Маълумотнома


STORNO YOKI “QIZIL YOZUV” USULI



Yüklə 3,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə483/505
tarix31.12.2021
ölçüsü3,82 Mb.
#81681
1   ...   479   480   481   482   483   484   485   486   ...   505
buxgalteriya hisobi

STORNO YOKI “QIZIL YOZUV” USULI. 

Ushbu usul registrlarda summa ortig‘i bilan 

ko‘rsatilganda  va  ular  jami  ma’lumotlardan  joy  olganda  qo‘llaniladi.  Bu  xatoliklar  keyingi 

hisobot davrlarida to‘g‘rilanadi. Buning uchun summasi berilgan  yozuv (o‘tkazma) qaytariladi, 

faqat  farq summa qizil yozuv  bilan yoki minus ishorasi bilan ko‘rsatiladi. Qizil yozuv umumiy 



 

416 


summadan  ayirishni  bildiradi.  Tuzatish  maxsus  ma’lumotnomasi  bilan  rasmiylashtiriladi  va 

tasdiqlanadi.



 

SUBSIDIYALAR    – 

bu  korxonaga  uning  faoliyatini  rivojlantirish  maqsadida  ma’lum  bir 

shartlarga ko‘ra  davlat tomonidan berilgan yordam va imtiyozlar summasi. 

SCHYOTLAR 

– bu korxona aktivlari, xususiy kapitali, majburiyatlari, daromad, xarajat, 

foyda va zararlarini  hisobot davridagi  holati (boshlang‘ich va oxirgi), shuningdek ularning  shu 

davrdagi harakati (ko‘payishi va kamayishi) to‘g‘risidagi ma’lumotlarni pul ifodasida aks ettirish 

usuli. 

Buxgalteriya  schyotlari  bu  –  xo‘jalik  yurituvchi  subektlar  iqtisodiy  resurslari  holati  va 

harakati haqidagi buxgalteriya ma’lumotlarini ro‘yxatga olish va saqlash usulidir. 

Har bir schyot ichki tomondan to‘rtta elementni o‘z ichiga oladi: 

 

Bosh  qoldiq



 

–bu  schyot  bo‘yicha  hisobot  davri  boshidagi  qoldiq  summa.  Buxgalterlar 

tilida uni 

«bosh saldo

» ham deb ataydilar. 



 

 



Debet  oborot

  –

bu  schyotning  debet  tarafiga  yozilgan  summalarning  yig‘indisi.    Aktiv 

schyotlarda  ushbu  oborot  hisobot  davrida  schyotning  bosh  qoldig‘i  summasini  jami  qanchaga 

ko‘payganligini  bildiradi,  passiv  schyotlarda  esa  -  hisobot  davrida  schyotning  bosh  qoldig‘i 

summasini jami qanchaga kamayganligini bildiradi.

 

 



Kredit  oborot

  - 

bu  schyotning  kredit  tarafiga  yozilgan  summalarning  yig‘indisi.  Aktiv 

schyotlarda  ushbu  oborot  hisobot  davrida  schyotning  bosh  qoldig‘i  summasini  jami  qanchaga 

kamayganligini  bildiradi,  passiv  schyotlarda  esa  -  hisobot  davrida  schyotning  bosh  qoldig‘i 

summasini jami qanchaga ko‘payganligini bildiradi.


Yüklə 3,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   479   480   481   482   483   484   485   486   ...   505




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə