Maktab amaliyotchi psixologlari uchun psixologik xizmatdan innovatsion



Yüklə 1,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/54
tarix28.01.2023
ölçüsü1,63 Mb.
#99632
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   54
5df7d0fa043eea03d0e0388e5d5cf903 Psixologik xizmat

Natijalarni baxolash. 
10 ball- topshiriqqa ketgan vaqt 30 soniyadan kam bo’lsa; 
8-9 ball- topshiriqni bajarishga ketgan vaqt 31 soniyadan 49 soniyagacha bo’lsa; 
6-7 ball- topshiriqni bajarishga ketgan vaqt 50 soniyadan 69 soniyagacha bo’lsa; 
4-5 ball- topshiriqni bajarishga ketgan vaqt 70 soniyadan 89 soniyagacha bo’lsa; 
2-3 ball-topshiriqni bajarishga ketgan vaqt 90 soniyadan 109 soniyagacha bo’lsa; 


62 
0-1 ball- topshiriqni bajarishga ketgan vaqt 110 soniya va undan ko’p bo’lsa; 
Taraqqiyot darajasi haqidagi xulosa: 
10 ball -juda yuqori
8 -9 ball -yuqori
4 -7 ball -o’rtacha
2 -3 ball -past
0—1 ball -juda past 
«Guruhlarga bo’lib ko’rchi» metodikasi. 
Ushbu metodika 4-5 yoshli bolalarning obrazli- mantiqli tafakkurini 
baholash uchun mo’ljallangan. Bolaga rasmdagi tasvirlar ko’rsatilib, quyidagicha 
topshiriq beriladi: 
«Diqqat bilan ushbu rasmdagi tasvirlarni ko’rib chiq va ularni iloji boricha 
ko’p guruhlarga bo’lib chiq. Har bir guruhga, umumiy belgisi bir xil bo’lgan 
figuralarni kirit va har bir figuraning nomini ayt hamda qanday belgilar asosida 
bo’lib chiqqaningni tushuntirib ber». Topshiriqni bajarishga 3 daqiqa vaqt beriladi.
Natijalarni baholash. 
10 ball-bola hamma figuralarni 2 daqiqadan kam vaqtda guruhlarga ajratsa. 
Bu figuralar guruhi quyidagicha: uchburchak aylanalar, kvadratlar, romblar, qizil 
figuralar, (rasmda ular qora rangda berilgan), ko’k figuralar (ular to’g’ri chiziq 
bilan shtrix qilingan), sariq figuralar (ular kataklar bilan belgilangan), katta 
figuralar, kichik figuralar; 
8- 9 ball- bola hamma figuralarni 2,0 daqiqadan 2,5 daqiqagacha vaqtda 
guruhlarga ajratsa; 
6-7 ball- bola hamma figuralarni 2,5 daqiqadan 3,0 daqiqagacha vaqtda 
guruhlarga ajratsa; 
4-5 ball- 3 daqiqa mobaynida bola 5 dan 7 gacha figuralarni guruhlarga 
ajratsa; 
2-3 ball- 3 daqiqa mobaynida bola 2 dan 3 tagacha figuralarni guruhlarga 
ajratsa; 
0-1 ball- 3 daqiqa mobaynida bola 1ta guruhdan ortiq guruhga ajrata olmasa. 


63 
Taraqqiyot darajasi haqida xulosa: 
10 - ball - juda yuqori
8 - 9 ball - yuqori
4 - 7 ball - o’rtacha
2 - 3 ball - past
0 - 1 ball - juda past 

Yüklə 1,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə