Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining turli yosh guruhlarida jismoniy harakatlarni loyihalashtirish. Reja



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə1/4
tarix23.09.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#123297
  1   2   3   4
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining turli yosh guruhlarida jismoniy harakatlarni loyihalashtirish.


Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining turli yosh guruhlarida jismoniy harakatlarni loyihalashtirish.
Reja:


  1. Maktabgacha ta‘lim tashkilotlarining turli yosh guruhlarida jismoniy harkatlarini loyihalashtirish.

  2. Mashg‘ulotlar orasida chalg‘ituvchi jismoniy harakatlarni rejalashtirish.

  3. Faoliyatlar orasida turli chalg‘ituvchi jismoniy harakatlarni rejalashtirish.

Maktabgacha ta‘lim tashkilotlarining turli yosh guruhlarida jismoniy harkatlarini loyihalashtirish.


Bolaning biologik rivojlanishi jarayonini tabiiy fanlar majmui o‘rganadi, ularning asosini I.M.Sechenov, I.P.Pavlov va ular izdoshlarining organizm va muhit birligi, organizmning yaxlitligi va uning hayotiy faoliyatida markaziy asab sistemasining tartibga soluvchilik roli haqidagi ta‘limoti tashkil etadi.
Maktabgacha ta‘lim yoshidagi bolalar organizmining o‘ziga xos tomoni shundaki, u juda tez o‘sadi va rivojlanadi. Shu bilan birga organizm funksiyalari va sistemalarining shakllanishi hali tugallanmagan bo‘ladi, shunga ko‘ra u tez jarohatlanadi. Shuning uchun bolalarga jismoniy tarbiya berishda quyidagilar birinchi darajali vazifalar hisoblanadi:
Sog‘lomlashtiruvchi vazifalar. Bolalar sog‘lig‘ini mustahkamlash, organizmning shakl va funksiyalarini uyg‘un rivojlantirish, ish qobiliyatini oshirish, har xil tashqi ta‘sirlarga chidamliligini kuchaytirish, uzoq umr ko‘rishini ta‘minlash.
Ta‘limiy vazifalar. Maktabgacha ta‘lim yoshidagi bolalarga xos bo‘lgan o‘ta qabul qiluvchanlikni, sharoitning o‘zgarishiga yengil moslashish qobiliyati bir qator ta‘limiy vazifalarni amalga oshirish imkoniyatini yaratadi, chunonchi: kerakli ko‘nikma va malakalarni shakllantirish, jismoniy sifatlar (chaqqonlik, kuchlilik, chidamlilik, tezkorlik, egiluvchanlik, muvozanat, ko‘z bilan chamalash)ni o‘stirish, to‘g‘ri qaddi - qomat, gigiyena ko‘nikmalarini tarbiyalash, jismoniy tarbiya haqidagi bilimlarni o‘zlashtirish. Boladagi harakat ko‘nikmalari (emaklash, yurish, yugurish, velosipedda uchish va h.k) nisbatan yengil shakllanadi va ular bolaning muhit bilan aloqasini osonlashtiradi. Bola chanada uchayotib qor, shamolning, suvda suzayotib suvning xossalari bilan tanishadi. Jismoniy mashqlar, gigiyena malakalarini egallash bilan bog‘liq bo‘lgan dastlabki bilimlar shakllantiriladi.
Maktabgacha ta‘lim yoshidagi bolalarga mashg‘ulotlarning foydasi, jismoniy mashqlarning ahamiyati va texnikasi, ularni o‘tkazish metodikasi haqidagi, harakatli o‘yinlar va hokazolar haqidagi tushuncha va bilimlarni berish muhimdir.
Bolalar gavda qismlarining nomini, harakat yo‘nalishini (yuqoriga, pastga, oldinga, orqaga, o‘ngga, chapga), to‘la aylanish, fizkultura asboblarining nomi va qay maqsadda ishlatilishi, ularni asrash va tutish, kiyim - kechak va poyabzalga qarash qoidasini bilishlari kerak.
Jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish jarayonida bolada tabiat hodisalari, ijtimoiy hayot, hayvonlar, qushlar, hasharotlar haqidagi bilimlarni mustahkamlash zarur. Tarbiyaviy vazifalar. Bolalarda sport mashg‘ulotlariga muhabbatni, sportchilarning yutuqlariga qiziqishni tarbiyalash lozim.
Jismoniy mashqlarni bajarishda xarakterning ijobiy xususiyatlari (uyushqoqlik, intizomlilik, kamtarlik, ko‘ngilchanlik va hokazo) va axloqiy fazilatlar (halollik, haqqoniylik, o‘rtoqlik hissi, o‘zaro yordam), jamoada shug‘ullanish malakasi, fizkultura asboblarini ehtiyot qilish, topshiriqni mas‘uliyat bilan bajarishlarini tarbiyalash, shuningdek, irodaviy fazilatlar (botirlik, qat‘iylik, o‘z kuchiga ishonch, qiyinchiliklarni yengishda sabotlilik, chidamlilik va boshqalar) ni namoyish qilish uchun juda qulay sharoit yaratiladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning jismoniy tarbiyasi vazifalarini hal etishda ularning yosh xususiyatlari hisobga olinadi. Jadal o‘sish va rivojlanish maktabgacha yoshdagi bola organizmining o‘ziga xos xususiyatidir.
Lekin sistemalar va ular vazifalarining shakllanishi hali tugallanmagan bo‘ladi. Shuning uchun maktabgacha yoshdagi bola juda nozik bo‘ladi. Shu munosabat bilan quyidagi sog‘lomlashtirish vazifalari birinchi o‘ringa qo‘yiladi:

  1. hayotni muhofaza qilish, kasallikka qarshi kurash olib borish, organizmning tashqi muhit ta‘siriga qarshiligini oshirish;

  2. organizmning barcha sistemalarini to‘g‘ri va o‘z vaqtida rivojlantirish, ularning funksional imkoniyatlarini kengaytirish, to‘g‘ri qaddi - qomatni uyg‘un jismoniy rivojlantirish.

Bolalar organizmining nomukammalligi, nozikligi bilan birga unga qudratli rivojlanishni ta‘minlovchi xususiyatlar ham xosdir. Bu barcha to‘qimalarning juda egiluvchanligi, tezkorligi, modda almashinuvi jarayonlarining jadalligidir. Uning juda katta moslashish imkoniyatlari shuning natijasidir. Bola sharoitlarning o‘zgarishiga, jismoniy zo‘riqishga kattalarga nisbatan ancha tezroq va yaxshiroq moslashadi. U o‘ziga tushunarli bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishga idroki baland bo‘ladi, bu esa
b ir qancha ta‘limiy vazifalarni hal etish imkonini beradi:
Jismoniy mashqlar bolalarning to‘laqonli aqliy, axloqiy, estetik va mehnat tarbiyasiga yordam berib, ularning ma‘naviy- irodaviy sifatlarini (jasurlik, halollik, qat‗iyat va boshqalarni) rivojlantiradi.
Mashg‘ulotlar orasida chalg‘ituvchi jismoniy harakatlarni rejalashtirish.
Chiniqtirish. Chiniqtirish deganda organizmning atrof- muhitdagi turli tabiiy ta‘sirlar (harorat, namlik, quyosh nuri darajasining o‘zgarishi)ga eng ko‘p chidamliligi, moslashishini tarbiyalash tushuniladi.
Bolada faqat harorat, iqlim o‘zgarishlariga tez ta‘sir bildirishgina tarkib topmasdan shu bilan birga gemoglabin miqdori oshadi, ularning immun tizimi yaxshilanadi. Bolalar turli kasalliklarga kamroq chalinadilar va ularni organizmlari kasalliklarni yengadi.

Kundalik hayotda chiniqtirish tadbirlarini jismoniy mashqlar, bolaning xilma-xil faoliyati bilan bog‘liq holda olib borish chiniqtirish uchun ham, organizmni mustahkamlash uchun ham yaxshi natija beradi.
Madaniy-gigiyenik ko‘nikmalar va odatlarni tarbiyalash. Madaniy-gigiyenik ko‘nikmalarga badanni ozoda tutishga, to‘g‘ri ovqatlanishga, atrof-muhitda tartib saqlashga rioya qilish va bolalarning bir-birlari bilan, kattalar bilan, o‘zaro madaniy munosabatlariga doir ko‘nikmalar kiradi.
Madaniy-gigiyenik ko‘nikmalarni shakllantirishda quyidagi shartlarga e‘tibor qaratish zarur: 1. Maktabgacha ta‘lim muassasasi va oilada harakatlar va topshiriqlarni bajarish uchun qulay vaziyatni (qulay mebel, jihozlar) yaratish.
2.O‘zlashtirilayotgan madaniy-gigiyenik ko‘nikmalarni qat‘iy belgilangan tartibda bir vaqtda bajarishga o‘rgatish.

  1. Har bir bola bilan yakka tartibda ish olib borish.

  2. Bolalarning madaniy-gigiyenik ko‘nikmalarni o‘zlashtirishlarini nazorat qilib borish.

  3. Bolalarning kattalarning barcha gigiyenik va madaniy talablarini so‘zsiz bajarishga o‘rgatish.

Jismoniy mashqlar va massajdan foydalanish. Jismoniy mashqlar - jismoniy tarbiya vazifalarini hal etishga qaratilgan maxsus harakatlar, harakat faoliyatining murakkab turlaridir. Jismoniy mashqlar organizmga ko‘p qirrali fiziologik ta‘sir ko‘rsatadi. U modda almashinuvini, qon aylanish jarayonlarini faollashtiradi, suyaklarning o‘sishiga yordam beradi.
Massaj. Kichik bolalarni tarbiyalashda passiv gimnastika turlaridan biri - massaj
(uqalash) qo‘llaniladi. Uqalash ta‘sirida qon tarkibi, asab tizimi vazifalari, shuningdek teri va muskul- larning oziqlanishi yaxshilanadi, issiqlik chiqishi ko‘payadi, muskullarning charchashi yo‘qoladi.
Bolalar bog‘chasi kun tartibida xilma-xil o‘yinlarga alohida o‘rin beriladi. Vaqtdan to‘laqonli foydalanish uchun tarbiyachi o‘yinchoqlar va qo‘llanmalarni oldindan tanlab qo‘yishi, bolalarni bajarish ko‘nikmalarini tarbiyalashi zarur.
Sayr qilish har tomonlama tarbiyaviy ishlar uchun keng imkoniyatlar beradi. Sayr chog‘ida, tabiat va ijtimoiy hodisalar kuzatiladi, bolalarning mehnat va o‘yin faoliyati, sport mashqlari uyushtiriladi. 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarning ovqatlanishi. Maktabgacha ta‘lim muassasalarida butun ovqatlanishni tashkil etish bolalarda taomni yeyishga ijobiy munosabatni yaratishga qaratilgan bo‘lishi kerak. Muayyan vaqtda, 3,5-4 soat oralig‘ida bolalarga mazali tayyorlangan, chiroyli tashqi ko‘rinishga ega bo‘lgan taomlar beriladi. Ovqatlanish uchun zarur bo‘lgan hamma narsa oldindan tayyorlab qo‘yiladi, chunki kutish ishtahani pasaytiradi, asab tizimini qo‘zg‘atadi. Stolni enaganing o‘zi bezaydi, o‘rta guruhdan boshlab esa bu ishda navbatchi bolalar faol ishtirok etadilar. Navbatchilikning tartibi va harakatlarning xususiyatlari tarbiyachi tomonidan puxta o‘ylanadi va bolalarga aniq ketma-ketlikda tushuntiriladi. Normal ovqatlanish jarayoni uchun osoyishta vaziyat katta ahamiyatga ega. yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarda madaniy-gigiyenik ko‘nikmalarni tarbiyalash. Butun maktabgacha yosh davomida madaniy-gigiyenik ko‘nikmalarni shakllantirish yuzasidan katta ishlar olib boriladi. Harakatlar muvofiqligini rivojlantirishdagi fikrlashdagi ro‘y bergan katta siljishlar bolalarning o‘ziga-o‘zi xizmat qilishi, navbatchilik, jamoadagi muloqot davrida zarur bo‘lgan xilma-xil harakatlarni uddalashi uchun imkon beradi. yoshga qadam qo‘ygan bolalar qo‘llarini to‘g‘ri yuvishni (qo‘llarni bir-biriga ishqab sovun surish, sovunni yuvib tashlash va har bir barmoqni artish)ni, tish yuvishni (dastlab oddiy xo‘l cho‘tka bilan, 4 yoshdan boshlab poroshok bilan), ovqatdan keyin og‘izni chayqashni, dastro‘molchadan foydalanishni, stol atrofida o‘zini madaniy tutish qoidalariga rioya etishni (qoshiqdan, sanchqidan foydalanishni, ovqatni to‘kmaslikni) bilishi kerak. Bolalar o‘yinchoqlarga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishni, ozodalik va tartib saqlashni o‘rganadilar.

  1. yoshga qadam qo‘ygan bolalar ancha mustaqil bo‘lib qoladilar, ular endi sovun bilan yuzlarini, bo‘yinlarini, quloqlarini yuva oladilar, ancha puxtalik bilan kiyina oladilar, har bir harakatni bajarish tartibini biladilar, bir-birlarining tashqi ko‘rinishlaridagi yoki atrofdagi nuqsonlarni seza boshlaydilar.

6- 7 yoshli bolalar o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatishga doir barcha harakatlarni ancha tezroq va aniqroq bajara oladilar. Ular tez, toza, kiyimlarini, polni ho‘l qilmasdan yuvina olishlari, puxta va tez kiyina olishlari, o‘z tashqi ko‘rinishlarini kuzatib borishlari kerak. Ovqatlanish ko‘nikmalariga katta talablar qo‘yiladi: bolalar sanchqi, pichoqdan to‘g‘ri foydalanadilar, tartibli ovqat yeydilar. O‘yin burchaklarini yig‘ishtirish, navbatchilik turlari majburiyatlari va ko‘nikmalari doirasi kengayadi, navbatchilarning vazifalari murakkablashadi.
Madaniy gigiyenik ko‘nikmalarni muntazam mustahkamlab borish kerak. Tarbiyaviy ishlar tizimining o‘zgarishi, malakalarni shakllantirish va ulardan foydalanishga e‗tiborning yo‘qligi ularning tezda yo‘qolishiga olib kelishi mumkin. 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun jismoniy mashqlar. Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan ish olib borishda jismoniy mashqlar katta o‘rin tutadi. 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan davrda bolalar tarbiyachi rahbarligida va mustaqil ravishda asosiy harakatlarni, sport mashqlarni egallagan, xilma-xil harakatli o‘yinlarni o‘ynashni o‘rgangan bo‘lishlari kerak. Bu keng dastur ishning xilma-xil vositalari va shakllaridan foydalangandagina bajarilishi mumkin. Har kuni bolalar bir necha bor jismoniy mashqlarni baja- radilar: ertalab gigiyenik gimnastika shaklida; haftasiga ik- ki marta jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari tarzida bajaradilar, ularga turli xildagi saf tortishlar, umumiy rivojlantiruvchi mashqlar, asosiy harakatlar, harakatli o‘yinlar kiradi. O‘rta va katta yoshdagi bolalar bilan o‘tirib bajariladigan mashqlardan jismoniy tarbiya daqiqalari, mashg‘ulotlar orasida jismoniy tarbiya tanaffuslari o‘tkaziladi. Sayr chog‘ida sport mashqlari, harakatli o‘yinlar uyushtiriladi, bolalarning kichik guruhlari bilan ish olib boriladi. Kunduzgi uyqudan keyin saf tortishlar, qayta saf tortishlar, raqs harakatlari, maroqli mashqlar bajarilib, ular chiniqtirish tadbirlari bilan qo‘shib o‘tkaziladi. Sayr chog‘ida va xonada bolalarning turli qo‘llanmalar va motorli o‘yinchoqlar bilan mustaqil o‘yinlari uyushtiriladi.
Maktabgacha ta‘lim bolalar muassasalarida jismoniy tarbiyaning quyidagi o‘ziga xos vositalaridan foydalaniladi: 1) harakatli o‘yinlar o‘tkazilib, ularga eng ko‘p o‘rin beriladi; 2) asosiy gimnastika (asosiy harakatlar, umum rivojlantiruvchi va saf tortish mashqlari); 3) sport mashqlari (konkida uchish, chang‘ida yurish, suzish, velosipedda uchish); 4) bolalar turizmi.
Ko‘rsatilgan vositalardan uyg‘un birlikda foydalanish har tomonlama jismoniy rivojlanishni ta‘minlaydi.
Maktabgacha ta‘lim yoshidagi bolalarni jismoniy rivojlanishini ta‘minlash mazkur jarayonda tabaqalashtirilgan yondashuvni tadbiq etishni taqozo etadi. Ana shu sababli tarbiyachi maktabgacha yosh davrlari bilan bog‘liqlikda jismoniy rivojlanishdagi o‘ziga xosliklarni to‘liq o‘zlashtirib olishi lozim.

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə