Maktabgacha ta’lim tashkiloti O‘rta guruh tarbiyachisi



Yüklə 6,83 Mb.
səhifə3/4
tarix28.11.2023
ölçüsü6,83 Mb.
#138515
1   2   3   4
o\'rta guruh mustaqillik 32 yilligiga faoliyat ishlanma

TARBIYACHI: Bolalar charchab qolmadinglarmi…Bo‘lmasam biz sizlar bilan jismoniy daqiqa qilib olamiz.
Jismoniy daqiqa:”Biz quvnoq bolalarmiz”
TARBIYACHI: Bolalar , endi e’tiborimizni mana bu rasmga qaratamiz. Rasmda nimalarni ko‘ryapsizlar?
(Bolalar javoblari).
TARBIYACHI: Barakalla bolajonlar. Bobo, buvi, dada, oyi, uka, opa, yaniy bularni hammasi oila deyiladi. Vatanimizni sevish uni ardoqlash bolajonlar, oilamizdan boshlanadi.
Bilimlarni mustahkamlash o‘yini: “Shodalash”.
O‘yin qoidalari: Bolalar oilasini rasmlar orqali klaster usulida ko‘rsatib beradilar.
TARBIYACHI: Bolajonlar endi oilamiz haqida birgalikda she’r aytamiz.
Hamma: Bu barmog‘im bobojonim-bosh barmoq bukiladi.
Bu barmog‘im buvajonim- ko‘rsatqich barmoq bukiladi.
Bu barmog‘im dadajonim- o‘rta barmoq bukiladi.
Bu barmog‘im oyijonim- 4chi barmoq bukiladi.
Bu barmog‘im men – jimjiloq barmoq bukiladi.
Mana mening oilam- barcha bukilgan barmoqlar ochiladi.
Bu xarakat 3-4 marotaba qaytariladi.
TARBIYACHI: Bolajonlar, ota-onamiz, buvamiz haqida she’r va qo‘shiqlar bilamizmi?
(Bolalar javoblari)
Bola: Buvijonim qarilar,
Xatto yuzdan narilar.
Yo‘qlagan onlarida
Doim biz yonlarida .
Suv desa, suv tutaman,
So‘zlarini kutaman.
Bolalar “Onajonim mehribonim” qo‘shig‘ini ijro etib beradilar.
TARBIYACHI: Bolajonlar, Vatanimizni kimlar qo‘riqlaydilar?
(Bolalar javoblari)
TARBIYACHI: To‘g‘ri bolajonlar, askarlar qo‘riqlar ekan a? Sizlarning
oilalaringizda ham askarlar bormi?
(Bolalar javoblari)
TARBIYACHI: Xarbiy texnikalarga nimalar kiradi? Bilasizlarmi bolajonlar!
(Bolalar javoblari)
TARBIYACHI: Judayam to‘g‘ri , tank, samolyot, vertolyot, xarbiy mashinalar va x.k. Kim menga askarlar haqida sherlar aytib beradi?
Bola: Chegaramiz saqlagan oq sutini oqlagan
Kechalar uxlamagan bizning askar akalar.
Bola: Sizga qildik havaslar omon bo‘ling askarlar
Tinch bo‘lsin yurtim deya bo‘ldingiz bizga soya.
Bola: Qo‘lingizda avtomat sizdadur to‘la qomat
Yasha deysiz istiqlol yovlar bo‘lib qolar lol.
Bola: Parashutlar uchasiz bulutlarni quchasiz
Tinch oqqan daryolarda mazza qilib suzasiz.
Bola: Yugurasiz tinmayin saxar kanda qilmayin
Sizda border zo‘r bardosh men o‘zim sizga qondosh.
TARBIYACHI: Bolajonlar bo‘lmasam biz sizlar bilan xozir ikki guruxga bo‘linib olamizda xarakatli o‘yin o‘ynaymiz. Bu o‘yin sizlardan chaqqonlikni, epchillikni talab qiladi. Chaqqon va epchil bo‘lsak har qanday dushmanni yengamiz. Bu o‘yinda kim birinchi bo‘lib bayroqchani yetkazib olib kelsa shu komanda yutgan hisoblanadi.
Xarakatli o‘yin “Bayroqchani kim birinchi olib kelish”
TARBIYACHI: Endi bolajonlar, hamma o‘zining havo sharlarini olsinda va mening komandamga binoan havo sharlarini yorasizlar. Bu salyutdir! Bu havo sharlaridan taralgan Salyut Vatanimizning 32 yillik tug‘ilgan kuniga bag‘ishlanadi. Urraaaaaaaaa! Urraaaaaaaaaaaaa!
Xavo sharlarini yorish o‘yin- SALUT”
Faoliyat davomida yaxshi qatnashgan bolalar rag‘batlantiriladi. Kamgap, bo‘sh qatnashgan bolalarni faollikka undab faoliyat yakunlanadi.



Yüklə 6,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə