XARAJATNING BAHOSI –
ishlab chiqarilgan mahsulotning tannarxiga asoslangan
baho. Ushbu baho rentabellik bo’sag’asini o’rnatish uchun qo’llaniladi.
XARAJATLARNI BAHOLASH USULI –
xarajatlarning tarkibi “har xil maqsadlar
uchun har xil tannarx“ shartida aniqlash usuli. Ya’ni, muqobil xarajatlar, meyoriy xarajatlar va
qisman xarajatlarning hajmiga asosan hisoblangan to’liq tannarx.
XUSUSIY SARMOYA
- subektning majburiyatlarni chegirib tashlagandan keyingi
aktivlaridir.
«XO‘JALIK HISOBI»
- bu iqtisodiyotning turli bo‘g‘inlarida yuz bergan va berayotgan
hodisa va jarayonlar, ularni natijalarini miqdoriy va sifat jihatdan xarakterlovchi axborotlarni
yig‘ish, qayd etish, guruhlash va uzatish tizimidir.
|