Maktabgacha yoshdagi bolalar shaxsini shakillantirishda sharq mutafakkirlarining qarashlari



Yüklə 24,12 Kb.
tarix28.11.2023
ölçüsü24,12 Kb.
#134279
Maktabgacha yoshdagi bolalar shaxsini shakillantirishda sharq mutafakkirlarining qarashlari


Maktabgacha yoshdagi bolalar shaxsini shakillantirishda sharq mutafakkirlarining qarashlari.
Ushbu maqolada oiladamaktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalashda nimalarga e’tibor qaratishimiz lozimligi hamda sharq mutafakkirlarining fikrlari bayon etilgan.
Tayanch tushunchalar
Oila, oilaviy munosabatla, sog‘lom avlod, muhit, tarbiya, vatan, insonparvarlik, o‘zaro hurmat, ayolning o‘rni.
O‘zbek xalqi juda bolasevar xalq bo‘lib, farzand tarbiyasiga juda katta e’tibor qaratishadi. Tarbiya berishda birinchi oilaning o‘rni beqiyosdir. Oila – bu jamiyatning bir qismi, unda yangi odam tug‘uladi. Bu kichik ijtimoiy guruh uchun hayotning boshlang‘ich maktabi hisoblanadi. Har bir ota-ona farzandining bilimli, baxtli, saodatli, istiqboli porloq bo‘lishini orzu qiladi va shu maqsadga erishish uchun butun umrini, bor yo‘g‘ini sarflaydi. Ular bolaning birinchi ustozi va tarbiyachisi sifatida birinchi navbatda ruhiy jihatdan tayyor bo‘lishi kerak. Bu haqida ko‘plab xalqimizning qimmatli durdona hikmatlarida ham uchraydi.
Markaziy Osiyo xalqlarining “Alpomish”, “Kuntug‘mush”, “Go‘ro‘g‘li”, “Layli va Majnun”, “Yusuf va Zulayho”, “Oysulu” kabi dostonlarida erkak va ayol o‘rtasidagi sof insoniy munosabatlar, muhabbat, sadoqat, yorga vafo mavzusi tarannum etilgan. Ayol doimo erkak kishiga sodiq do‘st va yor, oqila, topqir, oilaviy tinchlikning posboni sifatida ulug‘langan. Ayol – oilaga fayz kirituvchi naslni davom ettiruvchi farishta timsoliga aylangan.
Dunyoga mashhur olim, ma’rifatparvar Abu Rayhon Beruniyning oilaviy munosabatlar haqidagi qarashlari ham alohida e’tiborga loyiqdir.
Beruniy o‘z qarashlarida, ayniqsa xotin-qizlar tarbiyasiga alohida e’tibor qaratadi. U o‘zining “Minerologiya” asarida oila qurayotgan qizlarga ota-onaning nasihatlarini keltirib, oiladagi tinchlik-totuvlik, baxtiyorlik ko‘proq ayollar zimmasiga tushishini ta’kidlaydi va shunday yozadi.
“E qizim! Sen o‘rgangan uyingdan ketib notanish xonadonga tushmoqdasan. Sen bo‘lajak kuyovning hamma hislatlarini bilmaysan. Sen yer bo‘l, u esa osmon bo‘ladi. Demak sesn u bilan shunday yo‘l tutki, uning oldida yer kabi kamtar bo‘lsang, u osmon kabi oliyjanob bo‘ladi. Osmon shifobaxt yomg‘iri bilan yerni ko‘kartirgani kabi u hamo‘z mehru shavqati bilan seni hushnut etadi. Yana sen umga kanizak bo‘lsang, u senga hizmatchi bo‘ladi. Beruniy o‘z qarashlarida oila tinchi bevosita aqilli, farosatli, tarbiyali ayollar qo‘lida ekanligiga alohida urg‘u bergan. Oilaviy munosabatlar masalalariga oid o‘zining diqqatga sazovor qarashlari bilan ajralib turuvchi mutafakkirlardan biri – Abu Ali Ibn Sinodir. Allomaning, ayniqsa ayollar hayotda qanday bo‘lishlari kerakligi haqidagi qimmatli fikrlari hech qachon o‘z ahamiyatini yo‘qotmaydi. Uning “Tadbir mazil” asaridagi “Afsonaviy behtarim zanho” bo‘limida ayollarning yaxshi hulqli bo‘lishi haqida so‘z boradi va maskur asarda ayollar quyidagi hususiyatlarga ega bo‘lishlari lozimligi ta’kidlanadi:

  1. Bilimli bo‘lsin .

  2. U dinga ishonishi kerak.

  3. Uyalchan, sharm-hayoli bo‘lsin.

  4. Tabiatan jasur bo‘lsin,

  5. O‘z erini qattiq sevsin.

  6. Tug‘ush va bola tarbiyasi haqida o‘ylasin.

  7. Ezma bo‘lmasin.

  8. O‘z eriga bo‘ysunsin.

  9. To‘g‘ri, kamtar va farosatli bo‘lsin.

  10. U hech qachon o‘z shaniga dog‘ tushurmasin.

  11. Eri bilan ehtiyotkor bo‘lib, uning hurmatini joyiga qo‘yib hushmomila bo‘lishi shart.

  12. U o‘z vazifasini va burchini yaxshi bilsin.

  13. Xotin oila ho‘jaligidagi narsalardan to‘g‘ri, tejab foydalanishni bilsin.

  14. U o‘z tabiati va yaxshi tomonlari bilan eridagi kamchiliklarni yo‘qotsin.

Buyuk sarkarda Amir Temur ham oila qurish masalalariga davlat yumishlaridek juda jiddiy e’tibor bergan.
Buyuk alloma Alisher Navoining er-xotin munosabatlari, burchlari ayollar fazilatlari, ularning oilada tutgan o‘rni haqidagi qarashlari beqiyosdir. Navoi ayolning turmushdagi hissasiga quyidagicha to‘xtaladi:
“Yaxshi xotin – oilaning davlati va baxti. Uyning ozodaligi undan, uy egasining hotirjam va osoyishtaligi undan.”
Xusnli bo‘lsa - ko‘ngil yozig‘i, hushmomila bo‘lsa – jon ozig‘idir. Oqila bo‘lsa ro‘zg‘orda tartib-intizom bo‘ladi, asbob anjomlar pokiza va saramjon turadi.
Buyuk astronom, matematik davlat arbobi, alloma Mirzo Ulug‘bekning oila muhiti sog‘lom avlodni yetishtirish haqidagi fikrlari shundan iboratki, alloma uqtirishicha, bolaning bilim olishiga bo‘lgan qiziqish, havasini oshirishda u tarbiyalanayotgan muhit muhim o‘rinni egallaydi. Oilada ota-onalar, ayniqsa o‘qimishli ota-onalar o‘z farzandlarining haqiqiy inson bo‘lib kamol topishiga e’tibor berishlari lozim.
Zamonaviy o‘zbek tili va adabiyoti asoschilaridan biri yozuvchi, tarjimon, dramaturk va shoir Fitrat yozadiki: “Men arz qilgan edimki, er-xotinlikning birinchi maqsadi farzanddir. Farzand parvarishi va tarbiyasi ota-onalar sharafi bo‘ladi…
Xakimlar inson umrini quyidagi 8 davrga taqsim qiladilar:

  1. Go‘daklik davri

  2. Bolalik davri

  3. Balog‘at davri

  4. Rivojlanish davri

  5. Kamolot davri

  6. Nihoyat (yetuklik) davri

  7. Birinchi qarilik davri

  8. Ikkinchi qarilik davri

Fitratning fikricha, oila tarbiyasi inson hayotida butun umr davom etadi.
Berdimurod Berdaq Qoraqalpog‘iston xalq shoiri butun ijodi davomida xalqlar tengligi insonparvarlik, vatanparvarlik, adolat haqidagi g’oyalarni olg‘a suradi.
Berdaq oilaning bola tarbiyasida, muhim o‘rin tutishini alohida takidlaydi, oila muhitida ota-onalar bilan bolalar o‘rtasida o‘zaro hurmat bo‘lgandagina tarbiya yaxshi natijalarga erishishi mumkinligini aytadi. Berdaqning o‘qdirishicha, inson tug‘ulgan kundanoq tarbiyaga muhtojdir, uning ilk tarbiyachilari, albatta ota-onalardir.
Har qanday jamiyat taraqqiyotida oilalarning mustahkamligi hamda inson kamolotida oilaning tutgan o‘rni beqiyosdir.
Xalqimizda “Qush o‘z uyasida ko‘rganida qiladi”, degan ibora bejiz aytilmagan, bunda chuqur ma’no-mazmun bor . O‘g‘il-qizlarimizni el-yurtimizga munosib farzand, ertaga Vatanimizning haqiqiy fuqorosi bo‘ladigan insonlar etib tarbiyalash, avvalo oila bag‘rida, oilaning sog‘lom iqlimi, ota-onaning bir-biriga mehri va hurmati sharoitida churqur ildiz otishini anglashimiz lozim.
Yüklə 24,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə