Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida yuritiladigan ish hujjatlari. Reja



Yüklə 240,07 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix29.11.2023
ölçüsü240,07 Kb.
#140797
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida yuritiladigan ish hujjatlari



Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida yuritiladigan ish 
hujjatlari. 
Reja: 
1.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida yuritiladigan ish hujjatlari. 
2.
Umumiy turdagi maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi ish hujjatlari. 
3.
Ko’p tarmoqli iqtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkiloti va qo’shma 
turdagi maktabgacha ta’lim tashkilotida yuritiladigan ish hujjatlari. 


Kiruvchi meʼyoriy
–huquqiy hujjatlar: 
1. Tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlim boʻlimi tomonidan
yuborilgan hujjatlar (buyruq, xat b.q). 
2. Turli tashkilot va idoralardan kelgan hujjatlar. 
Ushbu indeksda tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlim boʻlimi
tomonidan yuborilgan buyruq, xat va hujjatlar va turli tashkilot hamda idoralardan 
01-
02. Chiquvchi meʼyoriy
– huquqiy hujjatlar: 
1. Faoliyatga doir buyruqlar 
2. Chiqarilgan xatlar 
01-
03. Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari (yozma, ogʻzaki va
elektron): 
Jismoniy va yuridik shaxslarning yozma, ogʻzaki va elektron murojaatlari,
ularni qayd etish kitoblari va murojaat asosida amalga oshirilgan ishlar saqlanadi. 
01-
04. Faoliyatga doir meʼyoriy
-huquqiy hujjatlar: 
1. Ustav; 
MTT Ustavi – tashkilotning asosiy faoliyatini belgilaydi. Ustav – davlat 
hokimiyati, tashkilotni boshqarish va nazorat qilish huquqiga ega boʻ
lgan 
organlariga taqdim etiladigan hujjat hisoblanadi. 
MTTning Ustavi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan ishlab
chiqilganMaktabgacha taʼlim tashkilotining namunaviy Ustavi”ga asosan ishlab
chiqiladi. 
Ustav ishlab chiqilgandan soʻng, 
MTTning umumiy ishlab chiqarish 
yigʻilishida tanishtiriladi.Tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi
tomonidan tasdiqlanadi va tuman (shahar) Yagona interaktiv davlat xizmatlari 


portalidan (Davlat xizmatlari) markazidan roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Quyidagi hollarda Ustavga oʻzgartirish kiritiladi:

MTTning nomi va vakolati oʻzgartirilganda;3

umumiy tipdagi MTTini Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi,
viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining qarori bilan Koʻp tarmoqli
ixtisoslasht
irilgan davlat MTTga yoki qoʻshma tipdagi MTTga oʻtkazilganda;

MTTning kun tartibi va ish soatlariga oʻzgartirish kiritilganda;

MTT quvvati boʻyicha koʻrsatilgan asosiy guruhlaridan ayrimlarining
faoliyati bir necha yillardan buyon toʻxtatilgan hollard
a, ular faoliyatini qayta tashkil 
etilishida tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimining buyrugʻi
asosida Iqtisodiyot va moliya vazirligining tuman (shahar) boʻlimi bilan kelishilgan
holda tasdiqlangan xarajatlar smetasi va shtat jadvali asosi
da yoʻlga qoʻyiladi.
2. Kadastr hujjati. Moddiy-texnik bazasi aks ettirilgan tashkilot 
pasporti: 
MTTning qonuniy asosda joylashuvi boʻyicha oʻrnatilgan tartibda
tasdiqlangan kadastr hujjati, moddiy-texnik bazasining holatini aks ettiruvchi 
tashkilot pasporti saqlanadi. Mazkur pasport maktabgacha taʼlim sohasiga tegishli
boʻlgan vakolatli tashkilotlar tomonidan sanasi va muhri aniq koʻrsatilgan holda
tasdiqlanadi. MTTning pasportida tashkilot haqida umumiy maʼlumot, yer maydoni,
bino va inshootlari, asbob-
uskunalar, qattiq va yumshoq jihozlar, oʻyinoʻyinchoqlar, sport 
inventarlari va musiqa asbob-uskunalari hamda ularning 
foydalanishga yaroqlilik holatlari kabi maʼlumotlar kiritiladi.
3. Attestatsiya-akkreditatsiya natijalariga doir hujjatlar 
(maʼlumotnoma, dalolatnomalar, sertifikatlari).


Attestatsiya va davlat akkreditatsiyasi natijalari boʻyicha maʼlumotnoma va
dalolatnomalar, sertifikatlar saqlanadi. 
01-05. Moliyaviy hujjatlari 
1. Yillik sarf-xarajatlar smetasiga berilgan takliflar hamda tasdiqlangan 
smeta nusxasi (yillik, chorak) 
Ushbu indeksda MTTning yillik sarf-xarajatlar smetasiga berilgan takliflari 
hamda tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimining Iqtisodiyot va
moliya vazirligining tuman (shahar) boʻlimi bilan kelishilgan holdagi oʻrnatilgan
tartibda tasdiqlangan xarajatlar smetasining yillik, chorak nusxalari saqlanadi. 
2. Shtatlar jadvali, xodimlarning tarifikatsiyasi va ularning ish vaqti 
hisobini yuritish tabeli; 
Tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻ
limining Iqtisodiyot va 
moliya vazirligining tuman (shahar) boʻlimi bilan kelishilgan holda oʻrnatilgan
tartibda tasdiqlangan MTTning shtatlar jadvali va tarifikatsiya roʻyxatlari hamda
unga kiritilgan toʻldirish va oʻzgartirishlar saqlanadi.
MTT xodimlarining ish vaqti hisobini yuritish tabeli tashkilot direktori 
tomonidan har oyda belgilangan shaklda yuritiladi. Oyning oxirida tabel boʻyicha
ishlangan kunlarning umumiy miqdori, shuningdek, ortiqcha ishlangan soatlar 
aniqlanadi. Toʻldirilgan va tegishli i
mzolar bilan rasmiylashtirilgan tabel va boshqa4 
hujjatlar belgilangan muddatda ish haqini hisoblash uchun markazlashgan 
buxgalteriyaga topshiriladi. Ushbu ish vaqtini hisobga olish elektron tarzda amalga 
oshirilishiga yoʻl qoʻyiladi.
01-06. Yillik ish reja va uning bajarilishiga oid hujjatlar 
MTTning barcha yoʻnalishlar boʻyicha asosiy faoliyatini yoʻlga qoʻyish


yuzasidan yangi oʻquv yili uchun yillik ish rejasi (keyingi oʻrinlarda “Yillik ish
reja” deb yuritiladi) tuziladi.
Yillik ish reja MTT pedagogik kengashi qaroriga asosan pedagogik kengash 
raisi tomonidan tasdiqlanadi va tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi
boʻlim boshligʻi tomonidan kelishiladi.
Yillik ish rejada bajariladigan ish mazmuni, davriyligi, masʼul va ijrochilari,
tashkiliy va amalga oshirish shakllari aniq koʻrsatiladi.
Yillik ish reja asosiy oʻquv yili (2
-sentyabr-31-
may) hamda sogʻlomlashtirish
davriga (1-iyun-31-
avgust) moʻljallab tuziladi hamda MTTning muhim hujjati
hisoblanadi. 
Yillik ish reja “Oʻzbekiston Res
publikasining ilk va maktabgacha yoshdagi 
bolalar rivojlanishiga qoʻyiladigan davlat talablari”, takomillashtirilgan “Ilk qadam”
davlat oʻquv dasturiga va yuqori tashkilotlardan kelgan yillik asosiy vazifalarga
muvofiqlashtirilgan holda 
shakllantiriladi hamda bolalarni maktab taʼlimiga sifatli
tayyorlashga qaratiladi. 
1-
boʻlim. Oʻquv yili davomida amalga oshirilishi belgilangan
Asosiy vazifalar 
Tashkilotning yillik ish rejasiga kiritiladigan masalalar Oʻzbekiston
Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzurudagi Maktabgacha
taʼlim agentligi tomonidan tavsiya etilgan “Maktabgacha taʼlim tashkilotlarining
yangi oʻquv yilidagi asosiy vazifalari”ni amaliyotga joriy etishga yoʻnaltirilgan
mavzular, MTTdagi mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan 
holda tanlanadi. Belgilangan asosiy vazifalar yillik ish reja bandlarida oʻz aksini
topgan, toʻliq ijrosini taʼminlashga qaratilgan boʻlishi kerak.


2-
boʻlim. Pedagoglarning malakasi va kasbiy mahoratini oshirish
Pedagoglar toʻgʻrisida maʼlumotlar jadval koʻrinishida beriladi. Bunda,
MTTda faoliyat yuritayotgan barcha pedagog hodimlarning malaka oshirish 
davriyligi belgilanadi hamda istiqbol rejasi asosida yil davomida malaka oshirish 
kurslariga yuboriladi. 
3-
boʻlim. Hamko
rlik ish rejasi 
Hamkorlik ish rejasi 
— ota-onalar, maktab, mahalla va boshqa tashkilotlar 
(pedagogik kollej, OTMlar, xududiy malaka oshirish institutlari) bilan hamkorlikda 
amalga oshiriladigan ishlarni oʻz ichiga oladi. Mazkur hamkorlik rejasi MTT
direktori, Kuzatuv kengashi raisi, umumiy oʻrta taʼlim maktabi direktori, MFY
raisining imzosi bilan tasdiqlanadi. 
01-
07. Davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti Kuzatuv kengashi hujjatlari:
MTTning Kuzatuv kengashi — MTTni boshqarishda strategik organ 
hisoblanadi. Kengashning asosiy maqsadi-
maktabgacha taʼlim tashkilotini
rivojlantirishda ustuvor vazifalarni belgilash. Tuman (shahar) maktabgacha va 
maktab taʼlim boʻlimi tomonidan tavsiya etilgan nomzodlardan MTT direktorini
saylaydi, MTTning maqsadi va vazifalariga erishish rejasini tasdiqlashda ishtirok 
etadi, ularni bajarilishi va maqsadli koʻrsatkichlarga erishilishi ustidan nazorat
qiladi. 
01-08. 
1. Taftish komissiyalari, auditorlar, davlat moliyaviy nazorat idoralari 
tomonidan oʻtkazilgan tekshiruv xulosa
lari, dalolatnomalar; 
2. Tashrif buyuruvchilarni qayd etish monitoring kitobi; 
3. MTT direktori almashganda tuzilgan topshirish — qabul qilish 


dalolatnomalari va ularga oid ilova hujjatlar. 
Taftish komissiyalari, auditorlar, davlat moliyaviy nazorat idoralari 
tomonidan oʻtkazilgan tekshiruv xulosalari yoki dalolatnomalari saqlanadi.
MTTa tashrif buyuruvchilarni qabul qilish boʻyicha qaydnomalar kitobi
yuritiladi. Kitob raqamlangan, tikilgan va tuman Maktabgacha va maktab taʼlim
boʻlimi boshligʻi tomonidan tasdiqlangan boʻladi.
01-
09. Davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti Pedagogik kengashi
hujjatlari 
Pedagogik kengashlar oʻquv yili davomida 4
-marta (avgust, noyabr, fevral, 
may oylarida) oʻtkazilishi rejalashtiriladi.
Har bir kengashda MTTning asosiy 
vazifalari asosida mavzular 
rejalashtiriladi. 
Kengash kun tartibiga 3 tadan koʻp boʻlmagan, pedagog kadrlar salohiyati va
taʼlim
-tarbiya sifatini oshirishga qaratilgan dolzarb masalalar kiritiladi. 
Pedagogik kengash kun tartibiga boshqa masalalar
turli masalalar, uyga9 
vazifalar kiritilmaydi. Uyga vazifa - 
bu Pedagogik kengash qarorlari boʻlib,
pedagoglar tomonidan ushbu qarorlar ijrosi taʼminlanadi va rahbariyat tomonidan
nazoratga olinadi. 
Masalan, meʼyoriy
-huquqiy hujjatlar hamda davlat dasturini ijrosini 
bajarishga qaratilgan holda “Maktabgacha taʼlim tashkiloti oʻquv rejasini
tasdiqlash”, “Pedagoglarning ish taqsimoti”, “Maktab, mahalla bilan hamkorlik
ishlari”, “Taʼlim
-
tarbiya jarayonini tashkil etishda “Axborot kommunikatsiya
vositalardan foy
dalangan holda taʼlim samaradorligini oshirish”, “Innovatsion
gʻoyalar va ularni tadbiq etish yoʻllarini belgilash”, “Pedagogik jarayon (frontal,


mavzuli, qiyosiy)lar nazorati yakunlari” hamda tashkilotning Kuzatuv kengashlari
faoliyatiga bogʻliq masalalar
kiritilishi maqsadga muvofiq. 
MTTning pedagogik kengashi – kollegial boshqaruv organi hisoblanadi. 
MTTish rejasi va pedagoglarning pedagogik yuklamasini 
belgilaydi.MTTning taʼlim
-
tarbiya jarayonini takomillashtirish masalalarini koʻrib
chiqadi va taʼlim d
asturlarini amalga oshirish natijalarini baholaydi. Bolaning 
qonuniy vakillari hamkorligi tartibini belgilaydi. Pedagog xodimlarning malakasini
oshirish rejasining bajarilishi, nazorat turlari boʻyicha oʻrganish xulosalari, ularning
ijodiy tashabbusini rivojlantirish masalalarini muhokama qiladi, direktor va 
pedagoglarning xisoboti tinglanadi. 
Pedagogik kengashga rais, uning aʼzolari, kotiba saylanadi. Kengash
bayonnomalarini yuritish kitobi va muhokama qilish uchun tayyorlangan tahliliy 
materiallar, maʼlum
otlar kotibada saqlanadi. Kengash bayonnomalari kengash 
kotibasi tomonidan yozib boriladi. 
Kengashni oʻtkazish vaqti va joyi, kun tartibi tashkilotda bir oy oldin eʼlon
kilinadi va kengashning eʼlonlar taxtasiga joylashtiriladi. Pedagogik
kengashrejasiga k
iritilgan masalalar masʼul ishchi guruh tomonidan bir oy oldin
ogohlantirilgan holda oʻrganiladi. Oʻrganish natijalari yuzasidan tayyorlangan
maʼlumotlar va qaror loyihasi pedagogik kengash aʼzolariga 10 kun oldin
topshiriladi. Kengash aʼzolari tomonidan koʻrib chiqib, berilgan taklif va tavsiyalar
asosida qoʻshimchalar va oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin. Pedagogik kengash
bayonida har bir masaladan soʻng, muddati belgilangan holda qaror chiqariladi,
qaror ijrosi boʻyicha masʼul shaxsga yuklat
ilib, mazkur qarorlarning ijrosini 
bajarilishi keyingi pedagogik kengash boshlanishida ijrosini sifatli taʼminlanishiga


koʻra nazoratdan olinadi.10
Oʻrganilgan masalalarga oid tahlil natijalari va barcha hujjatlar yigʻma jildi
shakllantiriladi. Pedagogik k
engash bayonnomalari daftari tikilgan, sahifalangan, 
MTT direktori tomonidan imzolangan va muhrlangan boʻlishi lozim.
02 — Tarbiyalanuvchilarga oid hujjatlar 
1. Tarbiyalanuvchilarni MTTga qabul qilish, guruhdan-guruhga 
oʻtkazish va tashkilot roʻyxatidan chiqarish toʻgʻrisidagi (elektron) buyruqlar
yigʻma jildi.
02-01. MTT direktori tomonidan tarbiyalanuvchilarning guruhdan guruhga 
oʻtkazish toʻgʻrisidagi buyrugʻi qabul qilingach, mazkur buyruqqa asosan bolalar
guruhlarning davomat daftariga qayd etiladi. Daftar raqamlangan, tikilgan va MTT 
direktori tomonidan tasdiqlangan boʻladi. Umumiy tipdagi davlat MTTda bolalarni
qabul qilish, tashkilotdan chiqarish ishlari “Bolalar bogʻchasi” elektron tizimi orqali,
koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti (keyingi
oʻrinda 
– 
KTIDMTT) va qoʻshma tipdagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari
(keyingi oʻrinda 
— QTDMTT)ga qabul qilish esa Tibbiy-pedagogik-psixologik 
komissiyasining (keyingi oʻrinda 
— 
TPPK) xulosasi asosida amalg
a oshiriladi. 
MTT direktori tomonidan YAIDXP orqali berilgan yoʻllanma yoki
oʻrnatilgan tartibda berilgan TPPK xulosasi asosida kelgan bolalarni MTT qabul
qilish, guruhdan-
guruhga oʻtkazish, roʻyxatdan chiqarishga oid buyruqlar elektron
nusxalari saqlanadi. 
Oʻquv yili davomida MTT guruhlarida bola oʻrinlari boʻshagan taqdirda,
elektron navbatda turgan keyingi bolaga yoʻllanma chiqarilib, MTT direktori
buyrugʻi asosida qabul qilinadi.


Tarbiyalanuvchilarni MTTdan chiqarish toʻgʻrisidagi buyruqqa uning 
otaonasi tomonidan 
berilgan ariza (arizada turli sabablar koʻrsatiladi) asos hisoblanadi.
Bu toʻgʻrisida MTT direktori tomonidan “Bolalar bogʻchasi” axborot tizimiga har
kunlik maʼlumotlar kiritilib, yangilab boriladi.
02-02. MTT va ota-
onalar oʻrtasida tu
zilgan shartnomalar, bolalalarga 
DXM (Davlat xizmatlari markazi)dan berilgan yoʻllanmalar yoki KTIDMTT
va QTDMTTga berilgan Tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya xulosalari 
yigʻma jildi va qayd etish kitobi yuritiladi.
Ota-onalar bilan tuzilgan shartnomalar — bolani MTTga qabul qilingan 
va shartnoma imzolangan kundan boshlab, oʻz kuchiga ega hisoblanadi.
Tarbiyalanuvchi MTTdan chiqarilgandan soʻng, ushbu shartnoma bekor qilinib, oʻz
kuchini yoʻqotgan hisoblanadi.15
Shartnoma tarbiyalanuvchi MTTdan ketgunga qadar tuziladi va MTT 
direktorining imzosi, muhri hamda ota-
ona (yoki ularningoʻrnini bosuvchi
shaxs)ning imzosi bilan tasdiqlanadi. MTTga yilning sentyabr oyidan qabul qilingan 
bolalar roʻyxati 1 raqamidan boshlanadi. Shartnomaga oʻzgartirishlar qoʻshimch

kelishuv shaklida kiritiladi va oʻrnatilgan tartibda rasmiylashtiriladi.
DXM tomonidan berilgan yoʻllanmalar yoki TPPK xulosalar hamda otaonalar oʻrtasida 
tuzilgan shartnomalarni qayd etish kitobi yuritiladi. 
MTTga bolalar tuman DXM tomonidan berilgan yo
ʻllanma yoki TPPK xulosa
asosida oʻrnatilgan tartibda (15 kun muddat ichida) MTT kelgan kundan boshlab
qabul qilinadi hamda ularning ota-
onalari oʻrtasida ikki tomonlama shartnoma
tuzilib, shartnomalarni roʻyxatga olish kitobiga rasmiylashtiriladi.
Yoʻllanma yoki TPPK xulosalar va shartnomalarni qayd etish kitobi tikilgan,


sahifalangan, MTT direktori tomonidan imzolangan va muhrlangan boʻlishi lozim.
31-
avgustda MTTdagi mavjud yoʻllanmalar yoki TPPK xulosalar va qabul
boʻyicha tahliliy hisobot yoziladi. Unda MTTda oʻquv yili yakuniga kelib, mavjud
yoʻllanmalar yoki TPPK xulosalar soni (MTTdagi roʻyxat boʻyicha jami bolalar
soniga teng boʻlishi lozim), oʻtgan yili 2
-sentyabrdan joriy yilning 31-avgustiga 
qadar qancha yoʻllanma yoki TPPK 
xulosalar qabul qilingan, necha nafar bola 
MTTdan ketgan, ulardan necha nafari maktab taʼlimiga yuborilganligi, KTIDMTT
va QTMTTlar uchun qoʻshimcha necha nafari sogʻlomlashtirilganligi tahlil qilinadi.
Ushbu tahlil MTT direktorining imzosi va muhri bilan tasdiqlanadi. 
03 — 
Maktabgacha taʼlim tashkiloti direktori
03-
01. Oʻquv dasturlar va metodik qoʻllanmalar:
Oʻzbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar
rivojlanishiga qoʻyiladigan Davlat talablari, takomillashtirilgan“Ilk qadam” davlat
oʻquv dasturi, “Ilm yoʻli” variativ dasturi va boshqa parsial dasturlar.
03-
02. Maktabgacha taʼlim tashkiloti direktorining uch yillik istiqbol va
unga muvofiqlashtirilgan oylik rejasi. (Ish jurnali) 
MTT direktorining uch yillik istiqbol rejasi (keyingi oʻ
rinlarda istiqbol reja 
deb yuritiladi) unga muvofiqlashtirilgan oylik ish rejasi tumanmaktabgacha va 
maktab taʼlim boʻlim boshligʻi tomonidan tasdiqlanadi. MTT direktorining uch yilga
moʻljallangan istiqbol rejasi MTT faoliyati hamda moddiy texnik bazasini
rivojlantirishga qaratilgan boʻlib, taʼlim mazmunini koʻtarishga xizmat qiladi.
Direktorning oylik ish rejasi istiqbol rejaga muvofiqlashtiriladi. 
03-
03. Xodimlar bilan yoʻriqnoma oʻtkazish kitobi
Xodimlar bilan joriy yoʻriqnomalar 
– 
toʻrt yoʻnalishda oʻt
kaziladi. 


1. MTT xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflari bilan tanishtirish 
yoʻriqnomasi. Mazkur yoʻriqnoma bir yilda bir marotaba oʻquv yili boshida 
(avgustsentyabr oyida) umumiy ishlab chiqarish majlisida oʻtkaziladi.
2. Texnika xavfsizligi va 
mehnatni muhofaza qilish yoʻriqnomasi yilda bir
marotaba oʻquv yili boshida kasaba uyushmasi bilan birgalikda oʻtkaziladi.
3. Bolalarning hayoti va sogʻligʻini muhofaza qilishni tashkil etish tartibi
toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma oʻquv yilida uch oyda bir maro
taba sentyabr, dekabr, mart 
oylaridatanishtiriladi. Yozgi sogʻlomlashtirish mavsumida har oyda 
— iyun, iyul, 
avgust oylarining birinchi sanalarida har bir xodimga tanishtirib boriladi. 
4. Yongʻin havfsizligi qoidalari boʻyicha yoʻriqnoma yilda bir 
marotaba kalendar 
yil boshida (yanvar oyi) oʻtkaziladi. Ushbu yoʻriqnoma MTTning yongʻin xavfsizligi
uchun javobgar masʼul shaxs boʻlgan (shu haqida MTT direktorining buyrugʻi
chiqariladi) xoʻjalik ishlari mudiri ishtirokida oʻtkaziladi.
Har bir oʻtkazilgan yoʻriqnoma soʻngida yoʻriqnoma bilan tanishtirilgan
shaxs yoki direktorning ismi, sharifi, imzosi (direktor tanishtirgan holda muhr) 
qoʻyilishi lozim.
04 — 
Maktabgacha taʼlim tashkiloti metodisti
04-
01. Oʻquv dasturlar va metodik qoʻllanmalar:
Oʻzbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar
rivojlanishiga qoʻyiladigan Davlat talablari, takomillashtirilgan “Ilk qadam” davlat
oʻquv dasturi, “Ilm yoʻli” variativ dasturi va boshqa parsial dasturlar.
04-02. Yillik ish rejasiga muvofiqlashtirilgan oylik ish rejasiga (Ish 
jurnali). Yillik hisobot. Quyidagi boʻlimlar kiritilgan:
1. Maslahat soatlarini rejalashtirish qaydnomalari. 


2. Taʼlim
-tarbiyaviy va pedagogik jarayonlarni kuzatish qaydnomalari. 
3. Metodistning oylik ish rejasi. 
4. 
Keyingi oʻquv yili rejasi uchun gʻoya va takliflar banki.
5. Yillik hisobot. 
1. Maslahat soatlarinilarni rejalashtirish 
Maslahatlar MTT uchun oyda 2-
marta oʻtkaziladi va quyidagi tartibda
yuritiladi. 
04-03. Bolaning rivojlanish xaritasining yuritilishini nazorat qilish 
daftari: 
Bolaning rivojlanish xaritasi yuritilishini nazorat qilish kitobi tashkilotdagi 
guruhlar kesimida tarbiyalanuvchilarning rivojlanish xaritalari asosida yuritiladi. 
Guruhlarda bolalar bilan yilda 3-
marta kuzatish oʻtkaziladi. Rivojlan
ish xaritasi 
asosida bolalarni kuzatish natijalari tahlil qilinadi. Kuzatish jarayonida 5 ta 
rivojlanish sohalariga asosan belgilangan mezonlar boʻyicha oʻzlashtirmagan
bolalar soni yoziladi. Daftarning izoh qismida kuzatish natijalarida bolalar 
rivojlanishida aniqlangan boʻshliqlar asosida yakka tartibda olib boriladigan, taʼlim
jarayoniga oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha vazifalar qayd etiladi.
05 — 
Umumiy turdagi davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyachisi
05-
01. Oʻquv dasturlari va metodik qoʻllanmalar:
Oʻzbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar
rivojlanishiga qoʻyiladigan Davlat talablari, takomillashtirilgan “Ilk qadam” davlat
oʻquv dasturi.
05-03. Bolalar davomatini qayd etish daftari (tabel, filtr, ota-onalar 
to
ʻgʻrisidagi maʼlumotlar):
Tarbiyachi tomonidan yuritiladigan tabel, filtr daftari bir-
biriga uzviy bogʻliq


boʻlib, ular bolalarni qabul qilish va qatnovini nazorat qiluvchi hujjatlar hisoblanadi.
Daftarda ota-
onalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ham qayd etila
di. Daftarlar umumiy 
bitta boʻlishi yoki 3 ta daftar alohida yuritilishi mumkin, alohida yuritilganda,
ularning har biriga 05-
03 raqami qoʻyiladi. Daftarlarning yuritilish tartibi
quyidagicha: 
Bolalar davomatini qayd etish daftari yosh guruhlarida bolalar qatnovini har 
kuni soat 9.00 dan kechiktirmay belgilab boriladi va kelgan bolalarning umumiy 
soni chiqarib qoʻyiladi. Oy yakunida roʻyxatdagi bolalar kelgan, kelmagan
kunlarining umumiy soni chiqariladi va natijalar umumlashtiriladi. Tahlilda roʻyxat
boʻyi
cha bolalar soni, ushbu oy davomida kelgan va umuman kelmagan bolalarning 
aniq soni yoziladi. Ushbu tahlil asosida bola kuni bajarilishi aniqlanadi. Umumiy 
bolalar kuni va bola kelmagan kunlarning sababli va sababsiz soni yoziladi. Tahlil 
qilgan tarbiyachining familiyasi va imzosi, hamshira tomonidan bolalar sonining 
haqqoniyligini tasdiqlab imzo qoʻyiladi. Tashkilot direktori oy davomida yuritilgan
davomat va tahlilni nazoratdan oʻtkazib, oy yakunida imzo va muhr qoʻyadi.
Tabel daftari tikilgan, sahifalangan, muhrlangan, direktor tomonidan 
imzolangan boʻlishi kerak.
Filtr daftari tarbiyachi bolalarni qabul qilish vaqtida har bir bolaning ota-onasi 
bilan bola salomatligi haqida qisqacha suhbatlashadi, birlamchi tibbiy nazoratdan 
oʻtkazadi. 
Filtr daftarida tana harorati, teri tozaligi, bosh tozaligi (pedikulyozga 
tekshiruv) va ota-
onadan olingan soʻrovnoma natijalari belgilanadi. Bolaning filtr
nazorati ota-
ona oldida oʻtkaziladi.
Bola uch kun kelmagan takdirda filtr nazoratini tashkilotning tibbiyot xodimlari 
tomonidan oʻtkazilishi va ota
-onadan bolaning tashkilotga kelmaganlik sababini 


tasdiqlovchi tegishli hududiy davolash tashkiloti tomonidan berilgan maxsus 
shakldagi tibbiy maʼlumotnoma taqdim etilishi talab etiladi. Filtr daftari tikilga
n, 
sahifalangan, muhrlangan, direktor tomonidan imzolangan boʻlishi kerak.
Patronaj daftari 
- ushbu daftarni yuritish tashkilot xamshirasiga yuklatildi. 
Lekin tarbiyachi hamshira bilan hamkorlikda ishlashi va tarbiyalanuvchining 
kelmaslik sabablarini oʻz v
aqtida aniqlashda yordam berishi zarur xisoblanadi. 
Ota-
onalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar daftari: ushbu daftarga bolaning
familiyasi, ismi, sharifi, tugʻilgan sanasi, uy manzili, telefon raqami, ota
-onasining 
familiyasi, ismi, otasining ismi, ularning ish 
joylari haqidagi maʼlumotlar kiritiladi
va qoʻshimcha maʼlumotlar olinganda, daftarga qayd etib boriladi. Ota
-onalar 
haqidagi maʼlumotlar daftari tikilgan, sahifalangan, muhrlangan, direktor tomonidan
imzolangan boʻlishi kerak.
05-04. Bolalarning rivojlanish xaritalari. Yillik hisobot 
Bolalarning rivojlanish xaritasi ularning rivojlanishini hujjatlashtirishning asosiy 
shaklidir. Bolaning rivojlanish xaritasini toʻldirish uchun uch bosqichdan iborat boʻlgan
kuzatish olib boriladi: dastlabki (oʻquv yili boshida), oraliq (oʻquv yili oʻrtasida) va 
yakuniy 
(oʻquv yili yakunida).
Dastlabki kuzatish oʻquv yili boshida oʻtkaziladi (taxminan sentyabr oyida). Bu
bosqichda har bir bolaning boshlangʻich imkoniyatlari (boshlangʻich, ayni damdagi 
dolzarb 
rivojlanish darajasi) aniqlanadi. Uning shu davrgacha erishgan yutuqlari, kuchli 
tomonlari, 
shuningdek oʻquv yilining boshida rivojlanish ehtiyoj va muammolari aniqlanadi hamda
ularni hal qilish uchun pedagogning yordami talab qilinadi. Pedagog (tarbiyachi) bola


yutuqlari xaritasini toʻldiradi va erishilgan natijani tegishli belgi (+) bilan belgilaydi.
Kuzatish rivojlanishning barcha sohalari boʻyicha olib boriladi. Agar u yoki bu 
rivojlanish 
sohasidagi indikator (kutilayotgan natijalar) “ishlamasa”, pedagog (tarbiyachi) “Pedagog
izohi” ustunida eslatma yozishi lozim.
06 – 
Maktabgacha taʼlim tashkiloti psixologi
06-
01. Oʻquv dasturlari va metodik qoʻllanmalar:
Oʻzbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha taʼlim yoshdagi bolalar
rivojlanishiga qoʻyiladigan Davlat
talablari va “Ilk qadam” davlat oʻquv dasturi.
06-02. Oylik ish reja (Ish jurnali). Yillik hisobot: 
Quyidagi boʻlimlar kiritilgan:
1. Oʻquv yili uchun yillik ish reja.
2. Oylik ish reja. 
3. Ota-onalar va xodimlar uchun maslahatlar qaydnomasi. 
4. 
Umumiy oʻrta taʼlimga ketadigan bolalar bilan olib boriladigan ishlar reja.
5. Pedagogik jarayonni kuzatish qaydnomalari.
6. Yillik hisobot (05-04 indeks ostida namunasi ko’rsatilgan) 
06-
03. Psixologik xulosalar va bolaning psixologik rivojlanish xaritasi 
— xizmat 
doirasidagi hujjat hisoblanib, bola shaxsi va huquqlarini hurmat qilgan holda, u haqida 
aniqlangan maʼlumotlar begonalarga eʼlon qilinmaydi.
07 – 
Maktabgacha taʼlim tashkiloti musiqa rahbari
07-
01. Oʻquv dasturlari va metodik qoʻllanmalar:
Oʻzbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha taʼlim yoshdagi bolalar rivojlanishiga
qoʻyiladigan Davlat talablari. “Ilk qadam” davlat oʻquv dasturi.


07-02. Oylik ish reja (Ish jurnali): 
Quyidagi boʻlimlardan iborat:
1. Ish jadvali. 
2. Istiqbol rejasi. 
3. Yillik hisobot (05-04 indeks ostida namunasi ko’rsatilgan) 
8-
Maktabgacha taʼlim tashkiloti jismoniy tarbiya yoʻriqchisi
08-
01. Oʻquv dasturlari va metodik qoʻllanmalar:
Oʻzbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha taʼlim yoshidagi bolalar
rivojlanishiga 
qoʻyiladigan Davlat talablari. “Ilk qadam” davlat oʻquv dasturi.
08-02 Oylik ish reja (Ish jurnali): 
Quyidagi boʻlimlardan iborat:
1. Taʼlim jarayonini oʻtkazish vaqtini taqsimlash jadvali.
2. Yillik ish reja. 
3. Oylik ish reja. 
09 — Umumiy turdagi maktab
gacha taʼlim tashkiloti defektologi
09-
01. Oʻquv dasturlari va metodik qoʻllanmalar:
Oʻzbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha taʼlim yoshdagi bolalar
rivojlanishiga qoʻyiladigan Davlat talablari. Takomillashtirilgan “Ilk qadam” davlat 
oʻquv
dasturi. 
09-02. Defektologning ish rejasi (Ish jurnali): 
Quyidagi boʻlimlar kiritiladi:
1. Istiqbol ish rejasi; 
2. Guruhli mashgʻulotlar rejasi;


3. Yillik hisobot. 
10- 
Maktabgacha taʼlim tashkiloti til oʻqituvchisi
10-
01. Oʻquv dasturlari va metodik qoʻllanmalar:
Oʻzbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha taʼlim yoshdagi bolalar
rivojlanishiga qoʻyiladigan Davlat talablari. “Ilk qadam” davlat oʻquv dasturi.
10-
02. Til oʻqituvchisining mashgʻulot jadvali va ish rejasi.
Til oʻqituvchisining Mashgʻu
lot jadvali tashkilotdagi guruhlar sonini inobatga olgan 
holda kun davomidagi aniq vaqtlari belgilab olinadi. Jadvalni quyidagi koʻrinishda tuzish
tavsiya etiladi. 
11 – 
Koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkiloti va qoʻshma
turdagi maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyachisi
11-
01. Oʻquv dasturlari va metodik qoʻllanmalar:
Oʻzbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga
qoʻyiladigan Davlat talablari. “Ilm yoʻli” variativ dasturi, “Ilk qadam” davlat oʻquv 
dasturi, 
2-
7 yoshli alohida ehtiyojli bolalar uchun moslashtirilgan oʻquv dasturi.
11-02. Bolalar davomatini qayd etish daftari, (tabel, filtr va ota-onalar 
toʻgʻrisidagi maʼlumotlar):
Tarbiyachi tomonidan yuritiladigan tabel, filtr daftari bir-b
iriga uzviy bogʻliq boʻlib,
ular bolalarni qabul qilish va qatnovini nazorat qiluvchi hujjatlar hisoblanadi. Daftarda 
otaonalar haqidagi maʼlumotlar ham qayd etiladi. Daftarlar umumiy bitta boʻlishi yoki 3 
ta daftar 
alohida yuritilishi mumkin, alohida yuritilganda, ularning har biriga 11-02 raqami 
qoʻyiladi.


Daftarlarning yuritilish tartibi ommaviy turdagi MTT tarbiyachilari tomonidan 
yuritilishiga 
oʻxshab tuziladi (05
-03ga qaralsin). 
11-
03. Pedagoglarning oʻzaro hamkorlik daftari:
Pedagoglar bilan oʻzaro hamkorlik ish rejasi mutaxassislar oʻrtasida oʻzaro yuritilib,
bir-
birlarini toʻldirishga qaratilgan boʻlib, rejalashtirilgan ishlar hamkorlikda amalga
oshiriladi. 
Mazkur xujjatni yuritishdan maqsad Oʻzbekiston Respublikasining Ilk va maktabgacha
yoshdagi b
olalar rivojlanishiga qoʻyiladigan davlat talablari, “Ilk qadam” davlat oʻquv
dasturiga muvofiq ishlab chiqilgan 2-7 yoshli alohida ehtiyojli bolalar uchun 
moslashtirilgan 
o‘quv dasturi talablarini bajarish asosida ertalabki soat, sayr, kunning ikkinchi yarmida 
bolalar bilan yakka tartibda ishlashni loyihalashtirishdan iboratdir. 
Ushbu hujjat pedagoglarning umumiy guruhdagi ishlar va kundalik faoliyatlar (rejim 
momentlari) boʻyicha hamkorlik rejasi hisoblanadi. Har bir KTIMTT ustavi, kun tartibi,
guruh ixtisoslashuvi (tiflo, surdo va boshqalar) asosida hamkorlik ishlarini rejalashtiradi. 
Ushbu hujjat tarbiyachi va defektolog tomonidan toʻldiriladi.
Tarbiyachining oylik va haftalik taʼlim
-tarbiya jarayonini tashkil etishda ish rejasi 
tuziladi va direktor tomonidan tasdiqlanadi. 
12 – 
Koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkiloti va qushma
turdagi maktabgacha taʼlim tashkiloti defektologi
12-
01. Oʻquv dasturlari va metodik qoʻllanmalar:
Oʻzbekiston Respublikasining ilk va maktabgac
ha yoshdagi bolalar rivojlanishiga 
qoʻyiladigan Davlat talablari. Moslashtirilgan “Ilk qadam” davlat oʻquv dasturi; 2
-7 
yoshli 


alohida ehtiyojli bolalar uchun moslashtirilgan oʻquv dasturi.
12-02.Yillik va istiqbol ish rejasi. Yillik hisobot: 
Yillik va istiqbol ish rejasi har bir guruhning yosh xususiyati va ixtisoslashuvidan 
kelib chiqqan holda shakllantiriladi. 
12-04. Bolaning individual ta’lim yo‘nalishi: 
Korreksion-
pedagogik hamda reabilitatsiya tadbirlarini oʻtkazish yuzasidan individual
yoʻnalish (koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan, qoʻshma tipdagi maktabgacha taʼlim
tashkilotlari uchun) — 
bu aniq bir bola uchun moʻljallangan koʻp yoʻnalishli taʼlimiy 
yakka 
tartibdagi yoʻnalishini tavsiflovchi, shu jumladan oila bilan hamkorlikda olib bori
ladigan 
hujjatdir. 

Yüklə 240,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə