Маълумотнома



Yüklə 3,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/505
tarix31.12.2021
ölçüsü3,82 Mb.
#81681
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   505
buxgalteriya hisobi

 

 

 

XO‘JALIK FAOLIYATI YURITILISHINI TA’MINLOVCHI AKTIVLARNING TAVSIFI 

 

O‘z faoliyatini yuritish uchun har qanday korxona xo‘jalik aktivlariga ega bo‘lishi lozim. 



O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligidan 1998 yil 14 avgustda 475  –tartib raqami bilan 

ro‘yxatdan o‘tgan «Moliyaviy hisobotni tuzish va taqdim etish uchun konseptual asos»ga muvofiq 

(39-modda)

 aktivlar

 deganda  xo‘jalik  yurituvchi subyektning baholash qiymatiga ega bo‘lgan va 

o‘z  ichiga  pul  mablag‘lari  va  debitorlik  qarzlarni  olgan  moddiy,  shuningdek  nomoddiy  mulki 

tushuniladi.   

Aktiv deb tan olish uchun moddiy va nomoddiy mulk quyidagi  talablarga javob berishi kerak: 

 



Qiymatga ega bo‘lishi va bu qiymat baholanadigan bo‘lishi kerak. 

 



Egalik  qilish  huquqiga  asosan  qaysi  korxona  balansiga  kiritilgan  bo‘lsa,  shu  korxona 

tomonidan nazorat qilinishi lozim. 

 

Kelgusida korxonaga iqtisodiy naf keltirishi kerak, jumladan korxonaning pul mablag‘larini  



kirimini ko‘payishiga bevosita va bilvosita hissa qo‘shishi kerak. 

 



Yuz  bergan  xo‘jalik  operasiyalari  natijasi  hisoblanishi  kerak,  masalan  tayyor  mahsulot 

ishlab chiqarish jarayonining natijasidir. 

Aktivlarning xarakterli xususiyatlariga quyidagilarni kiritish mumkin: 

 



Jismoniy  ko‘rinishga  (shaklga)  ega  bo‘lishi  ham,  ega  bo‘lmasligi  ham   mumkin.  Masalan, 

bino  yoki  stanok  aniq  shaklga  ega,  lekinda  patent,  lisenziya,  savdo  belgisi,  mualliflik  huquqi 

moddiy shaklga ega emas. 

 



Sotib olingan, bepul kelib tushgan, ishlab chiqarilgan bo‘lishi mumkin. 

Xо‘jalik jarayonida bajarilayotgan funksional roliga qarab mablag‘larning 

turkumlanishi. 

Ishlab chiqarish 

fazasidagi 

mablag‘lar 

Muomala fazasidagi 

mablag‘lar 

Korxona ayla-

nishidan chetla-

tilgan

 

mablag‘lar



 


 

39 


 

Korxonada  yuz  berayotgan  jarayonlarda  moddiy  asos    yoki  ularning  natijasi  hisoblanishi 



mumkin.  Masalan,  xom-ashyo  ishlab  chiqarishga  moddiy  asos,  tayyor  mahsulot  esa  ishlab 

chiqarishning  natijasi hisoblanadi. 

 

Boshqa  aktivlarga almashtirilishi mumkin. 



 

Qarzlarni to‘lash uchun ishlatilishi mumkin. 



 

Qisqa yoki uzoq  vaqt maboynida foydalanishda bo‘lishligi mumkin. 



 

Aylanmada va aylanmadan tashqarida bo‘lishligi mumkin. 



Korxonalarning yuqorida keltirilgan talab va xususiyatlarga javob beradigan asosiy aktivlariga 

quyidagilar kiradi




Yüklə 3,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   505




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə