Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ovqatlantirishni tashkil etish bo’limi tomonidan barcha maktabgacha ta’lim tashkilotlarini o’rganish bo’yicha savolnoma



Yüklə 13,71 Kb.
tarix29.11.2023
ölçüsü13,71 Kb.
#141104
SAVOLNOMA


Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ovqatlantirishni tashkil etish bo’limi tomonidan barcha maktabgacha ta’lim tashkilotlarini o’rganish bo’yicha
SAVOLNOMA
1.Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Maktabgacha taʼlim agentligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining 2023-yil 23-maydagi «Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarni sogʻlom ovqatlantirishni tashkil etish uchun Yagona mavsumiy taomnomalarni tasdiqlash va amaliyotga joriy qilish toʻgʻrisida»gi 1/12-son qoʻshma qarori ijrosini ta’minlanishi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyalanayotgan bolalarni xavfsiz va sifatli ovqatlanishini tashkil etilishiga oid gigiyenik talablarga (0016-21-son SanQvaN) rioya qilinish holati.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-iyuldagi “Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlantirish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 626-sonli qarorida belgilangan talablarning ijrosi hamda oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va shartnoma shartlarining bajarilish holati.
4. Maktabgacha ta‘lim tashkilotlari xodimlari va tarbiyalanuvchilarining tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilganligi.
5. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida ularning quvvatidan kelib chiqqan holda sanitariya qoida va meʼyorlarning talablariga asosan tibbiy xonalari tashkil etilganligi hamda ularni jihoz va tibbiy asbob-uskunalar bilan taʼminlanganligi.
6. Sanitariya-gigiyena va epidemiyaga qarshi tartiblarga rioya etilishi, oshxonalar uchun berilgan sanitariya talablarini bajarilishi, oshxona xodimlarini o‘z vaqtida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish ustidan nazorat olib borilganligi holati.
7. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida faoliyat ko‘rsatayotgan tibbiy xamshiralarni har besh yilda malaka oshirilganligi.
8. Birinchi yordam uchun zarur dori vositalari bilan ta‘minlanganligi, saqlanish muddatiga rioya etilishi.
9. Bolalar hayoti va xavfsizligini ta‘minlash choralarini ko‘rilganligi, guruh honalari va tashkilot hududida xavfsizlik talablariga rioya etilishi
Yüklə 13,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə