Ma’lumotlar bazasining maqsad va vazifalari


SQLda jadvallarni modifikatsiyalash operatori



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə39/45
tarix07.05.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#108905
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   45
MBBT 5 SEMISTIR SAVOL JAVOBI

105. SQLda jadvallarni modifikatsiyalash operatori
Jadvallarni modifikatsiyalash. Ma'lumotlar bazasida mavjud jadvalni o'zgartirish quyidagi sintaksisga ega bo'lgan ALTER TABLE operatori tomonidan amalga oshiriladi:
ALTER TABLE jadval_nomi spec [spec, …]

Bu yerda m_spec turli shakllarga ega. Eng ko'p ishlatiladigan holatlari quyida muhokama qilinadi.



  1. Yangi ustun qo’shish

ADD COLUMN spec
Bu yerda spec - bu CREATE TABLE buyrug'i bilan jadval yaratish uchun foydalaniladigan ustunni qo’shish tavsifi.

  1. Jadval uchun birlamchi kalitni o’chirish

DROP PRIMARY KEY

  1. Jimlik bo’yicha qiymatlarni o’zgartirish yoki o’chirish

ALTER COLUMN jadval_nomi SET jiml. b.


yoki
ALTER COLUMN jadval_nomi DROP DEFAULT
Misol
Aytaylik, tekis mexanik obyektning holatini modellashtirishda biz qo'shimcha issiqlik effektlarini hisobga olishimiz kerak bo'ladi. Buning uchun, xususan, obyekt materialining termofizik parametrlari (issiqlik sig'imi va issiqlik o'tkazuvchanligi) haqida ma'lumot bo'lishi kerak. Qo'shimcha ma'lumotni materiallar jadvaliga kiritish uni ikkita yangi ustun bilan kengaytirishni talab qiladi, buni quyidagi SQL so'zi bilan bajarish mumkin:
ALTER TABLE materials
ADD COLUMN capacity FLOAT NOT NULL, # issiqlik sig'imi
ADD COLUMN conductivity FLOAT NOT NULL; # issiqlik o'tkazuvchanligi

106. SQLda jadvallarni o’chirish operatori
Jadvalni o’chirish. Bir vaqtning o'zida ma'lumotlar bazasidan bir yoki bir nechta jadvalni o'chirish quyidagi oddiy sintaksisga ega DROP TABLE buyrug'i bilan amalga oshiriladi.
DROP TABLE jadv_nomi
DROP TABLE so'zi nafaqat jadval tarkibini, balki jadval tavsifini ma'lumotlar bazasidan o'chirib tashlaydi. Agar siz faqat jadval tarkibini o'chirib tashlamoqchi bo'lsangiz, unda DELETE FROM buyrug'ini ishlatishingiz kerak.

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə