘mni naqd qaytaradi. Ushbu 
bitim bankning balans hisobotini qay tarzda о‘zgartiradi? 
 
72-masala 
Tijorat banki 80 mln. sо‘mlik depozitlarni jalb qilishga erishdi. Shu davr ichida 20 
mln. sо‘mlik kredit mijozlar tomonidan bankka qaytarildi va bank 70 mln. sо‘mlik yangi 
kredit berdi. Davr ohiridagi ortiqcha rezervlar 114 mln. sо‘mni tashkil etdi. Markaziy 
bank tomonidan о‘rnatilgan depozitlarni majburiy zahiralash normasini aniqlang. 
73-masala
Markaziy bank tomonidan о‘rnatilgan depozitlarni majburiy zahiralash meyori 20 % 
ga teng bо‘lsin. Bank tizimidagi depozitlar bankdan tashqaridagi naqd pullardan 4 
martaga kо‘p. Majburiy zahiralarning umumiy miqdori 800 mlrd. sо‘m. Tijorat 
banklarining ortiqcha rezervlari 200 mlrd. sо‘m. Iqtisodiyotdagi pl taklifi hajmini 
aniqlang. 
74-masala
Markaziy bank ikkilamchi bozorda oldinroq davlat byudjeti taqchilligini 
moliyalashtirish uchun chiqarilgan davlat qisqa muddatli obligatsiyalarining 1/6 qismini 
sotib oldi. Pul taklifi 210 mlrd. sо‘mga oshdi. Markaziy bank tomonidan о‘rnatilgan 
depozitlarni majburiy zahiralash normasi 20 % ga teng. Bank tizimidan tashqaridagi naqd 
pullar depozitlardan 5 martaga kam. Markaziy bank qancha miqdordagi obligatsiyalarni 
sotib olgan? Emissiya qilingan obligatsiyalarning umumiy miqdori qancha? 
75-masala
Tijorat banklarining resurs bazasini kengaytirish uchun Markaziy bank ulardan 16 
mlrd. sо‘mlik davlat obligatsiyalarini sotib olishga qaror qildi. Tijorat banklari 
obligatsiyalarni sotishdan olingan mablag‘larning 10 % ini ortiqcha rezerv sifatida saqlab 
turishga qaror qildi. Natijada, multiplikator samarasi tasirida, pul massasi 90 mlrd. 
sо‘mga kо‘paydi. Markaziy bank tomonidan о‘rnatilgan depozitlarni majburiy zahiralash 
normasini aniqlang. 
76-masala
Agar Markaziy bank ochiq bozorda tijorat banklariga 20 mln. sо‘mlik davlat 
obligatsiyalarini sotsa, majburiy zahiralash normasi 12,5 % bо‘lganda pul taklifi 
maksimal qanchaga qisqarishi mumkin? 


14 
77-masala
Markaziy bank siyosati pul taklifini 5%ga qisqarishiga olib keldi. 
a) Bu siyosat AD egrida qanday aks etadi? 
b) Qisqa muddatli va uzoq muddatli davrlarda ishlab chiqarish hajmi va narx 
darajasi qanday о‘zgaradi? 

Yüklə 208,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə