Mamlakatimizda



Yüklə 1,79 Mb.
səhifə1/8
tarix28.08.2023
ölçüsü1,79 Mb.
#121023
  1   2   3   4   5   6   7   8
mustaqillik darsi uchun




KIRISH

Mamlakatimizda olib borilayotgan demokratik yangilanishning bugungi bosqichidagi eng muhim yoʻnalishlardan biri, bu – qonun ustuvorligi va qonuniylikni mustahkamlash, shaxs huquqi va manfaatlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan sud-huquq tizimini izchil demokratlashtirish va liberallashtirishdan iboratdir.


Mazkur jarayon ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, madaniy va boshqa sohalarda keng qamrovli, tizimli va bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgan islohotlarda oʻz ifodasini topadi. Ushbu islohotlar natijasida jamiyatda oila institutining oʻrni va nufuzini yuksaltirish hamda shaxs, ayniqsa, yoshlar hayoti va sogʻligini muhofaza etishga qaratilgan ishlar davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri sifatida belgilab olindi.
Jumladan, yoshlarning jamiyatda tutgan oʻrni va ishtirokini yanada oshirish, band boʻlmagan yoshlarga moddiy va maʼnaviy jihatdan yordam berish tizimini amalga oshirish, yoshlarning huquqiy, ijtimoiy, maʼnaviy-axloqiy manfaatlarini yaxshilash hamda ularni qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish borasidagi qonun hujjatlari takomillashtirilib borilmoqda.
Bugun xalqimizning tinch-osoyishta hayoti va ertangi kunga boʻlgan ishonchining negizida Konstitutsiyamizda belgilangan tamoyil va huquqiy meʼyorlar yotganligini barchamiz tushunib yetdik. Milliy davlatchiligimizning chuqur ildizlari va dunyo mamlakatlarining konstitutsionalizm amaliyotini joriy etishdagi ilgʻor tajribasiga asoslangan holda rivojlanayotganligiga ham mana qariyb o‘ttiz yil boʻldi.
Fuqarolarimizning bugungi tinch-totuv hayoti va yurtimizda tarkib topgan barqarorlikni hech kim inkor eta olmaydi va har birimiz uni qadrlashimiz hamda asrashimiz darkor. Qonunimizda belgilangan siyosiy sohadagi asosiy vazifalardan biri xalqning boy turmush tajribasiga asoslangan holda Respublika aholisining milliy va madaniy anʼanalariga, barcha ijtimoiy guruhlar va qatlamlarning manfaatlariga mos keladigan haqiqiy demokratik prinsiplarni qaror toptirishdir. Darhaqiqat, konstitutsiyamiz bugungi kunda xalqimiz tomonidan erishgan yutuqlarimizning asosi va poydevoridir.
O‘zbekiston Respublikasining istiqboldagi bosh maqsadi insonparvar, demokratik, huquqiy davlatni va fuqarolik jamiyatini bunyod etish hisoblanadi. Shu bois o‘zbek xalqi, O‘zbekistonda yashab mehnat qilayotgan barcha millat xalqlari, bu borada jamiyatning barcha sohalarida yangilanishlar qilmoqda va bunyodkorlik ishlarini amalga oshirmoqdalar.

Yüklə 1,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə