Maktabgacha yosh davrida psixik rivojlanish xususiyatlari. Reja : Go’daklik yoshining psixik taraqqiyoti



Yüklə 13,38 Kb.
səhifə3/4
tarix23.12.2023
ölçüsü13,38 Kb.
#155771
1   2   3   4
Maktabgacha yosh davrida psixik rivojlanish xususiyatlari. Reja -azkurs.org

Rolli o’yin − maktabgacha yoshdagi bolalarning yetakchi faoliyati. Rolli o’yin mazkur yosh davridagi bolalarning eng muhim faoliyati bo’lib, ular bunday o’yinda go’yo katta yoshdagi odamlarning barcha vazifalari va ishlarini amalda bevosita “bajaradilar”. Shu boisdan o’yin faoliyati uchun maxsus yaratiladigan sharoitlarda ijtimoiy muhit voqealari, oilaviy turmush hodisalari, shaxslararo munosabatlarni umumlashtirgan holda aks ettirishga harakat qiladilar. Bolalar kattalarning turmush tarzi, his-tuyg’usi, o’zaro muomala va muloqotlarining xususiyatlarini, o’ziga va o’zgalarga, atrof-muhitga munosabatini yaqqol voqelik tarzida ijro etish uchun turli o’yinchoqlardan, shuningdek, ularning vazifasini o’tovchi narsalardan ham foydalanadilar. Ammo shuni alohida ta’kidlash lozimki, ijtimoiy va maishiy voqelikning barcha jabhalarini qamrab oladigan rolli o’yin ularda birdaniga emas, balki turmush tajribasining ortishi, tasavvur obrazlarining kengayishi natijasida vujudga keladi va mohiyati hamda mazmuni jihatdan oddiydan murakkabga qarab takomillashib boradi.


  • Rolli o’yin − maktabgacha yoshdagi bolalarning yetakchi faoliyati. Rolli o’yin mazkur yosh davridagi bolalarning eng muhim faoliyati bo’lib, ular bunday o’yinda go’yo katta yoshdagi odamlarning barcha vazifalari va ishlarini amalda bevosita “bajaradilar”. Shu boisdan o’yin faoliyati uchun maxsus yaratiladigan sharoitlarda ijtimoiy muhit voqealari, oilaviy turmush hodisalari, shaxslararo munosabatlarni umumlashtirgan holda aks ettirishga harakat qiladilar. Bolalar kattalarning turmush tarzi, his-tuyg’usi, o’zaro muomala va muloqotlarining xususiyatlarini, o’ziga va o’zgalarga, atrof-muhitga munosabatini yaqqol voqelik tarzida ijro etish uchun turli o’yinchoqlardan, shuningdek, ularning vazifasini o’tovchi narsalardan ham foydalanadilar. Ammo shuni alohida ta’kidlash lozimki, ijtimoiy va maishiy voqelikning barcha jabhalarini qamrab oladigan rolli o’yin ularda birdaniga emas, balki turmush tajribasining ortishi, tasavvur obrazlarining kengayishi natijasida vujudga keladi va mohiyati hamda mazmuni jihatdan oddiydan murakkabga qarab takomillashib boradi.

  • Yirik psixologlar A.Vallon, J.Piaje, L.S.Vigotskiy, S.L.Rubinshteyn, A.N.Leontev, B.G.Ananev, D.B.Elkonin va boshqalarning fikricha, go’daklik davrida bolaning predmetli faoliyati negizida rolli o’yin uchun eng zarur sharoitlar asta-sekin vujudga kela boshlaydi. Rolli o’yin faoliyatini vujudga keltiruvchi eng zarur omillardan biri − bolada o’z xatti-harakatini kattalar xatti-harakati bilan solishtirish, undan nusxa olish, aynan unga o’xshatish tuyg’usining mavjudligidir. Xuddi shu sababli kattalar va ularning xatti-harakatlari bolaning ham tashqi, ham ichki ibrat namunasi bo’ladi va kattalar uning xulq-atvori yurish-turishining ham ob’ekti, ham sub’ekti hisoblanadi.

  • O’yin faoliyatini takomillashtiradigan sharoitlarni tadqiq qilgan N.M.Aksarinaning ta’kidlashicha, o’yin o’z-o’zidan vujudga kelmaydi, buning uchun kamida uchta sharoit mavjud bo’lishi kerak: a) bolaning ongida uni qurshab turgan voqelik to’g’risidagi xilma-xil taassurotlar tarkib topishi; b) har xil ko’rinishdagi o’yinchoqlar va tarbiyaviy ta’sir vositalarining muhayyoligi; v) bolaning kattalar bilan tez-tez muomala va muloqotga kirishuvi. Bunda kattalarning bolaga bevosita ta’sir ko’rsatish uslubi hal qiluvchi rol o’ynaydi.





Yüklə 13,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə