8- mavzu: millatlararo totuvlik, milliy va diniy bag’rikenglik



Yüklə 489,93 Kb.
səhifə1/2
tarix10.06.2023
ölçüsü489,93 Kb.
#116567
  1   2
FmjWMeJYhYIX7T4uXnXkGXI5gNwHOQ5Z4Hk5dCay

Reja:


8- MAVZU: MILLATLARARO TOTUVLIK, MILLIY VA DINIY BAG’RIKENGLIK
  • 1. Milliy g’oyaning millatlararo totuvlik, milliy-diniy bag’rikenglik bilan mushtarakligi.
  • 2. Millatlararo totuvlik va bag’rikenglikning asoslari.
  • 3. O’zbekistonda milliy-diniy bag’rikenglik va dunyoviylik.
  • Milliy g’oya bu faqat birgina millatning emas, balki jamiyat taraqqiyotiga, ravnaqiga umumiy maqsad yo’lida baholi qudrat hissa qo’shayotgan mamlakat fuqarolarining millati, irqi, diniy e’tiqodidan qat’iy nazar barchaning maqsad va manfaatlarini ifoda etadi.
  • Bugungi kunda mamlakatimizda 136 ta millat va elat vakillari hamda 15 ta diniy konfessiya vakillari yashaydi.
  • Millatlararo totuvlik g’oyasi-umumbashariy qadriyat bo’lib, turli xalqlar birgalikda istiqomat qiladigan mintaqa va davlatlar milliy taraqqiyotida muhim omil bo’lib, shu joyda tinchlik va barqarorlikning kafolati bo’lib xizmat qiladi.
  • Muayyan mamlakatga nom bergan (titul) millat bilan unda yashaydigan boshqa xalqlar

  • o’rtasida hamjihatlik bo’lishi ijtimoiy
    taraqqiyotning eng muhim omillaridan biridir. Aksincha, milliy g’oyaning ahamiyatini tushunib etmaslik jamiyat hayotini, tinchlik va barqarorlikni izdan chiqarishi mumkin.
  • Millatlararo totuvlik va hamjihatlikka rahna soluvchi illat bu - tajavvuzkor millatchilik va shovinizmdir. Bunday zararli g’oyalar ta’siriga tushgan jamiyat beqarorlik holatiga yuz tutishi muqarrar.

“Jahon tajribasidan millatlar yoki etnik guruhlar
o’rtasidagi o’zaro munosabatlarda an’anaviy uyg’unlik vujudga kelgan mamlakatlarda ko’p elatlilik omili davlatlarning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga samarali, rag’batlantiruvchi ta’sir etishini ko’rsatuvchi misollarni ko’plab keltirish mumkin. Bu mamlakatlarda etnik guruhlar va irqlar o’rtasida ma’lum muammolar mavjud. SHunga qaramay, ko’p elatlilik omili ularning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti yo’lidagi to’g’anoqqa aylanib qolmagan. Aksincha, taraqqiyotning jadallashuviga yordam bergan millatlarning va madaniyatlarning bir-biriga ta’sir ko’rsatishi bu davlatlarda yashayotgan xalqlarning ijtimoiy-aqliy boyishi uchun yaxshi manbaga aylangan. SHunday qilib, bu mamlakatlarda ko’p millatlilik omili demokratik o’zgarishlarni jadallashtirish va ijtimoiy- iqtisodiy taraqqiyotning fuqarolar jamiyati qurilishi- ning ta’sirchan vasitasiga aylanib qolgan”. I.A.Karimov
  • Mamlakatimizda statistik ma’lumotlarga ko’ra, 136 millat, elat, xalq va etnik guruhlarning vakillari yashaydi.
  • 136 ta milliy-madaniy markaz faoliyat ko’rsatmoqda.
  • O’zbekistonda barcha millat vakillariga teng huquqli munosabat davlat qonuni bilan mustahkamlangan. Konstitutsiya, 18 modda.
  • maktablarimizda 7 ta milliy tilda o’qitish ishlari,
  • 20 tilda ommaviy axborot nashrlari faoliyat ko’rsatayotganligida ko’rinmoqda.
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə