Маълумотнома



Yüklə 3,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə486/505
tarix31.12.2021
ölçüsü3,82 Mb.
#81681
1   ...   482   483   484   485   486   487   488   489   ...   505
buxgalteriya hisobi

Analitik schyotlar

 – 

bu ma’lumotlarni turli batafsilliklarda va 

turli  o‘lchov  birliklarida  qayd  etib  va  jamlab  beruvchi  schyotlar

Ular  yordamida  amalga 

oshiriladigan hisob 

analitik hisob 

deb ataladi. Analitik schyotlar korxonalar tomonidan mustaqil 

ravishda ochiladi va yuritiladi.  

Subschyot  –

 

bu  bitta  sintetik  schyot  doirasida  bir  xil  analitik  schyotlarni  qo‘shimcha 

guruhlash usulidir. 

Buxgalteriya  schyotining  schyotlar  rejasi  schyotlarning  iqtisodiy  mazmuniga  karab 

turkumlarga  ajratilishiga  asoslanib  ishlab  chiqilgan.  Buxgalteriya  hisobi  schyotlari  tuzilishi  va 

vazifalariga ko‘ra quyidagi guruhlarga bo‘linadi: 




 

417 


7.

 

Asosiy  aktiv  schyotlar

  guruhi  moddiy    va  pul  mablag‘larining  harakatini,  hamda 

debitorlar  bilan  hisob-kitob  ishlarini  olib  borishga  mo‘ljallangan  (“Asosiy  vositalar”, 

“Materiallar”, “Tayyor mahsulot”, “Kassa” va boshk.). 

8.

 



Asosiy  passiv  schyotlar 

fondlar  holatining  o‘zgarishini,  kreditorlar  bilan  hisob-kitob 

hisobini olib borishga mo‘ljallangan (“Ustav kapitali”, “Kreditorlar bilan hisob-kitob” schyotlari 

va boshk.). 

9.

 

Tartibga soluvchi schyotlar



 hisobga olinadigan xo‘jalik mablag‘lari va ularning tashkil 

topish  manbalarining  bahosini  tartibga  solishga  mo‘ljallangan  schyotlardir  (“Asosiy 

vositalarning eskirishi”, “Nomoddiy aktivlarning eskirishi”va boshk.). 

10.


 

Yig‘ib taqsimlovchi  schyotlar

  guruhiga  umumishlab  chiqarish  xarajatlari  va  boshqalar 

kiradi. 

11.


 

Kalkulyasiya  schyotlari  guruhi  xarajatlar  umumiy  summasini  aniqlash  va  tannarxni 

hisoblashga  mo‘ljallangan  (“Asosiy  ishlab  chiqarish”,  “Yordamchi  ishlab  chiqarishlar” 

schyotlari va boshk.).

 

12.



 

Taqqoslovchi  schyotla

r

  guruhiga  kiruvchi  schyotlar  bo‘yicha  schyotning  debet  va 

kredit  tomonlariga  yozilgan  yozuvlar  taqqoslanib,  xo‘jalik  jarayonlarining  natijalari  aniqlanadi 

(moliyaviy natija schyoti). 

Balansga  karab  schyotlar  ikkiga  bo‘linadi. 

Balansda  aks  ettiriladigan  va  balansdan 

tashqari  schyotlar.

  Balansda  aks  ettiriladigan  schyotlarga  korxonaga  karashli  mablag‘lar  holati 

va o‘zgarishlarini hisobga olishga mo‘ljallangan schyotlar kiradi. Balansdan tashqari schyotlarga 

korxonada  vaqtincha  foydalanishda  bo‘lgan  mablag‘larni  hisobga  olish  mo‘ljallangan  schyotlar 

kiradi. 

Balansdan tashqari schyotlarda

 yozuvlar bir yoqlama aks ettiriladi. Bu schyotlar boshqa 

xech  qanday  schyotlar  bilan  aloka  qilmaydi.  Ularda  ijaraga  olingan  asosiy  vositalar,  qayta 

ishlashga qabul  qilingan xom  ashyo va materiallar, vaqtincha saqlashga  qabul  qilingan moddiy 

boyliklar hisobga olinadi. 

Amalda  qo‘llanilayotgan  schyotlar  rejasi  buxgalteriya    schyotlarini  quyidagi  guruhlarga 

bo‘ladi: 

Doimiy schyotlar

, bu aktivlar, majburiyatlar va kapitallar schyotlari bo‘lib, bu schyotlarda 

buxgalteriya  balansida  aks  ettiriladigan  hisobot  davri  oxiriga  qoldiq  bo‘ladi.  Doimiy  schyotlar 

aktiv, passiv kontr-aktiv va kontr-passiv schyotlarga bo‘linadi. 



Aktiv  schyot  (A)

  –  bu  aktivlarni  aks  ettirish  uchun  mo‘ljallangan  shunday  schyotlarki, 

iqtisodiy resurslarning hisobot davri boshiga qoldig‘i va hisobot davridagi ko‘payishi schyotning 

debet tomonida aks ettiriladi. 



Passiv schyot (P)

 -  bu majburiyat va kapitallarni aks ettirish uchun mo‘ljallangan schyot 

bo‘lib,  unda  majburiyat  va  kapitallar  qoldig‘i  va  ko‘payishi  schyotning  kredit  tomonida, 

kamayishi esa debet tomonida aks ettiriladi. 



Kontr-aktiv  (KA

)

  schyoti,  bu  shunday  schyot  bo‘lib,  moliyaviy  hisobotda  sof  aktiv 

qiymatini  aks  ettirish  uchun  uning  qoldig‘i,  u  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  aktiv  schyot  qoldig‘idan 

ayirib tashlanadi. 



Kontr-passiv  (KP)

  bu  shunday  schyot  bo‘lib,  moliyaviy  hisobotda  majburiyat  yoki 

kapitalning sof qiymatini aks ettirish uchun uning qoldig‘i u bilan bog‘liq bo‘lgan passiv schyot 

qoldig‘idan ayirib tashlanadi. 



Tranzit  schyotlar

  (T

)  –  bu  moliyaviy  natijalar  haqidagi  hisobotda  aks  ettiriladigan, 

hisobot  davri  oxirida  yopiladigan  va  qoldiq  summasi  bo‘lmaydigan,  hisobot  davri  davomida 

foydalaniladigan daromadlar va xarajatlar schyotlaridir. 




Yüklə 3,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   482   483   484   485   486   487   488   489   ...   505




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə