Ma’lumotlar bazasining maqsad va vazifalari


) Relatsion munosabatlarda ayirma amali



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə25/45
tarix07.05.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#108905
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   45
MBBT 5 SEMISTIR SAVOL JAVOBI

68) Relatsion munosabatlarda ayirma amali
Ayirma (–). Berilgan ikkala munosabatdan faqat birinchisiga tegishli bo’lgan kortejlardan iborat yangi munosabatni qaytaradi.
Kesishma quyidagicha tarzida ifodalanadi:

MINUS
Natijaning kardinal raqami A raqamidan ko'p bo'lmaydi, daraja dastlabki munosabatlar darajalariga teng.
Yuqorida keltirilgan ta'riflarni misollar bilan tushuntiramiz. A va B munosabatlar jadvalda ko'rsatilganidek berilgan bo'lsin. Mos ravishda 4.2 va 4.3. StudID atributi asosiy kalit sifatida belgilangan. A va B mohiyatlari ustida birlashma, kesishma, ayirma amallarining bajarilish natijalari keltirilgan.
69) Relatsion munosabatlarda dekart ko‘paytma amali
Dekart ko’paytma. (*) – berilgan ikkala jadvaldagi kortejlarning kombinatsiyalaridan iborat yangi jadval hosil qiladi.
Bu holatda A va B munosabatlarda umumiy atributlar mavjud bo’lmasligi mumkin. Dekart ko’paytma quyidagicha tarzida ifodalanadi:

TIMES
Quyidagi A va B munosabatlarning Dekart ko’paytmasini topamiz.

A munosabat





StudID

FISH

123

Axrorov S. I.

124

Salimov J. I.

127

Ne’matov A. B.

B munosabat



Fan

Matematika

Fizika

A va B munosabatlar o’rtasidagi dekart ko’paytma amali.






StudID

FISH

Fan

123

Axrorov S. I.

Matematika

123

Axrorov S. I.

Fizika

124

Salimov J. I.

Matematika

124

Salimov J. I.

Fizika

127

Ne’matov A. B.

Matematika

127

Ne’matov A. B.

Fizika

70) Relatsion munosabatlarda tanlash amali
Tanlash. Berilgan jadvaldagi ma’lum shartni qanoatlantiruvchi barcha kortejlardan iborat yangi jadval hosil qiladi. Bu algebraik cheklanish hisoblanadi.
Shart =, >, < va boshqa taqqoslash amallari orqali beriladi. Tanlash amalining ko’rinishi quyidagicha bo’ladi:



A WHERE
Tanlash amali uchun bitta domendagi X va Y atributlari aniqlanishi kerak va θ operatori buning uchun mantiqiy bo'lishi kerak. Atributlardan biri yoki ikkalasining o'rniga konstanta qiymatni ko'rsatish mumkin.
Quyidagi berilgan A munosabat asosida Guruh raqami 302 ga teng bo’lgan kortejlarni topish talab qilinsin.

“Talaba” munosabati





StudID

FISH

Guruh

123

Axrorov S. I.

303

124

Jonibekov A. B.

302

122

Salimov J. I.

302

TALABA [Guruh = 302]


θ – tanlash amalining ta'rifini kengaytiraylik. θ -tanlovi uchun taqqoslash sharti mantiqiy biriktiruvchilar bilan bog'langan oddiy taqqoslashlarning ixtiyoriy sonini o'z ichiga olishi mumkin deb fikr yuritish mumkin. Agar kerak bo'lsa, qavslardan ham foydalanish mumkin.



Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə