TEZDA DOIRA BO„YLAB ESTAFETASI
O‗yinchilar soniga qarab 3-4 ta komandasiga bo‗linadi.
Komandalar doira
atrofida qarab tizilib turadilar, ular orasidagi masofa 1-2 qadam, komanda
kapitanlari qo‗lida bittadan basketbol to‗pi bo‗ladi. O‗yin qatnashchilari turgan
joyda diametri 50-60 sm dan katta bo‗lmagan doira chiziladi.
Signal berilishi bilan komanda kapitanlari to‗pni yuqoriga irg‗itadilar,
qolgan
hamma tarbiyalanuvchilar birgaligda o‗ng tomonga (soat stryelkasi qarshi) yoki
chap tomonga (soat stryelkasi bo‗ylab) yura boshlaydilar, qo‗shnining
doirachasiga o‗tib to‗xtaydilar, bu vaqtda to‗pni ikkinchi o‗yinchilar ilib oladilar
va uni yana yuqoriga irg‗itadilar, bu esa o‗yinchilaming surilishiga signal
bo‗ladi. Kapitan o‗z joyiga qaytib kelib, oxirgi o‗yinchi otgan to‗pni ilib
olgandan keyin o‗yin tugagan hisoblanadi. To‗pni
ilib olish vaqtida doiradan
chiqish mumkin emas.
DOIRANI TOP
O‗yinchilar ikki komandaga bo‗linib, start chizig‗ida bir qatordan saf tortib
turadilar. Har
bir komanda qarshisida, 3-4 m masofada arg‗amchidan diametri
1 m doira hosil qilinadi.
O‗qituvchchining signalidan so‗ng birinchi o‗yinchilar ko‗zlarini ro‗molcha bilan
bog‗lab, doira o‗rtasida turadilar. O‗qituvchi ikkinchi bir signal berganidan keyin
ular doiradan 5-8 qadam oldinga chiqib, yana doira ichiga qaytadilar. Doira
ichiga aniq qaytib kelgan o‗yinchiga 1 ochko beriladi. Qo‗p ochko to‗plagan
komanda o‗yinida yutgan hisoblanadi.
CHLLLAKKA IP O„RASH
Tarbiyalanuvchilar teng ikki komandaga bo‗linadilar. 10-12 m kanopning
har bir
uchi tayoqcha o‗rtasida bog‗lanadi. Kanopning o‗rtasida belgi qilib qizil lenta
bog‗lab qo‗yiladi.
Ikkala komandaning birinchi o‗yinchilari tayoqchani
ikki tomonidan tortib
turadilar.
O‗qituvchining komandasidan keyin har bir bola o‗z tomonidan tayoqcha kanopni
o‗ray boshlaydi. Kim birinchi bo‗lib kanopni belgilangan joygacha o‗rab bo‗lsa,
o‗sha o‗yinchiga bir ochko beriladi. So‗ngra ikkinchi, uchinchi o‗yinchilar
o‗raydi va hokazo. Ko‗p ochko to‗plagan komanda yutgan hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: