Ma’lumotlar. Rеjа



Yüklə 385,8 Kb.
səhifə51/64
tarix20.03.2023
ölçüsü385,8 Kb.
#102883
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   64
elektr olchash usullari va asboblari fanining xalq xojaligi fan texnika rivojidagi roli ahamiyati.

– rasm.


Sxemadagi belgilar:En-normal element EYK i ; Rn – namunaviy qarshilik; Rk- qiymati aniq kompensatsiyalovchi qarshilik; Rb- ish tokini o’rnatishi uchun ishlatiladigan qarshilik;


YoB- yordamchi batareya; Ex– noma’lum EYK;
O’zgarmas tok potensiometrining ish prinsipi o’lchanadigan kattalikni (Ux, Ex, Ix, Rx) aniq kuchlanish (kompensatsiyalovchi) bilan o’zaro muvozanatlashuviga asoslanadi.
Potensiometr yordamida noma’lum EYK ni o’lchash jarayoni 2 qismdan iborat bo’ladi:

  1. Har xil potensiometr turi uchun aniq qiymatga ega bo’lgan ish toki Iu ni o’rnatish;

  2. Noma’lum EYK Ex ni o’lchash;

Ish tokini o’rnatish uchun ulagich K “1” holatga qo’yiladi va Rb qarshiligini o’zgartirib galvanometr ko’rsatgichini nolga keltiriladi. Bunda En=IiRn ga ish toki esa, Iu=En/Rn teng bo’ladi.
So’ngra ulagich K “2” holatga qo’yiladi va Rk qarshilikning dastagi D ni surib Uk ni Ex ga tenglashtiriladi, yani bu holda ham galvanometr ko’rsatgichi nolga keltiriladi.
Ex=Uk=Ii Rk
O’zgarmas tok potensiometri En ni yuqori aniqlik bilan o’lchaydi.Bu aniqlik normal element EYK qiymatining aniqligi va namunaviy qarshilik Rk qiymatlarining aniqligiga bog‘liq. Potensiometrda ish tokini aniq o’rnatishi va uni o’lchash davomida o’zgarmas bo’lishi normal element bilan ta’minlanadi. Uning aniqlik klassi 0,005 ga teng. Rn va Rk qarshiliklar ham juda yuqori aniqlik (xatoligi 0,01 % dan oshmaydi) bilan ishlanadi. Natijada potensiometrni o’lchash xatoligi 0,02% dan katta bo’lmaydi.
O’zgarmas tok potensiometrlari ish toki zanjirining qarshiligiga qarab, ikki guruhga bo’linadi: kichik qarshilikli yoki past omli va katta qarshilikli yoki yuqori omli potensiometrlar.
O’zgarmas tok potensiometrlarining afzalliklari quyidagilardan iborat: 1. Yuqori aniqlik; 2. O’lchanayotgan kuchlanish manbasida hech qanday quvvat sarflanmaydi.

  1. Yüklə 385,8 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə