UMUM ISHLAB CHIQARISH XARAJATLARI
deganda barcha asosiy va yordamchi
ishlab chiqarish sexlarini boshqaruviga va tashkil etishga taalluqli bo‘lgan, shuningdek ularga
xizmat ko‘rsatuvchi bo‘linmalarning xarajatlari tushuniladi. Masalan, ta’minot bo‘limi,
yong‘inga qarshi kurashish bo‘limi, isitish bo‘limi, qo‘riqlash bo‘limi va boshqalar asosiy va
yordamchi sexlarga turli xizmatlarni ko‘rsatadi. Bu bo‘linmalarning xarajatlari ham alohida
hisobga olinadi va oy oxirida hisob siyosatida belgilangan tartibga muvofiq asosiy va yordamchi
ishlab chiqarish xarajatlariga kiritiladi.
Dostları ilə paylaş: |