JUFT BO„LIB YUGURJSH
O‗ynovchilar guruhi juft-juft bo‗lib, chiziq orqasida qator turadilar.
Maydonchaning ikkinchi
tomoniga, bolalar soniga qarab to‗plar qo‗yiladi,
O‗qituvchi signali bo‗yicha qatordagi
birinchi juft qo‗l ushlashib, oldinda turgan to‗plar
oldigacha yugurib boradi va
uni aylanib o‗tib, o‗z qatori oxiriga borib turadi, Keyingi signal bo‗yicha ikkinchi
juft yugurib chiqadi, So‗ngra uchinchisi va hokazo. Ko‗proq marta birinchi
bo‗lib kelgan va qo‗llarini yonga tushirib turgan jufitlar o‗yinda g‗olib
hisoblanadi.
TO„PNI HALQAGA TUSHLRISH
O‗yin qatnashchilari basketbol taxtasiga yaqin joyda turadilar (ustunchaga
chambarak o‗matilgan bo‗ladi). Bolalar to‗pni yuqoriga irg‗itib, bosh bilan urib,
uni halqaga tushiradilar.
QATOR OXIRIDAGI BOLAGA TEKKIZ
Ikkita komanda o‗yinchilari teng to‗rtta guruhga bo‗linib, ikkita doira hosil qilib
turadilar. Birinchi guruh o‗yinchilari doira ichida, ikkinchi guruh o‗yinchilari esa
doira tashqarisida turadilar. Doira ichida turgan bolalar
saf tortib, bir-birlarining
bellaridan ikki qo‗llab ushlab turadilar.
Otuvchilar yoki merganlar doira atrofida turadilar. O‗qituvchi signalidan keyin
merganlar qator oxirida turgan o‗yinchiga to‗p otib, tekkizishga harakat qiladilar.
Lekin qatordagi bolalar harakat yo‗nalishlarini o‗zgartirib, o‗z o‗rtoqlarini
himoya qiladilar. Qator boshida turgan birinchi o‗yinchi to‗pni ikki qo‗llab ilib
olishi mumkin. Qator oxiridagi to‗p tekkan bola o‗yindan chiqadi.
Doira ichida
ko‗proq vaqt turib, kam o‗yinchi yo‗qotgan komanda g‗olib chiqadi.
Chambarak ichiga tez turib ol Maydonchaga bir nechta chambarak qo‗yib
qo‗yiladi (gimnastika chambaragi, arg‗amchi yoki bo‗r bilan oddiy doira chizish
mumkin). Chambaraklar o‗yinchilar soniga qaraganda 1 - 2 ta kamroq bo‗lishi
kerak. O‗ynovchilaming hammasi zal yoki maydon bo‗ylab yugurib yurishi
mumkin. O‗qituvchi signalidan keyin yugurib yurgan o‗yinchilar duch kelgan
chambarak o‗rtasiga turib olishga harakat qiladilar.
Kechikib qolganlar
maydoncha chekkasiga, to‗planishadi. So‗ngra o‗qituvchi natijani e‘lon qiladi,
Chambarakka tezroq kelib turganlar o‗yinda g‗olib chiqada.
DOIRAGA TORT
O‗yinchilar ikkita teng komandaga bo‗linadi, birinchi komanda aylananing tashqi
tomonida, ikkinchi komanda ichki tomonida bir-biriga qarab turadilar. Doira
ichida turgan o‗yinchilar
doira tashqarisida turganlami, doira tashqarisida
turganlar. Doira ichida turganlami tortadilar. O‗yin 1- 2 minut davom etadi.
Doiraning ichiga yoki tashqarisiga tortilganlar o‗yindan chiqadilar.
Raqibning
qo‗lidan yoki belidan ushlab tortiladi. 4-6 marta olishuvdan keyin o‗yinchisi
ko‗proq qolgan komanda g‗olib bo‗ladi.
Dostları ilə paylaş: