Ma’lumotlar bazalari bilan ishlash texnologiyalari



Yüklə 1,7 Mb.
tarix11.10.2023
ölçüsü1,7 Mb.
#127267
Texnologiya


Ma’lumotlar bazalari bilan ishlash texnologiyalari
Reja:
1.
    • Ma’lumotlar bazasi bilan ishlash

2.
    • Ma’lumotlar bazasini yaratish

3.

Hozirgi kunda inson faoliyatida ma’lumotlar bazasi (MB) kerakli axborotlarni saqlash va undan oqilona foydalanishda juda muhim rolь o‘ynamoqda. Sababi: jamiyat taraqqiyotining qaysi jabhasiga nazar solmaylik o‘zimizga kerakli ma’lumotlarni olish uchun, albatta, MBga murojaat qilishga majbur bo‘lamiz. Demak, MBni tashkil qilish axborot almashuv texnologiyasining eng dolzarb hal qilinadigan muammolaridan biriga aylanib borayotgani davr taqozasidir.
Ma’lumotlar bazasi bilan ishlash
Informatsion texnologiyalarning rivojlanishi va axborot oqimlarining tobora ortib borishi, ma’lumotlarning tez o‘zgarishi kabi holatlar insoniyatni bu ma’lumotlarni o‘z vaqtida qayta ishlash choralarining yangi usullarini qidirib topishga undamoqda.
Ma’lumotlarni saqlash, uzatish va qayta ishlash uchun MBni yaratish, so‘ngra undan keng foydalanish bugungi kunda dolzarb bo‘lib qolmokda. Moliya, ishlab chiqarish, savdo-sotiq va boshqa korxonalar ishlarini ma’lumotlar bazasisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.
Ma’lumki, MB tushunchasi fanga kirib kelgunga qadar, ma’lumotlardan turli ko‘rinishda foydalanish juda qiyin edi. Dastur tuzuvchilar ma’lumotlarini shunday tashkil qilar edilarki, u faqat qaralayotgan masala uchungina o‘rinli bo‘lardi. Har bir yangi masalani hal qilishda ma’lumotlar qaytadan tashkil qilinar va bu hol yaratilgan dasturlardan foydalanishni qiyinlashtirar edi. Har qanday axborot tizimining maqsadi real muhit ob’ektlari haqidagi ma’lumotlarga ishlov berishdan iborat. Keng ma’noda ma’lumotlar bazasi - bu qandaydir bir predmet sohasidagi real muhitning aniq ob’ektlari haqidagi ma’lumotlar to‘plamidir.
Shuni qayd qilish lozimki, MBni yaratishda ikkita muhim shartni hisobga olmoq zarur: Birinchidan, ma’lumotlar turi, ko‘rinishi, ularni qo‘llaydigan programmalarga bog‘liq bo‘lmasligi lozim, ya’ni MBga yangi ma’lumotlarni kiritganda yoki ma’lumotlar turini o‘zgartirganda, programmalarni o‘zgartirish talab etilmasligi lozim.
Ikkinchidan, MBdagi kerakli ma’lumotni bilish yoki izlash uchun biror programma tuzishga hojat qolmasin.
Shuning uchun ham MBni tashkil etishda ma’lum qonun va qoidalarga amal qilish lozim. Bundan buyon axborot so‘zini ma’lumot so‘zidan farqlaymiz, ya’ni axborot so‘zini umumiy tushuncha sifatida qabul qilib, ma’lumot deganda aniq bir belgilangan narsa yoki hodisa sifatlarini nazarda tutamiz.
Ma’lumotlar bazasini yaratishda, foydalanuvchi axborotlarni turli belgilar bo‘yicha tartiblashga va ixtiyoriy belgilar birikmasi bilan tanlanmani tez olishga intiladi. Buni faqat ma’lumotlar tizilmalashtirilgan holda bajarish mumkin.
T i z i l m a l a sh t i r i sh – bu ma’lumotlarni tasvirlash usullari haqidagi kelishuvni kiritishdir. Agar ma’lumotlarni tasvirlash usuli haqida kelishuv bo‘lmasa, u holda ular tizilmalashtirilmagan deyiladi. Tizilmalashtirilmagan ma’lumotlarga misol sifatida matn fayliga yozilgan ma’lumotlarni ko‘rsatish mumkin.
Ma’lumotlar bazasidan foydalanuvchilar turli amaliy dasturlar, dasturiy vositalari, predmet sohasidagi mutaxassislar bo‘lishi mumkin.
Ma’lumotlar bazasining zamonaviy texnologiyasida ma’lumotlar bazasini yaratish, uni dolzarb holatda yuritishni va foydalanuvchilarga undan axborot olishini ta’minlovchi maxsus dasturiy vosita, ya’ni ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi yordami bilan markazlashtirilgan holda amalga oshirishni nazarda tutadi.
Ma’lumotlar bazasi – EHM xotirasiga yozilgan ma’lum bir strukturaga ega, o‘zaro bog‘langan va tartiblangan ma’lumotlar majmuasi bo‘lib, u biror bir ob’ektning xususiyatini, holatini yoki ob’ektlar o‘rtasidagi munosabatni ma’lum ma’noda ifodalaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar
  • https://tami.uz/matnga_qarang.php?id=933




E’tiboringiz uchun
raxmat
Yüklə 1,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə