Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining turli yosh guruhlarida jismoniy harakatlarni loyihalashtirish. Reja



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə2/4
tarix23.09.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#123297
1   2   3   4
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining turli yosh guruhlarida jismoniy harakatlarni loyihalashtirish.

Kichik guruh (3-4yoshli) tarbiyalanuvchilarni jismoniy rivojlantirishda quyidagi
jihatlarga e‗tibor qaratish maqsadga muvofiq:

  1. bola harakatlarining shakllanishiga yordam berish, gavdasini tik tutishga o‘rgatish;

  2. bolalarni mustaqil o‘ynayotgan paytlaridagi harakatlari faolligining barqarorlashuviga yordam berish;

  3. tarbiyachi tomonidan ko‘rsatilayotgan turli harakatlarga bolaning tushunib borishiga va birgalikda harakat qilishga undash;

  4. bolalarni turgan joyda sakrashga, ikki oyoqni juftlab sakrashga va yengil tushishga, emaklashga, tirmashib chiqishga, to‘p bilan harakat qilishga, dumalatish, uloqtirishga o‘rgatish;

  5. bolalarda ertalabki badantarbiyaga nisbatan qiziqish, ijobiy munosabatlarni uyg‘otish o‘yinlarda ishtirok etishga o‘rgatish.

Kichik yosh guruhi tarbiyalanuvchilarini asosiy harakatlarga tizimli odatlantirib borish lozim. Jumladan:
l) to‘p-to‘p bo‘lib yurish, y‘nalishni o‘zgartirib yurish, doira bo‘ylab juft-juft bo‘lib qo‘l ushlashib yurish, yurishdan yugurishga o‘tishga, yon tomonga yurish, ketma-ket yurishga o‘rgatish;

  1. tarbiyachining orqasidan yugurish, dumalatib yuborilgan buyumni quvib etish, ikki chiziq orasidan chiqmay yugurish, 20-40 metr masofaga o‘rtacha tezlikda, 70-80 metrga asta sekin yugurishga o‘rgatish.

  2. ikki oyoqni juftlab turgan joyda sakrash, balandlikka sakrash hamda 20-30 sm masofaga hatlashga, 10-15 sm balandlikdagi predmetdan sakrashga o‘rgatish; 4) to‘pni bir-biriga qaratib dumalatish, to‘pni ikki qo‘llab oldinga pastdan, ko‘krak oldidan, boshidan oshirib otish, 50-100 sm oraliqdagi to‘pni ilib olishga harakat qilish, shuningdek, to‘p yoki qum xaltachasini 1m masofaga bir qo‘llab o‘ng yoki chap qo‘l bilan irg‘itish;

5) 3—4 m masofaga emaklash, 30-40 sm, to‘siq tagidan o‘tish, arqonli narvoncha, tik devorchadan bola uchun qulay bo‘lgan usulda yuqoriga tirmashib chiqishga o‘rgatish; 6) to‘g‘ri yo‘lak bo‘ylab yurish, eni 20 sm, uzunligi 2-3 m, ilon izi yo‘lakchadan, doira bo‘уlab tashlab qo‘yilgan arqonchadan qiya taxtachadan yurish yoki emaklash, halqadanhalqaga, doiradan-doiraga o‘tishga, shuningdek, 10-15 sm balandlikdagi to‘siqlardan hatlab o‘tishga, balandlikda qo‘llarni yonga qilib turishga, aylanishga, oyoq uchida ko‘tarilishga o‘rgatish.

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə