Маълумотнома



Yüklə 3,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/505
tarix31.12.2021
ölçüsü3,82 Mb.
#81681
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   505
buxgalteriya hisobi

2.1.1–жадвал

Buxgalteriya balansi  tuzilishi. 

t/r 


Xo‘jalik 

mablag‘lari 

va 

ularning joylashuvi 



Summa   t/r 

Xo‘jalik 

mablag‘larining 

tashkil topish manbalari. 

Summa  

I. 


Uzoq muddatli aktivlar 

 

I. 



O‘z 

mablag‘larining 

manbalari 

 

II. 



Aylanma aktivlar 

 

II. 



Majburiyatlar  

 

 



Balans 

 

 



Balans 

 

 



Jadvalda ko‘rganimizdek, buxgalteriya balansi ikki tomonli ko‘rinishi ega bo‘lib, uning chap 

tomoni  aktiv,  o‘ng  tomoni  esa  passiv  deb  nomlanadi.  Aktiv  tomonda  xo‘jalik  mablag‘larining 

turlari,  joylanishi  ko‘rsatilsa,  passiv  tomonda  esa  shu  mablag‘larning  paydo  bo‘lish  manbalari  va 

qanday maqsadda ishlatilishi aks ettiriladi. 

Buxgalteriya  balansi  aktivida  ham,  passivida  ham  ikkitadan  bo‘lim  bor.  Balans  aktividagi 

bo‘limlar qo‘yidagilar: 

1.

 

Uzoq muddatli aktivlar. 



2.

 

Aylanma aktivlar. 



Buxgalteriya  balansining  ikkala  tomoni  ham  bir  qancha  moddalarga  bo‘linadi.  Buxgalteriya 

balansining  moddasi  deb  iqtisodiy  jihatdan  bir  xil  bo‘lgan  xo‘jalik  mablag‘larining  ma’lum  turi 

yoki    xo‘jalik  mablag‘larining  tashkil  topish  manbaini  balansda  aks  ettiruvchi  ko‘rsatkichga 

aytiladi. 

Aktiv  tomondagi  balans  moddalarining  yig‘indi  summasi  passiv  tomondagi  balans 

moddalarining  yig‘indi  summasiga  teng  bo‘lishi  shart.  Chunki,  balans  aktiv  va  passiv  tomonida 

xo‘jalik mablag‘lari ikki tomonlama aks ettiriladi. 



 

35 


Balans  moddalari  aktivi  va  passivi  Buxgalteriya  hisobi  to‘g‘risidagi  qonun  va  «Hisob 

yuritish  siyosati  va  moliyaviy  hisobot»  nomli  1  –  sonli    Buxgalteriya  hisobini  milliy  standarti 

bo‘yicha belgilangan tartibda yuritiladi.  

Balanslar o‘zlarining mazmuni va qanday maqsadga qaratilganligiga qarab dastlabki, hisobot 

va  tugatish  balanslariga  bo‘linadi.  Subyekt  o‘z  faoliyatini  boshlashda  dastlabki  yoki  boshlang‘ich 

balans tuziladi.  Bunday  balansning aktivida korxonaning tashkil qilinishi paytida berilgan xo‘jalik 

mablag‘lari  ko‘rsatilsa,  passivida  bu  mablag‘  qanday  mablag‘lardan  tashkil  topganligiga 

ko‘rsatiladi. 

Hisobot balansi korxonalar tomonidan har bir hisobot davri tugashi bilan tuziladi. Subyektlar 

oylik, chorak va  yillik hisobot  balanslari tuzadilar. Bu balanslar, odatda,  hisobot  davridan keyingi 

oyning birinchi kuniga bo‘lgan xo‘jalik mablag‘lari, ularning joylanishi va tashkil topish mabalarini 

guruhlashtirgan  holda  ko‘rsatadi.  Tugatish  balansi  subyekt  tugatilayotgan  bo‘lsa,  shu  tugatilish 

kuniga  bo‘lgan  uning  mablag‘larini,  ularning  joylanishi  va  tashkil  topish  manbalarining  holatini 

ko‘rsatish uchun tuziladi.                



Buxgalteriya balansining turlari. 

Korxonalar  tomonidan  tuziladigan



  b

uxgalteriya  balansini  turli  belgilari  bo‘yicha  tasniflash 

mumkin,  masalan  tuzilgan  sanasiga,  ma’lumotlarni  jamlash    hajmiga,  subyektlarni 

moliyalashtirilishiga,    regulirovka  schetlari  qoldiqlari  hisobga  olinganligiga  va  boshqa  belgilariga 

qarab ( keyingi betga qarang).  

Tuzilgan  sanasiga  ko‘ra

  buxgalteriya  balansini  quyidagi  turlarga  ajratish  mumkin:    kirish 

(yoki  ta’sis  )  balansi;  boshlang‘ich  va  hisobot  balansi;  tugatish  balansi;  birlashtirish    va  ajratish 

balansi. 




Yüklə 3,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   505




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə