Maktab amaliyotchi psixologlari uchun psixologik xizmatdan innovatsion


«Konturlarni birlashtirish» metodikasi



Yüklə 1,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/54
tarix28.01.2023
ölçüsü1,63 Mb.
#99632
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   54
5df7d0fa043eea03d0e0388e5d5cf903 Psixologik xizmat

«Konturlarni birlashtirish» metodikasi. 
Bolalarga rasmlar ko’rsatiladi va ushbu metodikadagi topshiriqning 
maqsadi tushuntirib beriladi, ya’ni qalam yoki ruchka yordamida imkoni boricha 
tez va aniq chap tomondagi konturlarni o’ng tomonda berilgan kataklarga ko’chirib 
chiqish zarur. Bunda bolani chiziqlarni to’g’ri chizganligiga va figuralarning 
burchaklarini aniq birlashtira olishiga e’tibor qaratish zarurdir. Topshiriq bajarib 
bo’lingandan so’ng vazifaning toza, aniq va tezligi baholanadi. 


64 
Natijalarni baholash. 
Topshiriqni bajarish tezligi va sifatiga qarab ballarda baholanadi. 
10 ball—bola hamma topshiriqni bajarishga 90 soniyadan kam faqt sarflab, 
figuralarning burchaklarini to’g’ri va aniq birlashtira olsa hamda chiziqlar berilgan 
konturlarga aniq mos kelsa; 
8-9 ball- topshiriqni bajarishga 90 soniyadan 109 soniyagacha vaqt 
sarflansa, ammo quyidagi kamchiliklarning birortasi mavjud bo’lsa: bir yoki ikkita 
chiziqning to’g’ri emasligi; ikki yoki uchta chiziqlar figura burchaklari noto’g’ri 
birlashtirilgan bo’lsa; ikkitadan to’rttagacha chiziqlar konturdan tashqariga chiqib 
ketgan bo’lsa; to’rttadan beshtagacha figura burchaklarini birlashtirishda 
noaniqlikka yo’l qo’yilgan bo’lsa; 
6-7 ball-hamma topshiriqni bajarishga 105 dan 120 soniyagacha vaqt 
sarflansa, ammo quyidagi kamchiklarning birortasi mavjud bo’lsa: uch yoki to’rtta 
chiziqning 
egriligi: 
to’rttadan oltigacha figura burchaklarini noto’g’ri 
birlashtirilganligi; beshtadan oltitagacha chiziqlar konturdan tashqariga chiqib 
ketganligi; oltitadan yettitagacha figura burchaklarini birlashtirishdagi noaniqlik 
bo’lsa; 
4-5 ball-topshiriqni bajarishga 120 dan 135 soniyagacha vaqt sarflansa, 
ammo quyidagi kamchiliklarning birortasi mavjud bo’lsa; besh yoki oltita 
chiziqning egriligi; yettitadan o’ntagacha burchaklarni noto’g’ri birlashtirganligi; 
yettita 
yoki 
sakkizta 
chiziqning konturdan chiqib ketganligi; sakkiztadan 


65 
o’ntagacha burchaklarning noaniq birlashtirilganligi; 
2- 3 ball- topshiriqni bajarishga 135 dan 150 soniyagacha vaqt sarflansa. 
Quyidagi kamchiliklardan birortasi mavjud bo’lsa: 7 tadan 10 tagacha chiziqning 
egriligi; 11 tadan 20 tagacha burchaklarning noto’g’ri birlashtirilganligi; 9 tadan 10 
tagacha chiziqlarning konturdan tashqariga chiqib ketganligi; 11 tadan 17 gacha 
burchaklarning noaniq birlashtirilganligi; 
0-1 ball -topshiriqni bajarishga 150 soniyadan ko’p vaqt sarflansa. Bir yoki 
ikkita chiziqdan tashqari, qolgan chiziqlarning noto’g’ri chizilganligi; bir yoki 
ikkita burchakdan tashqari, qolgan burchaklarni birlashtirishdagi xatoliklar; 
Taraqqiyot darajasi haqida xulosa chiqarish.
10 ball -juda yuqori.
8 -9 ball -yuqori
4 -7 ball -o’rtacha
2 -3 ball -past
0—1 ball -juda past 

Yüklə 1,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə