Maktabgacha ta’lim tizimida kadrlarni tayyorlash va sohaga qabul qilishga qo’yiladigan talablar



Yüklə 40 Kb.
səhifə1/8
tarix29.05.2023
ölçüsü40 Kb.
#113847
  1   2   3   4   5   6   7   8

MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMIDA KADRLARNI TAYYORLASH VA SOHAGA QABUL QILISHGA QO’YILADIGAN TALABLAR.

MUNDARIJA


  • KIRISH

  • I-BOB.KADRLAR TAYYORLASH MILLIY DASTURI. KADRLAR TAYYORLASH MILLIY DASTURINING MAQSAD VA VAZIFALARI

  • 1.1.Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturining maqsad va vazifalari

  • 1.2.Kadrlar tayyorlash milliy modeli, uzluksiz ta`limni rivojlantirish tamoyillari

  • 2-BOB. MAKTABGACHA TA'LIM BO‘YICHA KADRLAR TAYYORLASH TIZIMI

  • 2.1. Mamlakatda maktabgacha ta'lim tizimini takomillashtirish

  • 2.2.Maktabgacha ta’lim sohasida zamonaviy tizim.

  • XULOSA

  • FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR



















KIRISH


Taʼlim sohasini isloh qilish bugun hukumatimiz diqqat eʼtiborida turgan dolzarb sohalardan biri, desak mubolagʻa boʻlmaydi. Soʻnggi yillarda maktabgacha taʼlim tizimini isloh qilish va rivojlantirishga qaratilgan qonunlar, qarorlar qabul qilinib, amaliyotga joriy etilmoqda.
Maktabgacha taʼlim sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish, bolalarni maktabgacha taʼlim bilan bosqichma-bosqich toʻliq qamrab olishni taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-sentyabrdagi “Maktabgacha taʼlim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi Farmoni bilan Maktabgacha taʼlim vazirligi tashkil etildi.
Bugungi kunda Oʻzbekistonda 14 mingdan ortiq maktabgacha taʼlim tashkiloti faoliyat koʻrsatmoqda. 2019-yilda Maktabgacha taʼlim vazirligi tizimga bolalar qamrovini 52 foizga yetkazdi. 2020-yilda bu koʻrsatkich 59,5 foiz boʻlishi kutilmoqda, shuningdek, 85,2 foiz 6 yoshli bolalarni majburiy 1 yillik taʼlim bilan qamrab olish rejalashtirilgan.
Maʼlumki, Maktabgacha taʼlim vazirligi tashkil etilmasdan avval tizimda zamonaviy dasturlar joriy etilmagan, bolalarni maktabga tayyorlash boʻyicha muqobil, moslashuvchan modellar yetarli darajada rivojlanmagan. Taraqqiy etgan mamlakatlardagi kabi bolalarni ijtimoiy, shaxsiy, hissiy, nutqiy, matematik, jismoniy va ijodiy rivojlantirish, atrof-muhit bilan tanishuvga yoʻnaltirilgan maxsus davlat taʼlim dasturlari tatbiq qilinmagan edi. Davlat maktabgacha taʼlim muassasalarida faoliyat yuritayotgan pedagog kadrlarning aksariyati oʻrta maxsus maʼlumotga ega boʻlib, bolalarni maktab taʼlimiga talab darajasida tayyorlash imkonini bermas edi.

Yüklə 40 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə