«makroiqtisodiyot» fani bо‘yicha masalalar



Yüklə 208,33 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/22
tarix01.02.2023
ölçüsü208,33 Kb.
#99954
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
«makroiqtisodiyot» fani bî‘yicha masalalar

99-masala
A mamlakat X tovarni 60 AQSH dollarga, ya’ni jahon bozori baholarida eksport 
qiladi. Bu mamlakatda X tovarga talab va uning taklifi egri chiziqlari funksiyasi 
quyidagicha: Q

= 400- 5P; Q

= -50 +5 P 
Bitta tovarga 10 dollarlik eksport boji kiritilishidan oldin va sо‘nggi eksport hajmini 
aniqlang. Eksport boji kiritilishidan davlat oladigan daromad va iste’molchilar kо‘radigan 
manfaatni aniqlang. 
100-masala
Mamlakat hukumati shakar importiga 1 kg. shakar uchun 0,02 dollarlik tarif 
kiritishga qaror qildi. Jahon bozorida 1 kg. Shakar narhi 0,1 dollar. Shakar ishlab 
chiqarishning ichki hajmi erkin savdo sharoitida yiliga 6 mln. kg.ni, tarif kiritilganidan 
sо‘ng esa 8 mln. kg.ni tashkil etadi. Shakar iste’mol qilishning ichki hajmi erkin savdo 
sharoitida yiliga 22 mln. kg.ni, tarif kiritilganidan sо‘ng esa 20 mln. kg.ni tashkil etadi. 
Mamlakatga shakar importi tarif kiritilgunga qadar 16 mln. kg.ni, tarif kiritilganidan 
sо‘ng esa 12 mln. kg.ni tashkil etadi. 
Hisoblang: 
a) shakar importiga tarif kiritilishi natijasida mazkur mamlakat aholisi kо‘radigan 
yо‘qotishlarni; 
b) mamlakat ishlab chiqaruvchilarining bu tadbirdan kо‘radigan yutuqlarini; 
v) shakar importiga tarif kiritilishi natijasida davlat byudjeti daromadlarining qanchaga 
kо‘payishini; 
g) importni cheklash natijasida mamlakatda turmush darajasidagi sof yо‘qotishlar 
miqdorini. 
101-masala
Hukumat avtomobil importiga bir yilda 600 birlik miqdorida kvota 
belgiladi. Avtomobillarga jahon bahosi 6000 doll. Kvota joriy etilgandan sо‘ng 
mamlakatdagi ichki narx 7000 doll. Erkin savdo sharoitlarida avtomobillar ishlab 
chiqarishning ichki hajmi bir yilda 1200 birlikni, kvota joriy qilingandan sо‘ng esa bir 
yilda 1400 birlikni tashkil etdi. Erkin savdo sharoitlarida ichki iste’mol bir yilda 2200 
birlikni, kvota joriy qilingandan sо‘ng esa bir yilda 2000 birlikni tashkil etdi. 
Quyidagilarni aniqlang: 


19 
a) kvota joriy qilinishidan ishlab chiqaruvchilarning yutug‘i; 
b) ushbu chora qо‘llanganda iste’molchilar yо‘qotishlari; 
v) davlat byudjeti daromadlari; 
g) milliy farovonlikdagi sof yо‘qotishni. 

Yüklə 208,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə