8- mavzu: millatlararo totuvlik, milliy va diniy bag’rikenglik


Konstitutsiyaning 18 moddasi



Yüklə 489,93 Kb.
səhifə2/2
tarix10.06.2023
ölçüsü489,93 Kb.
#116567
1   2
FmjWMeJYhYIX7T4uXnXkGXI5gNwHOQ5Z4Hk5dCay

Konstitutsiyaning 18 moddasi:
  • barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo’lib, jinsi, irqi, millati, dini ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat’iy nazar, qonun oldida tengdirlar.
    • Ma’lumotlarga ko’ra, 2000 yilda 36 mamlakatda 40 ta, 2001 yilda esa 30 mamlakatda 36 harbiy nizo sodir bo’lgan Ularning 27 tasi, ya’ni 75 foizi bundan 10 yillar oldin boshlangan. Bu nizolarning aksariyati bir mamlakat ichida kechganini e’tiborga oladigan bo’lsak, ularning milliy, diniy va irqiy asoslardan kelib chiqqan fuqarolik urushlari ekanini anglatadi.
    • Dastlabki milliy madaniyat markazlari koreyslar, qozoqlar, yaxudiylar, armanlar tomonidan Respublika viloyatlarida 1989 yilda tuzildi. O’sha paytda ularning faoliyatini muvofiqlashtirib turish maqsadida

    • O’zbekiston hukumatining qaroriga binoan madaniyat ishlari vazirligi huzurida Respublika millatlararo madaniyat markazi tashkil etildi.
    • Ammo bu markazlarning chinakam rivojlanishi va ravnaq topishi 1991 yildan mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan keyin boshlandi. 1992 yilning yanvarida Prezident I.A.Karimovning tashabbusi bilan Respublika millatlararo Baynalminal markazi Respublika baynalminal, madaniyat ishlari vazirligi qoshidagi madaniyat markaziga aylantirildi.
    • Respublika Baynalminal Madaniyat Markazi (RBMM) va milliy madaniyat markazlari (MMM)ning faoliyati bu erda yashovchi xalqlarning milliy an’analari, urf odatlari va marosimlarini qayta tiklash, ma’naviyat va madaniyatni rivojlantirish millatlararo munosabatlarni uyg’unlashtirishga qaratilgan. Turli millatlarga mansub fuqarolarimizning katta umumxalq bayramlariga tayyorgarlik ko’rish va ularni o’tkazish, mamlakat madaniy turmushidagi shonli voqealarni nishonlashda faol ishtirok etayotganliklari samimiy sahovat va mehr oqibat muxitini yaratmoqda. Bu muhit bizga yagona oila tuyg’usini qayta-qayta his etish “O’zbekiston umumiy uyimiz” degan so’zlar zamiridagi chuqur

    • ma’noni anglab olish imkonini beradi.
    • Dinlararo bag’rikenglik g’oyasi - xilma-xil

    diniy
    e’tiqodga ega bo’lgan kishilarning bir zamin, bir Vatanda, oliyjanob g’oya va niyatlar yo’lida hamkor va hamjihat bo’lib yashashini anglatadi.
    • Dunyodagi dinlarning barchasi ezgulik g’oyalariga asoslanadi, yaxshilik, tinchlik, do’stlik kabi fazilatlarga tayanadi. Odamlarni halollik va poklik, mehr-shafqat va bag’rikenglikka da’vat etadi. Hozirgi zaminda bu g’oya ezgulik yo’lida nafaqat dindorlar, balki butun jamiyat a’zolarining hamkorligini nazarda tutadi, tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashning muhim sharti hisoblanadi. Masalan, azal-azaldan diyorimizda islom, nasroniylik, iudaizm kabi dinlar yonma-yon yashab kelgan. Asrlar davomida yirik shaharlarimizda masjid, cherkov, xonaqohlarning mavjud bo’lishi, turli millat va dinga mansub qavmlarning o’z diniy amallarini erkin ado etib kelayotgani buning tasdig’idir.
    • Hozirgi kunda O’zbekistondagi turli konfessiyaga mansub diniy tashkilotlar faoliyatlarini o’zaro teng huquqlilik, hamdo’stlik va hamkorlik asosida amalga oshirmoqda. Diniy bag’rikenglik turli dinlarning, turli dinlarga mansub kishilarning hamdo’stlik munosabatlarinigina nazarda tutmaydi, balki e’tiqodidan qat’iy nazar barcha kishilarning tengligi, umumiy ezgu maqsad yo’lida hamkorlikni ham qamrab oladi. Diniy qarashga ko’ra ham, madaniy, jumladan, ilmiy qarashga ko’ra ham inson eng oliy mavjudotdir.
    • Diniylik dunyoviylikni inkor qilmaydi, u bilan ba’zan yonma-yon yashasa, ayrim vaziyatlarda o’zaro yaqinlashadi, dunyoviylikning rivojiga xizmat qiladi. Dunyoviylik, ya’ni shu moddiy hayotni rivojlantirishga yo’nalganlik diniylikning ham maqsadlari bilan mos tushadi. Diniylik dunyoviylikka xizmat qilishi mumkin, deganda dunyoqarashning ezgulik, yaxshilik, halollik, tinchlik, do’stlik kabi yuksak insoniy fazilatlarni tarbiyalashni nazarda tutamiz. Haqiqatan ham diniy ta’limotlar, u dunyo hayotini tasvirlash vositasida bu dunyoda yuksak fazilatlarga ega bo’lishga undaydi.
    • “ Afsuski, insoniyat tarixida diniy ongning ajralmas qismi bo’lgan odamlardagi e’tiqoddan faqat bunyodkor kuch sifatida emas, balki vayron qiluvchi kuch, hatto fanatizm (o’ta ketgan mutassiblik) sifatida foydalanilganligini

    • ko’rsatuvchi misollar ko’p. Fanatizmning o’ziga xos xususiyati va ko’rinishlari avvalambor, o’z dinining haqiqiyligiga o’ta qattiq ishonish, boshqa diniy e’tiqodlarga murosasiz munosabatda
      bo’lishdan iboratdir. Aynan fanatizmga yo’liqqan odamlar yoki ularning guruhlari jamiyatda beqarorlik to’lqinini keltirib chiqarishga qodir bo’ladilar”
    • I.A Karimov
    • Bugun O’zbekiston diniy bag’rikenglik (tolerantlik) va dinlararo murosa borasida faqat MDH davlatlariga emas, balki butun dunyoga namuna bo’lmoqda. Bu haqda Moskva va Butunrus Patriarxi Aleksey II, AQSH senatori Xillari Klinton xonim, AQSH sobiq davlat kotibi Madlen Olbrayt va Iordaniya qirolligi shahzodasi Hasan ben Talol yurtimizga tashriflari vaqtida ta’kidlab o’tgan fikrlari bunga misoldir. Albatta, xalqimizga azaldan xos bo’lgan bu xislat o’zining uzoq tarixiga ega.
    • I.A.Karimov “O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” kitobida dinning jamiyat hayotida tutgan o’rni haqida, jumladan, shunday deydi: “Biz din bundan buyon ham aholini oliy ruhiy, axloqiy va ma’naviy qadriyatlardan, tarixiy va madaniy merosdan bahramand qilishi tarafdorimiz. Lekin biz hech qachon diniy

    • da’vatlar hokimiyat uchun kurashga, siyosat, iqtisodiyot va qonunshunoslikka aralashish uchun bayroq bo’lishiga yo’l qo’ymaymiz. Chunki bu holni davlatimizning xavfsizligi, barqarorligi uchun jiddiy xavf-xatar deb hisoblaymiz”.

    Yüklə 489,93 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
    1   2




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə