Maktabgacha ta'lim Klasterlarida Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida pedagog kadrlarining



Yüklə 22,43 Kb.
səhifə2/4
tarix23.12.2023
ölçüsü22,43 Kb.
#155626
1   2   3   4
Maktabgacha ta\'lim Klasterlarida Maktabgacha ta\'lim tashkilotlar

Faoliyat ishlanmasi namunasi
Mavzu: Onamning kuni.
Maqsad:
Ta’limiy maqsad: Bolajonlar so`z boyligini oshirish, so`zlarni to`g`ri talaffuz qilishga o`rgatish, ona eng aziz inson ekanligini tushuntirish. Ular farzandi dunyoga keltirishini, umr bo`yi farzand deb yashab o`tishlarini uqitirish. Onalar gapirganda “Labbay’, “Xo`p bo`ladi” deyish, ularga har doim salom berishni kanda qilmaslik, nasixatlarga quloq solish, ularni xurmat bilan o`rnidan turib kutib olishga o`rgatish.


Tarbiyaviy maqsad: Onalarni suxbatini bo`lmaslik, qilayotgan ishlariga ko`maklashish, ruxsatsiz uzoq joylarga ketmaslik, ularga yolg`on gapirmaslik lozimligini tushuntiriladi.


Rivojlantiruvchi maqsad: Bolalarni onalariga nisbatan mehr muhabbatlarini oshirish. Nutqini rivojlantirish.


Kerakli jixozlar: Mavzuga oid suratlar, AKT vositalari, videoroliklar.
Faoliyatning borishi:
Tarbiyachi: onalar bayrami “Ona muqaddas” mavzusida videorolik bilan faoliyatni boshlaydi.
Bolalar, baxor faslida 8-mart “Onajonlar bayrami”, 21-mart “Navro`z” bayramini nishonlaymiz.


Tarbiyachi: To`g`ri bolajonlar, bu bayramlar bizning eng sevimli va milliy bayramlarimiz xisoblanadi. Bugun biz sizlar bilan 8-mar “Onajonlar bayrami” haqida suxbatlashamiz. Bolajonlar biz onajonlarimizni yaxshi ko`ramizmi?
Bolalar: Ha juda yaxshi ko`ramiz


Tarbiyachi: Bolajonlar biz albatta onajonlarimizni, bizni yorug` dunyoga keltirib, oq yuvib, oq taragan, o`z umrini farzandlariga baxshida etib, kechalari allalar aytib, tunlari bedor o`tkazgan munis zotlarni har qancha sevsak, ardoqlasak ham kam. Ularni biz uchun aytgan allari ham yoqimli.


Bola: Yoqimli shirin biram
Onajonim allasi
Dilga baxsh etar orom
Onajonim allasi
Uxla, uxla bolam der
Sen suyangan tog`im der
Gulga to`ldir bog`im der.



Yüklə 22,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə