Ma’lumotnoma



Yüklə 12,51 Kb.
tarix17.05.2022
ölçüsü12,51 Kb.
#87237
kursdan keyingi ma\'lumotnoma


MA’LUMOTNOMA

VPKQTMOI Maktabgacha va boshlang`ich ta’lim kafedrasi xodimlari D.Rabbanayeva va Sh. Hojimatovalar 2014 yilning 6-mart kuni Ishtixon tuman 37-umumta’lim maktabida xizmat safarida bo`lishdi.

Xizmat safari davomida o`qituvchilarning kursdan keying faoliyatlari o`rganildi. Uslubiy birlahma hujjatlari, o`qituvchilarning yillik, kunlik ish rejalari va dars uchun tayorrlagan ko`rgazmalari kuzatib, tahlil qilindi. Darslar kuzatildi. Darslar tugagach, kuzatilgan darslar, tekshirish natijalari tahlil qilinib, xato va kamchiliklar aytib o`tildi. Bilimlar bellashuvida aniqlangan bo`shliqlar ustida ishlashda umumt’lim maktablarning boshlang`ich sinf o`qituvchilariga uslubiy yordam berish maqsadida D.Rabbanayeva va Sh. Hojimatovalar boshlang`ich sinf o`qituvchilari uchun “Mahorat darsi” o`tishdi.

Sh. Hojimatova “Oy – Yerning tabiiy yo`ldoshi”, D.Rabbanayeva “Quyosh va Yer” mavzularida darslar o`tishdi. Chunki aynan ana shu mavzular bo`yicha bo`shliqlar aniqlangan edi.

Sh. Hojimatova “Oy – Yerning tabiiy yo`ldoshi” mavzusini yoritishda interfaol usullardan foydalanib, o`qituvchilarni uchta guruhga bo`lib tashkil qildi. Darsda turli ko`rgazmali qurollardan, slaydlardan foydalanildi.

D.Rabbanayeva “Quyosh va Yer” mavzusini yoritishda axborot texnologiyalaridan, multimediya mahsulotlaridan, slaydlardan o`rinli foydalanidiki o`qituvchilar ushbu metodlardan dars jarayonida qo`llashning afzalliklarini tushunib yetdilar.




Yüklə 12,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə