|
«makroiqtisodiyot» fani bо‘yicha masalalar«makroiqtisodiyot» fani bî‘yicha masalalar
112-masala
B mamlakat hukumati A mamlakatning valyutasiga nisbatan milliy valyuta kursini
barqarorlashtirishni maqsad qildi deb faraz qilaylik. A mamlakatda inflyatsiya sur’ati
bir yilda 5%ni tashkil etadi.
a) B mamlakatda bunday maqsadga erishish uchun inflyatsiya qanday bо‘lishi kerak?
b) Uzoq muddatda ishlab chiqarishning о‘sish sur’ati 3% va pulning
aylanish tezligi о‘zgarmas bо‘lganda valyuta kursini barqarorlashtirish uchun pul
massasining о‘sish sur’ati qanday bо‘lishi kerak?
113-masala
Iqtisodiyotda shveysariya frankiga talab va uning taklifi quyidagicha ifodalangan:
Frank bahosi ( AQSH
dollarida)
Frankka talab hajmi (mln.
frank)
Frank taklifi hajmi ( mln.
frank)
0,8
300
400
0.7
320
370
0.6
340
340
0.5
360
310
0.4
380
280
a) dollarning muvozanatli valyuta kursini hisoblab toping;
b) shveysariya frankining muvozanatli almashinuv kursini hisoblab toping;
v) muvozanat sharoitida valyuta bozorlarida qanday miqdordagi AQSH dollari va
shveysariya franki sotib olinadi?
113-masala
AQShda shaxsiy kompyuterlar narxi 1000 dollar, Germaniyada esa 4000 marka deb
faraz qilaylik. Agar nominal ayirboshlash kursi 2 marka = 1 dollar bо‘lsa, u holda,
dollarning real ayirboshlash kursi nimaga teng bо‘ladi?
114-masala
Aytaylik, Yaponiya AQShdan X tovarni import qiladi. Quyidagi jadvalni tо‘ldiring:
Valyuta kursi
X tovarning
AQShdagi
bahosi (dollar)
X tovarning
Yaponiyadagi
bahosi (iyena)
Yaponiyada X
tovarga bо‘lgan
talab hajmi (dona)
Yaponiya
aholisining X
tovarni sotib
olishga yalpi
xarajatlari
(dollar)
40 iyena=1doll.
5
500
30 iyena=1doll.
5
1000
20 iyena-1doll.
5
1200
Dostları ilə paylaş: |
|
|