Маълумотнома


O‘z sarmoyasi (o‘z sarmoyasi manbalari)



Yüklə 3,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/505
tarix31.12.2021
ölçüsü3,82 Mb.
#81681
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   505
buxgalteriya hisobi

O‘z sarmoyasi (o‘z sarmoyasi manbalari).

 

 



“Xususiy  sarmoya”  bo‘limida  ustav  sarmoyasi,  qo‘shilgan  sarmoya,  zaxira  sarmoya,  sotib 

olingan  o‘z  aksiyalari,  taqsimlanmagan  foyda  (qoplanmagan  zarar),  maqsadli  tushumlar  hamda 

bo‘lg‘usi xarajatlar va to‘lovlar zaxiralari oshkor qilinishi kerak. 

 Majburiyatlar.

 

 



“Majburiyatlar” bo‘limida uzoq muddatli va joriy majburiyatlar bo‘yicha  axborotlar alohida 

oshkor etilishi lozim. 

Uzoq muddatli majburiyatlar bo‘yicha yetkazib beruvchilar va pudratchilarga uzoq muddatli 

qarzlar,  alohida  bo‘linmalarga  uzoq  muddatli  qarzlar,  shu’ba  va  tobe  xo‘jalik  jamiyatlariga  uzoq 

muddatli qarzlar, muddati kechiktirilgan  uzoq muddatli  daromadlar, soliqlar va majburiy to‘lovlar 

bo‘yicha muddati kechiktirilgan majburiyatlar, xaridorlar va buyurtmachilardan olingan bo‘naklar, 

uzoq muddatli bank kreditlari, uzoq muddatli qarzlar va boshqa uzoq muddatli kreditorlik qarzlari 

summalari ko‘rsatilishi kerak. 

Foiz  stavkalari,  so‘ndirish  shartlari,  shartnoma  majburiyatlari,  so‘ndirish  navbatliligi, 

muomala  shartlarini  umumlashtirish  hamda  mukofot  va  diskont  summalari  buxgalteriya  balansi 

qismida tushuntirish xatida ko‘rsatilishi lozim. 



 

34 


Joriy  majburiyatlar  bo‘yicha  yetkazib  beruvchilar  va  pudratchilarga  qarzlar,  alohida 

bo‘linmalarga  qarzlar,  shu’ba  va  tobe  xo‘jalik  jamiyatlariga  qarzlar,  muddati  kechiktirilgan 

daromadlar,  soliqlar  va  majburiy  to‘lovlar  bo‘yicha  muddati  kechiktirilgan  majburiyatlar,  boshqa 

muddati  kechiktirilgan  majburiyatlar,  olingan  bo‘naklar,  byudjetdan  soliqlarga  oid  qarzlar, 

sug‘urtaga  oid  qarzlar,  davlat  maqsadli  jamg‘armalaridan  to‘lovlarga  oid  qarzlar,  ta’sischilardan 

qarzlar, mehnatga haq to‘lashga oid qarzlar, qisqa muddatli bank kreditlari, qisqa muddatli qarzlar, 

uzoq  muddatli  majburiyatlarning  joriy  qismi  va  boshqa  kreditorlik  qarzlari  summalari  oshkor 

qilinadi. 

Shuni ta’kidlash joizki, buxgalteriya hisobi nazariyasi va amaliyotida «balans» so‘zi na faqat 

tenglik  mazmunida,  balkim  davlat  ahamiyatiga  molik  muhim  buxgalteriya  hisobi  xujjati  sifatida 

ham talqin etiladi.  O‘zbekiston Respublikasida buxgalteriya  balansi xo‘jalik yurituvchi subyektlar 

tomonidan  tuziladigan  moliyaviy  hisobotning  tarkibiy  qismi  hisoblanadi.    BXMSga  ko‘ra 

buxgalteriya balansi qo‘yidagi shaklda tuziladi. 


Yüklə 3,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   505




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə